Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə178/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Byudjet nazorati
– barchadarajadagi byudjetlarning, davlat maqsadli 
jamg‘armalari va boshqa nobyudjet fondlarining shakllanishi va ishlatilishi, davlat 
moliyaviy resurslarining qonuniy va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan 
nazorat; 
Byudjet nazoratining shakllari
– dastlabki, joriy va so‘nggi byudjet 
nazorati; 
Byudjet profitsiti
– muayyan davrda byudjet daromadlarining byudjet 
xarajatlaridan ortishi; 
Byudjet 
qonunchiligi
– byudjet munosabatlari va byudjetlararo 
munosabatlarni tartibga solishga xizmat qiluvchi qonuniy-huquqiy hujjatlar 
yig‘indisi; 
Byudjet siyosati
– davlat moliya siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, 
umumdavlat moliyaviy resurslarini (manbalarini) shakllantirish va jalb etish


409 
taqsimlash, ulardan maqsadga muvofiq foydalanishga qaratilgan davlatning chora-
tadbirlari va asosiy yo‘nalishlari yig‘indisi; 
Byudjet siyosati strategiyasi
– uzoqmuddatli maqsadlarni tanlash va 
maqsadli dasturlarni zarur moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, ularni iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning asosiy yo‘nalishlariga safarbar qilishni nazarda tutuvchi 
strategiya; 
Byudjet siyosati taktikasi
– byudjet strategiyasi belgilab bergan vazifalarni 
jamiyat rivojlanishining aniq bosqichida va sharoitlarida moliya-byudjet 
munosabatlarini tashkil etish usullari va vositalari yig‘indisi; 
Byudjet so‘rovi – 
byudjettasnifi bo‘yicha tushumlarni shakllantirish va 
byudjetdan mablag‘ ajratish to‘g‘risidagi so‘rov; 
Byudjet ssudasi
– yuqoribyudjetdan quyi byudjetga yoxud respublika 
byudjetidan rezident-yuridik shaxsga yoki chet el davlatiga qaytarish sharti bilan 
ajratiladigan mablag‘; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin