Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
 
1.
Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida davlat moliyasining o‘rni va ahamiyati 
nimalarda namoyon bo’ladi? 
2.
Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy va moliyaviy negizlari nimalardan iborat? 
3.
Ijtimoiy 
maqsadlardagi 
xarajatlarni 
davlat 
byudjeti 
hisobidan 
moliyalashtirish tartiblari qanday? 
4.
Harakatlar strategiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari doirasida 
davlatning qanday ijtimoiy rivojlanish dasturlari ko’zda tutilgan, ularni moliyaviy 
ta’minlash manbalari nimalardan iborat? 
 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
 
1.
Davlat moliyasining mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishdagi o‘rni va 
ahamiyatini aks ettiruvchi klaster tayyorlang. 
2.
Mamlakatni ijtimoiy rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar va ularni 
moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 
3.
Xorijiy davlatlarda ijtimoiy muammolarni davlat moliyasi yordamida hal 
qilish masalalari haqida mustaqil ish tayyorlang.
 
 
 
164
http://press-service.uz/uz/lists/view/794 


345 
16-BOB. DAVLAT MOLIYASI TIZIMIDA IJTIMOIY SUG‘URTA VA 
IJTIMOIY TA’MINOT 
 
16.1. Ijtimoiy sug‘urtaning mazmuni, davlat moliyasi tizimidagi o‘rni va 
ahamiyati 
 
Ijtimoiy sug‘urta – fuqarolarning qarilik, kasallik, onalik, mehnat 
qobiliyatining to‘liq yoki qisman yo‘qotilishi, boquvchisini yo‘qotish, ishsizlik 
kabi holatlarda moddiy ta’minot olishning moliyaviy asosini yaratish bilan bogliq 
bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisi hisoblanadi. Ijtimoiy sug‘urta 
munosabatlari orqali jamiyat miqyosida turli ijtimoiy iste’mol fondlari shakllanadi 
va belgilangan tartibda ishlatiladi. Ijtmoiy sug‘urta ajratmalari hisobidan 
shakllanadigan pul jamg‘armalari fuqarolarning ijtimoiy jihatdan himoyalanish 
shakllari va usullarining moliyaviy asosini yaratishga xizmat qiladi. Bizning 
mamlakatimizda ijtimoiy sug‘urta ajratmalari sifatida yuridik shaxslardan 
undiriladigan yagona ijtimoiy soliq (yoki byudjet tashkilotlari tomonidan ular 
xarajatlarining II-guruhi bo‘yicha rejalashtiriladigan va ajratiladigan ijtimoiy 
ehtiyojlarga ajratmalar) o‘rnatilgan nisbatlarda taqsimlanib, byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi va Kasaba 
uyushmalari Federatsiyasining ijtimoiy sug‘urta byudjetini shakllantirishga 
yo‘naltiriladi. Shuningdek, ishlovchi xodimlar ham o‘z ish haqlaridan ijtimoiy 
sug‘urta badallarini Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badali, Kasaba uyushmalariga 
sug‘urta badali shaklida muayyan to‘lovlarni to‘laydilar. Ijtimoiy sug‘urtaning 
bunday namoyon bo‘lishi uning majburiylik xususiyatini ko‘rsatadi va davlat 
tomonidan tartibga solinadi. Ijtimoiy sug‘urta ajratmalari (yagona ijtimoiy soliq 
ko‘rinishida) soliqlarga tenglashtirilgan bo‘lib, bu o‘tkazmalarning amalga 
oshirilishi soliq organlari tomonidan nazorat qilinadi. 
Ijtimoiy sug‘urtaning mohiyati, zarurligi va ahamiyati, kishilik taraqqiyotida 
uning paydo bo‘lishi, rivojlanishi, mehnatkashlarni turli xavf-xatarlardan himoya 
qilishdagi ahamiyati, ijtimoiy sug‘urta bilan bog‘liq munosabatlarning 


346 
xususiyatlari turli adabiyotlarda, darslik va o‘quv qo‘llanmalarda, ilmiy maqolalar 
va tezislarda yetarlicha yoritilgan, bu mavzuda qator ilmiy ishlar olib borilgan. 
“Families and social security” nomli maqolada muallif quyidagilarni tadqiq 
qilgan: “agar ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot bilan davlat tuzilmalari 
shug‘ullanmasa, bu sohani to‘lig‘icha xususiy sektorning vakolatlariga topshirib 
qo‘yilsa, ko‘pchilik oilalarning, jumladan, yolg‘iz va keksa oilalar, nikohdan 
ajrashganlar va shu kabi aholi guruhlarining ahvoli nochorlashadi. Agar 
ishchilarning ijtimoiy sug‘urtasi kafolatlab qo‘yilmasa, kapitalning jamg‘arilishi 40 
foizga, ish kuchining taklifi 30 foizga, yalpi samaradorlik xatto 36 foizgacha 
pasayib ketishi mumkin. G‘arb davlatlari ijtimoiy hayotida oilalarning ajralib 
ketishi, to‘liqsiz oilalarning, yolg‘iz fuqarolarning ko‘payishi ularni davlat 
tomonidan ijtimoiy sug‘urta qilinishi va ularga nisbatan ijtimoiy ta’minot 
dasturlarini ishlab chiqishni talab etadi. Shularni hisobga olgan holda, kelgusida 
ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot qisqarishi emas, aksincha, rivojlanishi va 
mustahkamlanishi kerak”
165

Amerika Qo‘shma Shtatlarida ijtimoiy sug‘urta va ijtimoiy ta’minot asosan 
“Medicare” va “Medicaid” dasturlari orqali aholiga yetkaziladi. Medicare dasturi 
AQShda 65 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarni tibbiy sug‘urtalash milliy 
tizimi hisoblanadi. Dastur fuqarolarga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarning bir 
qismini qoplashga xizmat qiladi. “Medicare” dasturi ish beruvchilar va 
ishlovchilarning daromadi va ish haqisidan olinadigan soliqlarning bir qismi, 
shuningdek, Ijtimoiy ta’minot fondlaridan har oylik badallar hisobidan 
moliyalashtiriladi
166
.
“Medicaid” – AQSHda nochor fuqarolarga tibbiy yordam ko‘rsatishning 
davlat dasturi hisoblanadi. Bu dastur bo‘yicha rasmiy kambag‘allik chegarasidan 
past daromadga ega bo‘lgan fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatiladi. U shtatlar 
darajasida federal hukumatning yordamida amalga oshiriladi. Ushbu dastur 1960-
 
165
Hans Fehr,Manuel Kallweit
,
Fabian Kindermann. Families and social security. European Economic Review. 
January 2017, Pages 30-56.www.sciencedirect.com 
166
Social Security Administration “Medicare

// SSA Publication. — № 05-10043-RU. 


347 
yilda Kerr Milss (Kerr - Mills Act) qonuniga ko‘ra qabul qilingan va 1965-yildan 
beri amal qiladi
167
.
“AQShda ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar asosan Medicare va Medicaid 
milliy dasturlarining moliyaviy ta’minotiga safabar etiladi. Bu milliy dasturlar 
tomonidan tibbiy xizmatlar haqini to‘lashga sarflanadigan mablag‘lar mamlakat 
bo‘yicha jamoat sog‘lig‘ini saqlash sohasiga xarajatlarning oshib ketishiga olib 
keladi”
168
. Umuman olganda, AQSh sog‘liqni saqlash tizimiga eng ko‘p mablag‘ 
safarbar etadigan davlat hisoblanadi, bu xarajatlar mamlakat yalpi ichki 
mahsulotining qariyb 17 foizini tashkil qiladi. 
O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksida davlat ijtimoiy sug‘urtasi 
bo‘yicha barcha xodimlar davlat yo‘li bilan ijtimoiy sug‘urta qilinishlari belgilab 
qo‘yilgan
169
. Davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun ish beruvchilar, shuningdek sug‘urta 
qilingan xodimlarning o‘zlari sug‘urta badallarini to‘laydilar. Shu bilan birga, ish 
beruvchilarning davlat ijtimoiy sug‘urtasi uchun badal to‘lamaganliklari sug‘urta 
qilingan xodimni davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan ta’minlanish 
huquqidan mahrum qilmaydi.Sug‘urta qilingan xodimlar, tegishli hollarda esa, 
ularning oilalari ham davlat ijtimoiy sug‘urtasi mablag‘lari hisobidan (16.1-rasm): 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin