Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Internet resurs manbalaridagi ma’lumotlarda,
masalan jamoat ensiklope-
diyasida “ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va boquv-
chisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish 
bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib, 
ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi”
176
, deb ta’riflangan. 
Ijtimoiy ta’minot tushunchasining talqiniga bo‘lgan qarashlarni inobatga 
olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta’minotga tegishli ekanligini 
belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim. 
Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) 
moliyalashtirish manbalari:
barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga 
qo‘shilgan holda, ijtimoiy ta’minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus 
jamg‘armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda 
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minotni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi 
manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar-
masi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, davlat byudjeti (respublika 
byudjeti va mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‘lari (Kasaba 
uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‘urta byudjeti). 
2) ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari: 
huquqiy 
jihatdan “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda 
ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”
177
. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz 
Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu 
huquqlarni belgilab bergan 39-moddasi mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki, 
ijtimoiy ta’minot fuqarolarning alohida toifalari– qariyalar, nogironlar, bolalikdan 
nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini 
yo‘qotgan fuqarolar, homilador ayollar, vaqtincha ishsiz maqomi berilgan 
fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga qaratiladi. 
 
176
Manba: https://uz.wikipedia.org/ 
177
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda. 


356 
Ijtimoiy ta’minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni ham inobatga 
olish kerakki, ijtimoiy ta’minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning 
ijtimoiy siyosati yo‘nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning 
o‘zgarishi ijtimoiy ta’minotning ham usul va shakllari o‘zgarishiga olib keladi. 
Xususan, taraqqiyotning ma’lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat aholi-
ning son jihatdan ko‘payishini rag‘batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu 
davrda ijtimoiy ta’minot orqali ko‘p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan. 
Mustaqillik davrida esa bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza 
qilish, tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish, “sog‘lom ona – sog‘lom bola” 
tamoyilini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib 
yashash va ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta’minotning shakl 
va usullari ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‘lida insonlarning 
mehnati va sog‘lig‘i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va 
keksa yoshdagi fuqarolar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmat-
lar tizimi rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning 
boshqa kafolatlari o‘rnatiladi.
Shunday qilib, 
ijtimoiy ta’minot -
davlat ijtimoiy siyosatining namoyon 
bo‘lish shakli bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan, 
rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb 
topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga 
nisbatan tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus 
maqsadli jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar 
tizimidir. 
Ijtimoiy ta’minot turlarining
ko‘pligini e’tirof etgan holda, har bir turining 
asosiy maqsadi
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a’zolarining 
holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy 
xarajatlarni yohud qo‘shimcha jismoniy, ruhiy va ma’naviy harakatlarni talab qiluvchi turli 
hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‘lib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashdan 
iborat. 
 


357 
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda 
ijtimoiy ta’minot tizimiga quyidagilar kiradi (16.3-rasm): 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin