16.2. Ijtimoiy ta’minot tizimining mohiyati, vazifalari va ahamiyati
Ijtimoiy ta’minot doimo davlat va jamiyat hayotida markaziy va hal qiluvchi
o‘rinni egallab kelgan. Mamlakatda yashaydigan fuqarolarda o‘z hayot
faoliyatining ma’lum bosqichlarida va alohida holatlarda ijtimoiy ta’minot tizimi
xizmatlariga ehtiyojlar yuzaga keladi. Uning holati mamlakat iqtisodiy rivojlanish
darajasiga, mamlakatda olib borilayotgan ijtimoiy siyosatga, shuningdek, mehnat-
kashlar hamda ma’lum sabablarga ko‘ra ishlamaydigan aholi qatlamlarining
ijtimoiy ahvoliga bog‘liq.
“Ijtimoiy ta’minot” tushunchasining mazmuni, uning holatini belgilab
beruvchi omillar bizning mamlakatimizda ijtimoiy ta’minot tizimining rivojlanishi
bilan shakllanib bordi. Iqtisodiy ta’limotlar va fanda “ijtimoiy ta’minot”
tushunchasining turlicha talqin etilganligini ko‘rish mumkin. Masalan, tarixan
ancha ilgari yaratilgan rus izohli lug‘atida
174
ijtimoiy ta’minotga “jamiyat
tomonidan u yoki bu shaxsga hayot uchun yetarli bo‘lgan moddiy mablag‘larni
taqdim etish” deb ta’rif berilgan, ushbu ta’rifda jamiyat a’zolariga jamiyat
tomonidan taqdim etiladigan yordamnnig turli shakllari ijtimoiy ta’minot
hisoblanadi, degan fikr ilgari surilgan. Lekin bunday yordamning shakllari va
turlari turli-tuman bo‘lishi, turli toifadagi aholi qatlamlarini qamrab olishi, turli
manbalardan mablag‘ bilan ta’minlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning har bir
bosqichida o‘zgarib turishi mumkin. Shundan kelib chiqqan holda, fanda ijtimoiy
ta’minot
tushunchasi
mazmunini
yoritish
bo‘yicha
ikkita
konsepsiya
shakllanganligini ko‘rish mumkin: iqtisodiy va huquqiy.
Iqtisodiy konsepsiya tarafdorlari ijtimoiy ta’minotga jamiyat a’zolari uchun
ijtimoiy iste’mol fondlaridan taqdim etiladigan yordamning barcha turlarini (shu
jumladan, bepul ta’lim, uy-joy bilan bepul ta’minlash, madaniyat muassasalarini
saqlash, pensiya va nafaqalarning barcha turlari, ayrim fuqarolarga ijtimoiy, tibbiy
yordam ko‘rsatish va turli imtiyozlar berish) kiritadilar. Bu konsepsiyaning asosini
174
Qaralsin: Ожегов С. И. Словарь русского языка. –М: Русский язык, 1984. С. 374, 670.
354
moddiy va moliyaviy ne’matliklarni ijtimoiy iste’mol fondlari orqali taqsimlash
usuli tashkil etgan.
Huquqiy konsepsiya vakillari ijtimoiy ta’minot jamiyatning barcha
a’zolariga emas, faqat alohida qatlamlariga – davlat tomonidan muhofaza qilinishi
lozim bo‘lgan guruhlariga qaratilishi kerakligini e’tirof etganlar. Aholining bunday
guruhlariga jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining turli bosqichlarida turli
toifadagi fuqarolar kiritilgan. Xususan, sovet hukumati davrida ijtimoiy ta’minot
bilan avval yollanib ishlovchi ishchi-xizmatchilar, keyinroq kolxoz a’zolari,
bolalar, ko‘p bolali oilalar, yolg‘iz onalar qamrab olingan.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasini o‘rgangan olimlarning izlanishlarini o‘rga-
nish shundan dalolat beradiki, ayrimlar ijtimoiy ta’minot faqat ayrim aholi qatlam-
lariga qaratilishi kerak, deb da’vo qilsalar, boshqalar ijtimoiy ta’minot barcha
aholiga qaratilgan bo‘lishi kerak, deb ta’kidlaydilar va bepul ta’lim hamda bepul
tibbiy xizmat va davolash xizmatlarini ham ijtimoiy ta’minot tizimiga kiritadilar.
Shuningdek, bir qator olimlar ijtimoiy ta’minot faqat davlat byudjetidan
moliyalashtirilishi zarurligini ta’kidlasalar, boshqalari ijtimoiy ta’minotning
ko‘pkanalli moliyalash manbalari shakllanganligi va ijtimoiy ta’minot masalalari
bilan shug‘ullanadigan bir nechta mahkama mavjudligini e’tirof etadilar.
Bu borada A.Vahobov va T.Malikovlarning “Moliya” nomli darsliklarida
berilgan ta’rifga to‘xtaladigan bo‘lsak, ularning fikricha, “iqtisodiy kategoriya
sifatida ijtimoiy ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: ... fuqarolarni
moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish uchun milliy daromadning bir qismi
hisobidan pul mablag‘larining ijtimoiy fondlarini shakllantiradigan va ulardan
foydalanadigan taqsimlash munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi.
Mana shunday keng ko‘lamda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manba-
lari va ta’minotni tashkil etishga bog‘liq bo‘lmagan holda jamiyatning barcha
a’zolarini tegishli tarzda ta’minlanishini o‘z ichiga qamrab oladi”
175
. Mualliflar
ijtimoiy ta’minotning mazmuni borasida iqtisodchilar o‘rtasida yagona fikr mavjud
emasligini haqli ravishda e’tirof etadilar.
175
Vahobov A.V., Malikov T.S. Moliya. Darslik. T.: “NOSHIR”, 2011. 449-bet.
|