385
uchinchidan,
soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va
mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi
soliq stavkalarining yuqoriligi;
to‘rtinchidan,
imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish
bo‘yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni
ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi
subyektlarni soliq va
bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga
qo‘llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi;
beshinchidan,
davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish
mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga
oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi;
oltinchidan,
o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir
ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni
kamaytirishga to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-
xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi;
yettinchidan,
mahalliy
soliq
va
yig‘imlarning
ma’muriyatchiligi
mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik
darajasi etarli
emasligi,
shuningdek, ko‘chmas mulk va er uchastkalarini to‘liq hisobga olish va
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi.
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatidagi tizimli muammolarni
bartaraf etish, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq
yukini
kamaytirish
va
soliq
solish
tizimini
soddalashtirish,
soliq
ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini
amalga oshirish maqsadida,
shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta
jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
−
iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni
386
to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi
nomutanosibliklarni bartaraf etish;
−
soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish,
shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan
soliqlarni birlashtirish,
soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni
minimallashtirish;
−
makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi
Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning
mustahkamligini
ta’minlash;
−
soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida
normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish,
insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini
kuchaytirish;
−
soliq solish masalalarini tartibga soladigan
havolaki normalar va qonun
osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining
barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash;
−
xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun
qulay rejimni saqlab qolish,
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash;
−
soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish
obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish.
O‘zbekistonRespublikasiningsoliqsiyosatinitakomillashtirishkonsepsiyasidoi
rasida 2019-yil 1-yanvardanboshlab:
Dostları ilə paylaş: