Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minot tizimining moliyaviy



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə165/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

16.3. O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minot tizimining moliyaviy 
manbalari 
 
Yuqorida ta’kidlanganidek, bugungi kunda mamlakatimizda ijtimoiy 
ta’minot o‘zining shakllari va turlari xilma-xil bo‘lishi bilan birga, moliyalashtirish 
manbalarining ham bir nechta ekanligi bilan xarakterlanadi. Ijtimoiy ta’minot 
maqsadlaridagi xizmat va to‘lovlar uchun moliyaviy resurslar turli ijtimoiy 
yo‘nalishdagi jamg‘armalarda mujassamlanadi va davlat boshqaruvining turli 
idoralari orqali tasarruf etiladi. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari va to‘lovlari quyidagi 
manbalardan amalga oshiriladi: 


360 
16.4-rasm. Ijtimoiy ta’minot xizmatlari va to‘lovlarini moliyalashtirish 
manbalari 
 
-
davlat byudjeti (respublika byudjeti va mahalliy byudjetlar); 
-
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi; 
-
Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi; 
-
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy 
sug‘urta byudjeti mablag‘lari. 
Davlat byudjetidan an’anaviy ravishda ijtimoiy ta’minotning quyidagi 
shakllari va turlari moliyalashtiriladi: 
a) respublika byudjetidan:
-
respublika tasarrufidagi bolalar uylarini saqlab turish xarajatlari;
-
respublika vazirliklari va idoralari tasarrufidagi urush hamda mehnat 
faxriylari uchun pansionat va sanatoriylar, aholini ijtimoiy muhofaza qilish 
muassasalarini saqlab turish, shuningdek aholini ijtimoiy muhofaza qilishga doir 
maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
-
bolalikdan nogironlarga va bola tug‘ilganda beriladigan nafaqalarni, 
qonun hujjatlarida ayrim toifadagi shaxslarga belgilangan kompensatsiyalarni 
to‘lash uchun vakolatli organga mablag‘lar ajratish xarajatlari; 
-
Chernobil AES halokati oqibatlarini tugatishda ishtirok etgan va 
radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslarni 


361 
ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ayrim toifadagi shaxslarga qonun hujjatlarida belgilan-
gan imtiyozlar va kompensatsiyalarni to‘lash xarajatlari va b. 
b) mahalliy byudjetlardan:
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi bolalar uylari, davlat bolalar shahar-
chalarini saqlab turish xarajatlari; 
-
mahalliy hokimiyatlar tasarrufidagi qariyalar va nogironlarning internat-
uylari, pansionat va sanatoriylari, nogironlarni reabilitatsiya qilish markazlari, 
boshqa muassasalarni saqlab turish xarajatlari, shuningdek, aholini ijtimoiy 
muhofaza qilishga doir maqsadli tadbirlar xarajatlari; 
-
uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xarajatlari; 
-
shahar yo‘lovchilar transporti tashuvchilarining yo‘lovchilarni va bagajni 
cheklangan tariflar bo‘yicha tashish, shuningdek, alohida toifadagi fuqarolarni 
imtiyozli tashish xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq zararlarning o‘rnini qoplash 
xarajatlari va b. 
Ma’lumki, ijtimoiy ta’minotning markazida pensiya ta’minoti turadi. Ko‘p-
chilik davlatlarda pensiya ta’minotini mablag‘ bilan ta’minlash maqsadida markaz-
lashgan tartibda maxsus fondlar – Pensiya fondlari tuziladi. Ularning asosiy 
maqsadi shu mamlakat pensiya qonunchiligi bilan belgilangan pensiyalar va 
boshqa ijtimoiy to‘lovlarni moliyalashtirishdan iborat.
Bugungi kunda byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasidan 
quyidagi pensiyalar va ijtimoiy 
nafaqalar 
to‘lanadi, 
shuningdek, 
fuqarolarning 
ijtimoiy 
ta’minoti 
bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa sarfiyotlar amalga oshiriladi: 
-
ishlayotgan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash; 
-
ishlamaydigan pensionerlarga davlat pensiyalarini to‘lash; 
-
davlat pensiya ta’minoti huquqiga ega bo‘lmagan qariyalar va mehnatga 
qobiliyatsiz fuqarolarga nafaqalar berish; 
-
dafn marosimlari uchun nafaqalar; 
Bizning mamlakatimizda ijtimoiy 
ta’minot vazifalarini davlat byudjeti 
bilan birga, byudjetdan tashqari 
Pensiya jamg‘armasi bajaradi. 


362 
-
belgilangan tartibda aniqlanadigan boshqa xarajatlar. 
Fuqarolar ijtimoiy ta’minotining ayrim shakllari va turlari 
Bandlikka 
ko‘maklashish davlat jamg‘armasi
tomonidan moliyalashtiriladi, ular jumlasiga 
quyidagilar kiradi: 
-
ishsiz deb topilgan shaxslarni kasbiy tayyorlash, ularning malakasini 
oshirish va ularni qayta tayyorlash xarajatlari; 
-
ishsizlik bo‘yicha nafaqalar, bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy 
muhofaza qilish markazlari taklifiga binoan ishlash uchun boshqa joyga ixtiyoriy 
ravishda ko‘chib o‘tish munosabati bilan kompensatsiyalar to‘lash hamda ishsiz-
larga moddiy yordam berish;
-
ishsiz deb topilgan shaxslarga muddatidan ilgari pensiya tayinlanishi 
munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan 
tashqari Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining o‘rnini qoplash; 
-
nogironlar, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan boshqa 
toifalari mehnatidan foydalanish uchun ixtisoslashtirilgan ish o‘rinlari va ishlab 
chiqarishlarni tashkil etishga doir tadbirlarni qisman moliyalashtirish; 
-
ish bilan band bo‘lmagan aholiga yordam ko‘rsatish, shu jumladan, ishga 
joylashtirishga ko‘maklashish va maslahat xizmatlari ko‘rsatish bilan bog‘liq 
xarajatlar; 
-
aholi bandligi bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha xalqaro hamkorlik hamda 
xalqaro loyihalar va shartnomalarni amalga oshirishni moliyalashtirish; 
-
chet elga ishga yuborilgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ishga 
joylashtirilishini tashkil etish va ularning ijtimoiy muhofaza qilinishini ta’minlash 
bilan bog‘liq xarajatlar va b. 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining ijtimoiy 
sug‘urta byudjeti
quyidagi manbalar hisobiga shakllantiriladi: 
-
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan belgilanadigan, 
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashiga xodimlar va ularning 
oila a’zolarini sog‘lomlashtirish uchun yagona ijtimoiy to‘lovdan yo‘naltirilgan 
ajratmalar hisobiga; 


363 
-
belgilangan tartibda xodimlarga davolanish va dam olish uchun berilgan 
yo‘llanmalar uchun ulardan olingan mablag‘lar hisobiga; 
-
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobiga.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining mablag‘lari tegishli kasaba 
uyushmalari organlarining qarorlari bilan tasdiqlanadigan byudjet va smetalarida 
belgilangan maqsadlarga muvofiq xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lom-
lashtirish uchun quyidagilarga sarflanadi: 
-
sanatoriy-kurortlarda davolanish, pansionat va dam olish uylariga yo‘llan-
malar olishga; 
-
korxonalar va o‘quv muassasalaridagi sanatoriy-profilaktoriylarda, sana-
toriy-profilaktoriylarning ijtimoiy sug‘urta uchun tasdiqlangan smetasiga muvofiq, 
xodimlar yoki talabalarni sog‘lomlashtirish xarajatlarini qisman qoplashga (xodim-
larning mehnatiga haq to‘lash, davolanuvchilarning ovqatlanishi, davolanishi, 
ularga madaniy xizmat ko‘rsatishga); 
-
bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning ta’minotida, bola-
larni sog‘lomlashtirish oromgohlarining tasdiqlangan smetalariga muvofiq, hissali 
ishtirok etishga (xodimlarning mehnatiga haq to‘lash, bolalarning ovqatlanishi, 
davolanishi, ularga madaniy xizmat ko‘rsatishga); 
-
kasaba uyushmalari huzuridagi bolalar va o‘smirlar sport maktablari 
(BO‘SM) xodimlarining mehnatiga haq to‘lash va moliyaviy imkoniyatlari daraja-
sida sport anjomlarini xarid qilish, o‘quv-sport tadbirlarini o‘tkazish uchun qisman 
mablag‘ ajratishga; 
-
o‘z sport bazalari bo‘lmagan taqdirda, hududiy birlashmalar tomonidan 
tasdiqlangan BO‘SMning smetasiga muvofiq, istisno tariqasida, binolarni ijaraga 
olishga; 
-
ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha tashkiliy-ma’muriy xarajatlarni moliyalashti-
rishga, kadrlarni tayyorlash, o‘qitish, sog‘lomlashtirish tadbirlarida ishtirok etuvchi 
shifokorlar va boshqa kadrlarning ta’minotiga; 
-
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining tasdiqlangan 
smetasi, qurilish va rekonstruktsiya qilinadigan obyektlarning manzilli ro‘yxatiga 


364 
muvofiq kasaba uyushmalari sog‘lomlashtirish muassasalari va BO‘SM sport 
inshootlarini rekonstruktsiya qilinishiga; 
-
ijtimoiy sug‘urta mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan xodimlar va 
ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarga. 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin