384
jarayonida axborotning ahamiyati doimiy o’sib boradi va tashkil qilinayotgan
yagona telekommunikatsion tarmoqlar davlat boshqaruv organlari, viloyat, shahar
va tumanlarni yaxlit majmuaga bog’laydi. Bu, davlat byudjet tizimini kompleks
monitoring va iqtisodiy tashxislash imkonini berib, davlat g’aznachiligining
bo’limlari oldida turgan vazifalarni samarali hal qilishga xizmat qiladi. O’z
navbatida, davlat moliyaviy jarayonlariga yagona axborot makonini joriy etish,
undan samarali foydalanish uning, huquqiy himoyalash ob’ektlarini belgilab
beruvchi, kontseptual asoslarni ishlab chiqishni taqozo etadi
182
.
Soliq yukini izchillik bilan kamaytirish, soliq solish tizimini soddalashtirish
va soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish iqtisodiyotni jadal rivojlantirish
hamda mamlakatning investitsiyaviy jozibadorligini yaxshilashning eng muhim
shartlari hisoblanadi.
Shu bilan birga, o‘rganishlar natijalari mazkur sohada bir maromda
iqtisodiy o‘sishga, ishbilarmonlik va investitsiyaviy faollikni oshirishga, sog‘lom
raqobat muhitini shakllantirishga, shuningdek, soliqlar va boshqa majburiy
to‘lovlar yig‘iluvchanligining zarur darajasini ta’minlashga to‘sqinlik qilayotgan
bir qator tizimli muammolarni ko‘rsatdi
183
, xususan:
birinchidan,
umumbelgilangan soliqlarni to‘lovchilar uchun soliq yuki
darajasining yuqoriligi, shuningdek, soliq solishning soddalashtirilgan va
umumbelgilangan tizimida soliqlarni to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar
o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi farqning sezilarliligi;
ikkinchidan,
qo‘shilgan qiymat solig‘ini undirishning samarasiz tizimi, soliq
to‘lovchilarning aylanma mablag‘larini jalb qiladigan, shuningdek, iste’mol
mahsulotining oraliq va yakuniy qiymati qimmatlashishiga olib keladigan hamda
yirik va kichik biznes o‘rtasidagi kooperatsiyaning rivojlanishiga to‘sqinlik
qiladigan majburiy to‘lovlarning mavjudligi;
Dostları ilə paylaş: