358
ularni tarbiyalash;
−
nogironlarni ishlab chiqarish va kasbiy reabilitatsiya qilish;
−
aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari ko‘rsatish;
−
imtiyozli aholi qatlamlarini dori-darmonlar bilan ta’minlash;
−
uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish va boshqalar.
Bu xizmatlarning ayrimlari byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi
hisobidan moliyalashtirilsa (masalan: yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va
nogironlik pensiyalari, bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa, dafn
marosimlari uchun nafaqa kabi), ayrimlari (masalan:
qariyalar va nogironlar
uylarini saqlash, bepul ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash, uyda
ijtimoiy yordam ko‘rsatish kabi) davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy
byudjetlar) hisobidan, boshqa birlari (masalan, aholiga sanatoriya-kurort xizmatlari
ko‘rsatish) kasaba uyushmalari hisobidan mablag‘ bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini yoritishga bag‘ishlangan fikrlarimizni
nihoyasiga yetkazib shuni ta’kidlaymizki, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’min-
lash kabi ijtimoiy yordam turlari, garchi aholining ijtimoiy ahvolini yengillash-
tirishga qaratilgan chora-tadbirlar sirasiga kirsa-da, ijtimoiy ta’minot
tarkibiga
kirmaydi, balki davlatning ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash chora-tadbirlari qato-
rida davlat byudjeti va boshqa davlat mablag‘laridan moliyalashtiriladi.
Ijtimoiy ta’minot tizimining zarurligi va ahamiyati uning funksiyalarida
namoyon bo‘ladi.Iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda ijtimoiy ta’minotning quyi-
dagi funksiyalarni bajarishi ko‘rsatilgan:
iqtisodiy, siyosiy, demografik, ijtimoiy-
reabilitatsion funksiyalar.
Ijtimoiy ta’minotningiqtisodiy funksiyasi
fuqarolarning
qiyin hayotiy holat-
larda moddiy qo‘llab-quvvatlanishida, fuqarolarga mehnat qobiliyatini qayta tiklab
olish uchun moddiy yordam berilishi natijasida mehnat unumdorligining oshishi va
ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki berishda namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy ta’minotning siyosiy funksiyasi
aholining turli ijtimoiy qatlamlari
ijtimoiy holati darajasini bir-biriga yaqinlashtirish, har bir insonga munosib hayot
359
kechirish uchun sharoit yaratish, aholini ijtimoiy himoya qilish borasida ijtimoiy
munosabatlarni barqarorlashtirishga qaratilgan.
Demografik funksiyasi
mamlakat aholisining son jihatdan o‘sishini rag‘bat-
lantirish, sog‘lom
avlodni yetishtirish, fuqarolarning umr ko‘rish davomiyligini
oshirish kabilarga qaratilgan.
Ijtimoiy ta’minotning ijtimoiy-reabilitatsion funksiyasi
keksa va mehnat
qobiliyati bo‘lmagan fuqarolarning o‘ziga xos spetsifik ehtiyojlarini qondirish
bilan bog‘liq bo‘lib, ularning huquqiy maqomini saqlash va sog‘lig‘ini muhofaza
qilish uchun qulay sharoitlarni yaratishda namoyon bo‘ladi. Amalda
bu funksiya-
ning namoyon bo‘lishini fuqarolarning ayrim toifalarini qariyalar uylarida saqlash,
boshqa bir toifadagilarni ortopediya-protezlash vositalari bilan ta’minlash,
uchinchilariga uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatishda ko‘rish mumkin.
Bizning fikrimizcha, ijtimoiy ta’minot yana bir, bizning nazarimizda juda
muhim funksiya –
ijtimoiy himoyalash funksiyasini
bajaradi. Jamiyat, o‘z
fuqarolariga ijtimoiy ta’minotni taqdim etar ekan, birinchi navbatda o‘z
oldiga
ularni ijtimoiy himoya qilishdek o‘ta muhim vazifani qo‘yadi, zero qiyin hayotiy
holatlarda ularni himoyalash, turli (moddiy, jismoniy, ruhiy, yosh bilan, oilaviy
vaziyat bilan bog‘liq) muammolarni hal qilishda
yordam berish ijtimoiy
ta’minotning zarurligi va ahamiyatini belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: