Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


 Strategik rivojlanish va uning moliyaviy asoslari



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
17.3. Strategik rivojlanish va uning moliyaviy asoslari
Mustaqillik yillarida mamlakatda huquqiy demokratik davlat, kuchli 
fuqarolik jamiyati qurishga, erkin bozor munosabatlariga va xususiy mulk 
ustuvorligiga asoslangan iqtisodiyotni rivojlantirishga, xalq osoyishta va farovon 
hayot 
kechirishi 
uchun 
shart-sharoitlar 
yaratishga, 
xalqaro 
maydonda 
O‘zbekistonning munosib o‘rin egallashiga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar 
amalga oshirildi.
Bosib o‘tilgan yo‘l va orttirilgan tajribani xolisona baholashdan, mustaqillik 
yillarida erishilgan yutuqlarni tahlil qilishdan hamda zamon talablaridan kelib 
chiqqan holda, oldimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va 
mamlakat taraqqiyotini jadallashtirishning muhim ustuvorliklarini hamda aniq 
marralarini belgilash vazifasi turgan edi.
Mazkur vazifani amalga oshirish yo‘lida aholining keng qatlamlari, 
jamoatchilik va ishbilarmon doiralar vakillari, davlat organlarining rahbarlari va 
mutaxassislari bilan amaliy suhbat hamda muhokamalar olib borildi, shuningdek 
amaldagi qonun hujjatlari, milliy va xalqaro tashkilotlarning axborot-tahliliy 
materiallari, ma’ruzalari, tavsiyalari va sharhlari o‘rganildi, rivojlangan xorijiy 
mamlakatlar tajribasi tahlil qilindi.
Kelib tushgan takliflarni jamlash, chuqur o‘rganish hamda umumlashtirish 
asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
Harakatlar 
strategiyasi 
to‘g‘risida”gi 
Farmoni loyihasi ishlab chiqilib, u bilan:
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi (keyingi o‘rinlarda – Harakatlar 
strategiyasi);


392 
Harakatlar strategiyasini “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da 
amalga oshirishga oid Davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) 
tasdiqlandi.
Loyihalarni tayyorlash davomida aholining keng qatlamlari orasida qizg‘in 
muhokamalar olib borildi. Loyihalar muhokama uchun turli axborot maydonlariga 
joylashtirildi, ularning natijasida ko‘plab taklif va mulohazalar kelib tushdi. 
Fuqarolar siyosiy-huquqiy borada yuksak faollik ko‘rsatib, olib borilayotgan 
islohotlarga alohida qiziqish va daxldorlikni namoyon qildilar.
Xususan, loyihalarning “Qonun hujjatlari ta’sirini baholash tizimi” portalida 
yo‘lga qo‘yilgan jamoatchilik muhokamasi natijalari bo‘yicha 1 310 ta taklif va 
mulohaza kelib tushib, ular asosida Davlat dasturining 41 ta bandi qayta ko‘rib 
chiqildi.
Shu bilan birga, 2017 yil 23-27 yanvar kunlari Toshkent shahrida media-
haftalik va xalqaro davra suhbati tashkil etilib, ularda 1 300 dan ortiq mutaxassis 
va ekspert, jamoatchilikning, ommaviy axborot vositalarining, diplomatik korpus 
va xalqaro tashkilotlarning, shuningdek O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan yirik 
xorijiy investorlarning vakillari ishtirok etishdi.
Harakatlar strategiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat 
Mirziyoev tomonidan saylovoldi jarayoni, jamoatchilik, ishbilarmon doiralar 
vakillari hamda davlat organlari bilan uchrashuvlar chog‘ida bildirilgan 
mamlakatni 
ijtimoiy-siyosiy, 
sotsial-iqtisodiy, 
madaniy-gumanitar 
rivojlantirishning kontseptual masalalari kiritildi.
Harakatlar 
strategiyasining 
maqsadi 
olib 
borilayotgan 
islohotlar 
samaradorligini tubdan oshirishdan, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal 
rivojlanishini ta’minlash uchun shart-sharoitlar yaratishdan, mamlakatni 
modernizatsiyalash va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirishdan iboratdir.
Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo‘nalishi 
belgilangan:
1.
Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
2.
Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish;


393 
3.
Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
4.
Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
5.
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur 
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish.
Mazkur 
yo‘nalishlarning 
har 
biri 
mamlakatdagi 
islohotlarni 
va 
yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo‘limlardan iborat.
Harakatlar strategiyasini besh bosqichda amalga oshirish nazarda 
tutilmoqda, bunda yillarga beriladigan nomlarga muvofiq har yili uni amalga 
oshirish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlanadi.
Davlat dasturining “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish” deb 
nomlangan birinchi yo‘nalishini amalga oshirishda davlat hokimiyati tizimida Oliy 
Majlisning rolini kuchaytirish, qonun ijodkorligi faoliyatining sifatini tubdan 
yaxshilash, davlatning hayotida siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish nazarda 
tutilgan. 
Davlat boshqaruvini takomillashtirish, eng avvalo davlat xizmatini isloh 
qilish, iqtisodiyotda davlat boshqaruvini kamaytirish, davlat va xususiy 
sektorlarning o‘zaro foydali hamkorligining zamonaviy shakllarini, “Elektron 
hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish 
rejalashtirilgan.
Xalq bilan samarali muloqotni ta’minlash Davlat dasturining eng muhim va 
dolzarb vazifalaridan biri bo‘ldi. Shu munosabat bilan jamoatchilik nazoratini 
takomillashtirish, nodavlat notijorat tashkilotlarini, ommaviy axborot vositalarini 
yanada rivojlantirish, shuningdek mahallaning jamiyat hayotidagi rolini 
kuchaytirish nazarda tutilmoqda.
Davlat dasturining ikkinchi yo‘nalishi qonun ustuvorligini va sudning 
chinakam mustaqilligini ta’minlash chora-tadbirlarini nazarda tutadi. Jumladan, 
qarorlar qabul qilishda sudlar mustaqilligini ta’minlashi kerak bo‘lgan Oliy sud 
kengashini tuzish, professional sudyalar korpusini shakllantirish, sudyalarning 
huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni amalga 
oshirish rejalashtirilmoqda.


394 
Ma’muriy sudlarni, xo‘jalik sudlari tizimida mintaqaviy apellyatsiya 
sudlarini tuzish, sudya yordamchisi lavozimini ta’sis etish orqali sudlarni kelgusida 
ixtisoslashtirish va ularning devonini mustahkamlash nazarda tutilmoqda.
Sansalorlikka va ishlarning ko‘rib chiqilishi sudlar tomonidan asossiz 
cho‘zib yuborilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida protsessual qonun hujjatlarini 
takomillashtirish, quyi instantsiya sudlarining kamchiliklarini mustaqil bartaraf 
etish va uzil-kesil qaror qabul qilish yuzasidan yuqori sud instantsiyalarining 
vakolatlarini kengaytirish rejalashtirilmoqda.
Ushbu yo‘nalish doirasida barcha huquqni muhofaza qilish va nazorat 
organlari, davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari rahbarlarining xalq bilan bevosita muloqotini yo‘lga qo‘yish chora-
tadbirlarini ro‘yobga chiqarish, aholi ularga erkin murojaat eta olishini ta’minlash, 
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari hamda erkinliklari buzilganligi 
to‘g‘risidagi murojaatlarning, xabarlarning o‘z vaqtida olinishini ta’minlash 
nazarda tutilmoqda.
Huquqbuzarliklarning oldini olish tizimiga, jinoyatchilikka qarshi kurashish 
va jamoat tartibini saqlash bo‘yicha ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan 
takomillashtirishga alohida e’tibor qaratiladi.
Shuningdek ushbu yo‘nalish 2018-2021 yillarda jinoyat va jinoyat-
protsessual qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish kontseptsiyasini ishlab 
chiqishni, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari xodimlarini o‘qitish, 
tanlash va joy-joyiga qo‘yish tizimini takomillashtirishni, murojaatlarni muntazam 
tahlil qilishni hamda vaqti-vaqti bilan uning natijalarini e’lon qilib borishni, 
advokaturani rivojlantirishni, notariat tizimini va FHDYo organlarini isloh qilishni 
ham o‘z ichiga oladi.
“Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish” deb nomlangan 
uchinchi yo‘nalishda ko‘rsatilgan chora-tadbirlarni ro‘yobga chiqarish uchun 
milliy valyuta va narxlarning barqarorligini ta’minlash, valyutani tartibga 
solishning zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, 
mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish, tashqi iqtisodiy aloqalarni 


395 
kengaytirish, eksportga mo‘ljallangan mahsulot va materiallar ishlab chiqarish 
uchun zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, transport-logistika infratuzilmasini, 
tadbirkorlikni rivojlantirish hamda xorijiy investorlar uchun investitsiyaviy 
jozibadorlikni oshirish, soliq ma’murchiligini yaxshilash, bank faoliyatini tartibga 
solishning zamonaviy printsiplari va mexanizmlarini joriy etish, ko‘p tarmoqli 
fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, shuningdek turizm industriyasini jadal 
rivojlantirish nazarda tutilmoqda.
Shuningdek ushbu yo‘nalish xususiy mulkni, moliya bozorini himoya qilish, 
qishloq xo‘jaligini modernizatsiyalash, zargarlik sohasini rivojlantirish, ayrim 
milliy korxonalarning aktsiyalarini (IPO) nufuzli xorijiy fond birjalariga dastlabki 
tarzda joylashtirishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlarini ham o‘z ichiga oladi.
2017-2021 yillarda umumiy qiymati 40 milliard AQSh dollari miqdoridagi 
649 ta investitsiya loyihasini nazarda tutuvchi tarmoq dasturlarini ro‘yobga 
chiqarish rejalashtirilmoqda. Natijada keyingi 5 yilda sanoat mahsulotini ishlab 
chiqarish 1,5 baravar, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 33,6 foizdan 36 
foizgacha, qayta ishlash tarmog‘i ulushi 80 foizdan 85 foizgacha oshadi.
Har qanday davlatda pensiya ta’minoti tizimi mehnatga layoqatsiz va kam 
ta’minlangan fuqarolarning turmush darajasni ta’minlashga va qo‘llab-
quvvatlashga yo‘naltirilgan iqtisodiy, huquqiy, ijtimoiy va tashkiliy xarakterga ega 
bo‘lgan qator chora-tadbirlar kompleksining amalga oshirilishini nazarda tutadi. 
Ushbu tizim 3,3 milliondan ko‘proq fuqarolarni yoki mamlakat aholisining 
taxminan 10 foizini qamrab oladi. Yoshga doir pensiya oluvchilar – 2 502,6 ming 
nafar, nogironlik bo‘yicha pensiya oluvchilar – 360,3 ming nafar, boquvchisini 
yo‘qotganlik bo‘yicha pensiya oluvchilar – 168,5 ming nafar va ijtimoiy nafaqa 
oluvchilar – 294,1 ming nafarni tashkil etadi. 
Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urtalash tizimidagi uzluksiz ishtirokini 
rag‘batlantirishning zamonaviy mexanizmlarini joriy etish, pensionerlarning 
moddiy ta’minlanganlik darajasini oshirish, mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga 
fiskal yukning mo‘tadilligini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek barqaror pensiya 
tizimiga erishish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda 


396 
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti tizimini isloh etish bo‘yicha Konsepsiya loyihasi ishlab chiqildi. Ushbu 
Konsepsiya loyihasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot Dasturi, Jahon 
bankining pensiya ta’minoti sohasidagi loyihalari hamda Koreya Respublikasining 
davlat xizmatchilari Milliy Pensiya Servisi tavsiyalariga asoslanib ishlab chiqilgan. 
Ushbi loyihaning mazmuni quyidagicha: 
Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi hozirgi zamon talablariga to‘liq javob 
bera olmaydi, fuqarolarni keksaygan yoshda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda va 
boquvchisini yo‘qotganda ijtimoiy himoyasi uchun maksimal darajadagi maqbul 
shart-sharoitlarni ta’minlay olmaydi. Xususan: 

amaldagi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunni 1993-yilda qabul qilingan bo‘lib, unda to‘g‘ri 
ta’sir etuvchi normalar mavjud emas, pensiya ta’minoti va aholining ijtimoiy 
himoyasi masalalarini tartibga soluvchi ko‘plab normalar O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Hukumat qarorlari bilan tasdiqlangan 
bo‘lib, bu, o‘z navbatida, ularni turli xil talqin etishga olib kelmoqda; 

fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli 
ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda, 
buning natijasida mehnatga layoqatli aholining deyarli 60 foizi davlat ijtimoiy 
sug‘urtasi bilan qamrab olinmagan; 

imtiyozli pensiya ta’minotining, bugungi kunda dunyo amaliyotida deyarli 
qo‘llanilmaydigan alohida toifadagi shaxslarning pensiyalariga asossiz ustama va 
qo‘shimchalarning keng amaliyoti yuzaga kelgan; 

pensiya miqdori va xodimning mehnat xissasi (ulushi) o‘rtasidagi bog‘liqlik 
ham zaiflashgan, pensiya to‘lovlari yuki oshgan, shu munosabat bilan yaqin 
kelajakda Pensiya jamg‘armasining daromadlari va xarajatlari o‘rtasida 
nomutanosibliklar kutilmoqda, bu esa, o‘z navbatida, pensiya va boshqa ijtimoiy 
to‘lovlarni moliyalashtirishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; 

pensiya ta’minoti tizimi yaxlitlashtirilgan va barcha uchun tenglashtirilgan 
bo‘lib, quyidagi asosiy tamoyillarga javob bermaydi: ijtimoiy sug‘urta badallari 


397 
Pensiya jamg‘armasi mablag‘lari asosini tashkil etishi va qat’iy maqsadga – 
pensiya sug‘urtasida ishtirok etgan shaxslarning pensiya to‘loviga yo‘naltirilgan 
bo‘lishi hamda Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar bo‘yicha 
ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi javobgarlik aniq taqsimlanishi lozim. 
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta 
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ustuvor yo‘nalishlardan biri 
ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, aholining majburiy ijtimoiy 
kafolatlarini ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining 
ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek keksalarni va imkoniyati cheklangan 
shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga oladi. 
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq hisoblanadi: 
a) pensiya ta’minotining normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish 
sohasida: 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin