Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


-rasm. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə160/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
16.1-rasm. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanadigan 
to‘lovlar
170
 
 
167
Лебедева Л.Ф.– США: государство и социальная политика.- М.: Наука. - 2007. 148-cтр.
168
KaiZhao. Social security and the rise in health spending. Journal of Monetary Economics. May 2014, Pages 21-
37. www.sciencedirect.com 
169
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. XVI bob. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi. Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son 
170
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi, 284-modda (Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 
y., 03/18/476/1087-son) asosida tayyorlandi.
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi 
mablag‘lari hisobidan
 
vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik 
nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari 
davlat tomonidan beriladigan yoshga 
doir, nogironlik va boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyalari 
bola tug‘ilganda beriladigan
nafaqalar
qonun hujjatlarida nazarda 
tutilgan boshqa to‘lovlar 


348 

vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik nafaqalari, ayollar esa, bundan tashqari, 
homiladorlik va tug‘ish nafaqalari; 

bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalar; 

davlat tomonidan beriladigan yoshga doir, nogironlik va boquvchisini 
yo‘qotganlik pensiyalari; 

qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar bilan ta’minlanadilar. 
Davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘laridan sanatoriy-kurortlarda davolanish, 
dam olish, sug‘urta qilingan xodimlarning shifobaxsh (parhez) taomlari uchun haq 
to‘lash, bolalarning sog‘lomlashtirish lagerlarini ta’minlab turish, davlat ijtimoiy 
sug‘urtasiga doir boshqa tadbirlar uchun ham belgilangan tartibda foydalaniladi. 
Ijtimoiy sug‘urta aholini turli xavf-xatarlardan ijtimoiy himoyalash 
hisoblanadi, ya’ni ishdan ketish, mehnatga layoqatlilikni, daromadni yo‘qotish 
kabi xavf-xatarlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urtaning muhim jihati 
shundaki, u ish beruvchi va ishlovchilarning maqsadli badallari asosida maxsus 
nobyudjet fondlarni shakllantirish jarayonida yuzaga keladigan iqtisodiy 
munosabatlarda namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy sug‘urta munosabatlarida sug‘urta 
to‘lovi mehnat ulushi hamda sug‘urta muddatiga bog‘liq bo‘ladi. 
Mehnatga layoqatlilikni va daromadni yo‘qotishga olib keladigan ijtimoiy 
xavf-xatarlarga quyidagilar kiradi: kasallik, ishlab chiqarishdagi jarohat, kasbiy 
kasallik, baxtsiz xodisa, onalik va bolalik, ishsizlik, qarilik, boquvchisini 
yo‘qotish. 
Jamiyat rivojlanishi bilan ijtimioiy sug‘urtaning o‘rni va roli sezilari oshib 
boradi, bunga aholining majburiy ijtimoiy sug‘urtalaganlik darajasining oshishi, 
ijtimoiy sug‘urta dasturlarining kengayishi, to‘lanadigan pensiya, nafaqalar 
hajmining hamda ko‘rsatiladigan xizmatlar sifatining o‘sishi, ularning qiymati va 
aholi real daromadlarining oshishi sabab bo‘ladi. 
Ijtimoiy-siyosiy nuqtai-nazardan qaraganda, ijtimoiy sug‘urta fuqarolarning 
qarilik, kasallik holatlari, onalik, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotishi, 
boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik kabi holatlarda moddiy ta’minot olishga 
konstitutsiyaviy huquqi borligini ko‘rsatadi. To‘lanadigan mablag‘ miqdori mehnat 


349 
staji, oylik ish haqi, mehnat qobiliyatini yo‘qotganlik darajasini hisobga olgan 
holda aniqlanadi va amaldagi qonunchilikka asoslanadi. 
Ijtimoiy sug‘urtaning eng muhim iqtisodiy funksiyasi shundaki, u mehnat 
resurslarini takror ishlab chiqarish uchun zarur sharoitlarini yaratadi, shu bilan 
birga, ijtimoiy sohada davlat siyosatining ajralmas qismi hisoblanadi. Shuningdek, 
ijtimoiy sug‘urta tizimi jamiyatda ijtimoiy adolatni ta’minlash, siyosiy birdamlikni 
yaratish va uni saqlab qolishning dastlabki shartlaridan biri hisoblanadi. 
Ijtimoiy sug‘urtaning yordami bilan jamiyat quyidagi vazifalarni bajaradi: 

ishga layoqatsiz va mehnat jarayonida ishtirok etmaydigan shaxslarning 
xarajatlarini qoplashga qaratilgan pullik fondlarni shakllantirish; 

mehnat resurslarini takror ishlab chiqarishning tuzilma va zarur miqdorini 
ta’minlash; 

jamiyatning ishlovchi va ishsiz a’zolarining moddiy ta’minotidagi 
uzilishlarni kamaytirish; 

aholining mehnat jarayoniga jalb etilmagan guruhlarining yashash darajasini 
ko‘tarishga erishish. 
Ijtimoiy sug‘urta ikki yo‘nalishdagi chora-tadbirlarni moliyaviy jihatdan 
ta’minlashga qaratilgan: 

birinchisi - ishchilarni sog‘lomlashtirish va qayta tayyorlash tadbirlarini 
o‘tkazgan holda mehnat qobiliyatini qayta tiklash va uning saqlanishini ta’minlash; 

ikkinchisi - mehnat qobiliyatini yo‘qotganlarga yoki unga umuman ega 
bo‘lmaganlarga moddiy ta’minotni kafolatlash. 
Ijtimoiy sug‘urta tizimining moddiy asosini unga muvofiq keluvchi fondlar 
tashkil etadi. Ijtimoiy sug‘urta fondlari quyidagi manbalar hisobidan shakllanadi 
(16.2-rasm): 
-
ishchilarning sug‘urta badallari; 
-
ish beruvchilarning badallari; 
-
davlat subsidiyalari. 


350 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin