Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə179/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet subvensiyasi
– qonunhujjatlarida nazarda tutilgan tartibda muayyan 
maqsadlarga sarflash sharti bilan yuqori byudjetdan quyi byudjetga qaytarmaslik 
sharti bilan ajratiladigan pul mablag‘lari; 
Byudjet taqchilligini qoplash manbalari tasnifi
– taqchillikniqoplashning 
ichki va tashqi manbalari bo‘yicha guruhlash; 
Byudjet tashkiloti
– davlatfunksiyalarini amalga oshirish uchun belgilangan 
tartibda davlat hokimiyati organlarining qaroriga ko‘ra tashkil etilgan, davlat 
byudjeti mablag‘lari hisobidan saqlab turiladigan notijorat tashkilot; 
Byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari
– qonun 
hujjatlarida nazarda tutilgan byudjetdan tashqari manbalar hisobidan byudjet 
tashkiloti tasarrufiga kelib tushadigan mablag‘lar; 
Byudjet tasnifi
- davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari tuzilmasiga 
kiruvchi byudjetlar daromadlari va xarajatlarining, shuningdek davlat byudjetining 
taqchilligini qoplash manbalarining muayyan belgilariga ko‘ra guruhlanishi; 
Byudjet tizimi
– barcha darajadagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg‘armalari 
byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari, byudjet 


410 
tizimi byudjetlarini tuzish va tashkil etish prinsiplari, ular o‘rtasida byudjet 
jarayoni mobaynida yuzaga keladigan o‘zaro munosabatlar yig‘indisi; 
Byudjet tizimi byudjetlari
O‘zbekiston Respublikasi-ning davlat byudjeti, 
davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari va byudjet tashkilotlarining byudjetdan 
tashqari jamg‘armalari; 
Byudjet tizimini boshqarish
– byudjet tizimining asosiy tamoyillariga amal 
qilgan holda byudjet munosabatlarini, byudjet jarayonini, byudjet munosabatlarida 
ishtirok etuvchi subyektlar, alohida vakolatli organlar va byudjet mablag‘larini 
oluvchilar faoliyatini boshqarishga qaratilgan maqsadli faoliyat; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin