337
−
respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha
daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0
mln.so‘m hajmida bank kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo‘y,
echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish, parrandachilik
va asalarichilikni
rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar
uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi
tomorqasidan foydalanish
samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
−
Bandlik va mehnat masalalari vazirligi tizimida Koreya Respublikasi,
Yaponiya va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll.
(o‘rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0 mln.doll.) grant mablag‘lari
va imtiyozli kreditlarini, shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish Davlat
jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni
kasbga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich
tashkil etish orqali ishsiz
fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini
kengaytirish.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa
avlod vakillari, pensionerlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish,
ularning turmush
sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o‘rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham
“nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularning madaniy hordiq
chiqarishiga va sog‘liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini
yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish, mahallalarda
istiqomat qilayotgan
ko‘makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda,
“Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu
ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj
yoshlar harakatini tashkil etishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa
avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan”
bir qator
chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar, bu ishlarni
bajarish uchun zarur mablag‘lar va ularning manbalari ko‘zda tutilgan.