–
to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’siretuvchi me’yorlarga ega bo‘lgan, zamonaviy
texnologiyalardan foydalangan holda pensiyalarni hisoblashning sodda va shaffof
mexanizmlarini hamda rag‘batlantiruvchi xarakterdagi aniq, shu jumladan
jamg‘arib boriladigan mexanizmlarni joriy etish, asossiz imtiyozlar, qo‘shimchalar
va ustamalar berish amaliyotidan voz kechilgan normalarni nazarda tutgan
O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi Qonunining yangi tahririni ishlab chiqish va tasdiqlash;
b) pensiya ta’minoti tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etish sohasida:
–
pensiya
ta’minoti
sohasiga
zamonaviy
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini
faol
tatbiq
etish,
“Pensiya”
dasturiy
majmuini
modernizatsiyalash, navbatni yuzaga keltiradigan, buning natijasida korruptsiya va
qog‘ozbozlik holatlarini keltirib chiqaradigan qog‘oz hujjat aylanishini bartaraf
etish. Pensiyalarni hisoblashda asos sifatida 2015-yildan tashkil etilgan
fuqarolarning Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazib borilgan sug‘urta badallarining
markazlashtirilgan Reestri ma’lumotlarini inobatga olishni joriy etish;
398
c) pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolat va samaradorligini oshirish
sohasida:
−
barcha ishlovchi pensionerlarga pensiyalarini to‘liq miqdorda olish
huquqini berish;
−
qariyalar va nogironlar internat uylarida (pansionatlarida) yashovchi
yolg‘iz pensionerlarga to‘lanadigan pensiya miqdorini oshirish;
−
III guruh nogironligi bor shaxslarga qat’iy belgilangan miqdorlarda
nafaqalarni joriy etish;
d) rag‘batlantiruvchi mexanizmlarni joriy etish, pensiya miqdori va
xodimning mehnat xissasi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni oshirish sohasida:
−
fuqarolarning 35 yildan ortiqcha ish stajining har bir to‘liq yili uchun
pensiyalarning tayanch miqdorini hisoblab chiqarilgan o‘rtacha ish haqining 2 foizi
miqdoriga oshirishni nazarda tutish;
−
54 yoshdan pensiyaga chiqish huquqiga ega bo‘lgan, biroq pensiyani
umumiy belgilangan yoshdan kechroq rasmiylashtirgan ayollarning pensiyalariga
ustamalar belgilash;
−
pensiya hisoblab chiqarish uchun hisobga olinadigan o‘rtacha ish haqini
pensiya tayinlanish kunidagi belgilangan eng kam ish haqining 8 barobaridan 12
barobarigacha oshirish (ushbu yo‘nalish fuqarolarning mehnat faoliyatining
davomiyligini va yuqoriroq miqdorda ish haqi oluvchilarni rag‘batlantirishga
qaratilgan. Bunday mexanizmlar Yevropa davlatlari, AQSh, Belorus, Ukraina,
Moldova va boshqa bir qator davlatlar qonunchiligida nazarda tutilgan);
d)
ijtimoiy
sug‘urta
tizimida
fuqarolarning
ixtiyoriy
ishtirokini
rag‘batlantirish choralarini qo‘llash sohasida:
−
pensiya yoshiga yetgan, ammo zarur ish stajiga ega bo‘lmagan
fuqarolarga, davlat pensiyalarini hisoblashda yetishmayotgan stajning xar bir oyi
uchun Pensiya jamg‘armasiga bir martalik sug‘urta badallarini to‘lash huquqini
taklif etish (01.01.2019 yil holatiga yangi tayinlangan pensiyalarning 55 foiz
ulushini to‘liqsiz ish staji bilan tayinlangan pensiyalar tashkil etadi);
399
−
ishlovchi er(xotin)ning mehnatga haq to‘lash ko‘rinishidagi daromadlari
hisobidan ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun ixtiyoriy ravishda Pensiya
jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash huquqini taklif etish. Er(xotin)
ishlamayotgan turmush o‘rtog‘i uchun Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy sug‘urta
badallari to‘lash tizimi dunyoning ko‘plab davlatlarida mavjud. Misol uchun,
Yaponiyada bu tizim majburiy xarakterga ega, bunday tizim Shvetsiya va Buyuk
Britaniyada ham mavjud.
e) avlodlarning moliyaviy ishtiroki ekvivalentligini ta’minlash sohasida:
−
yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab etiladigan minimal staj
davomiyligini (7 yil) oshirish (“Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari
to‘g‘risida”gi 102-sonli Konventsiyasida yoshga doir pensiya tayinlash uchun talab
etilgan eng kam staj 15 yil qilib belgilangan. Dunyoning ko‘plab davlatlari,
jumladan MDH davlatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10 – 15 yilga
etkazilgan);
−
pensiya yoshini bosqichma-bosqich oshirib, dunyo bo‘yicha belgilangan
o‘rtacha pensiya yoshiga etkazish.
Demografik bashoratlarga ko‘ra, 2018-2025-yillarda pensiya yoshidagi
aholining ulushi (1,2 million kishiga) oshishi kutilmoqda. Bu esa, o‘z navbatida,
Pensiya jamg‘armasi xarajatlarining mutanosib ravishda oshishiga olib keladi.
Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining asosiy ko‘rsatkichlaridan biri pensiya
yoshi hisoblanadi. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, dunyoda o‘rtacha pensiya yoshi
erkaklar va ayollar uchun 62 yosh bo‘lsa, O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 57,5
yoshni tashkil etadi (ayollar uchun 55 yosh, erkaklar uchun 60 yosh).
Fuqarolarning ijtimoiy sug‘urta tizimida uzluksiz va uzoq muddatli
ishtirokini rag‘batlantirish mexanizmi murakkab va shaffof bo‘lmasdan qolmoqda.
Mehnatga layoqatli aholi 60 foiz (qariyb 17 million kishi)ni tashkil etsa, taxminan
10,2 million kishi davlat ijtimoiy sug‘urtasi bilan qamrab olinmagan. Ya’ni, ular
byudjetdan tashqari Ppensiya jamg‘armasiga ijtimoiy ajratmalarni amalga
oshirmayapti.
400
Xalqaro mehnat tashkiloti talablariga muvofiq, fuqarolarning pensiya
ta’minoti tizimi barqaror rivojlanishi uchun badal to‘lovchilar sonining pensiya
oluvchilarga o‘zaro nisbati 1:4 darajada bo‘lishi kerak. Biroq bugungi kunda
O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich o‘rtacha 1:1,5 ga teng.
Ta’kidlash joizki, pensionerlar sonining ishlovchi aholiga nisbati 2009-
yildagi 61 foizdan 2017-yilda 66 foizga o‘sgan.
Pensiya jamg‘armasi mablag‘larining sezilarli qismi imtiyozli pensiyalarni
moliyalashtirishga sarflanadi. Imtiyozli shartlarda tayinlangan pensiyalar ulushi
592,4 ming kishini yoki jami tayinlangan pensiyalarning 19,5 foizini tashkil etib,
shundan yoshga doir pensiyalar 23,7 foizni tashkil etadi. Yiliga o‘rta hisobda 39,8
mingta imtiyozli pensiya tayinlanmoqda.
Shuningdek, pensiya miqdori va mehnat davomiyligi ulushi o‘rtasidagi
o‘zaro bog‘liqlik ham sezilarsiz. Amaldagi pensiya ta’minoti tizimi 7 yildan kam
bo‘lmagan stajga ega bo‘lgan shaxslarga pensiya tayinlanishini nazarda tutadi.
Ushbu huquq faqatgina 7 yil ishlab, o‘zining butun mehnatga layoqatlilik davri
uchun Pensiya jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirishda eng kam hissa qo‘shgan
shaxslarga pensiya olish imkonini beradi.
Xalqaro mehnat tashkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal me’yorlari
to‘g‘risida”gi konvensiyasida yoshga doir pensiyani tayinlash uchun talab
etiladigan eng kam ish staji 15 yil qilib belgilangan. Ko‘plab davlatlar, shu
jumladan, MDH mamlakatlarida talab etilgan eng kam ish staji 10-15 yil darajasiga
yetkazilgan.
Ish stajiga nisbatan 7 yil davomiylikdagi minimal talab mavjudligi
fuqarolarning davlat ijtimoiy sug‘urtasidagi ishtirokiga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda.
Masalan, hozir 30 yil ish stajiga (talab etilgan – 25 yil) ega bo‘lgan erkak kishining
pensiya miqdori bilan 10 yillik ish stajiga ega bo‘lgan (minimal talab etilgan – 7
yil) erkak kishining pensiya miqdori o‘rtasidagi farq taxminan 200 ming so‘mni
tashkil etadi.
401
Ishlovchilarning ijtimoiy sug‘urtadagi uzoq muddat va uzluksiz ishtirokini
rag‘batlantirishdagi zaif mexanizmlar ularni sug‘urta badallarini to‘lamaslikning
yangi usullarini qidirishga majbur etadi.
Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning bosh maqsadi
pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini ta’minlab berishdan
iborat. Ushbu maqsadga erishish uchun: pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-
me’yoriy asoslarini takomillashtirish, yangi tahrirdagi “Pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish; ilg‘or xorij tajribalari asosida
“Nodavlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonunni ishlab chiqish va qabul qilish,
xususiy pensiya fondlarining barqaror rivojlanishini ta’minlovchi, ular faoliyatini
tartibga solishning samarali tizimini yaratish maqsadga muvofiq.
2018-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini
rivojlantirishning Davlat dasturi ishlab chiqilishi zarur. Dasturning tarkibiy
qismlari quyidagilardan iborat bo‘lishi maqsadga muvofiq:
1. Pensiya ta’minoti tizimining joriy holati va omillari (ijtimoiy, iqtisodiy,
huquqiy va demografik).
2. Pensiya ta’minoti tizimini yanada rivojlantirishning maqsadi va
yo‘nalishlari (pensionerga munosib turmush farovonligi va hayot darajasini
ta’minlab berishi nuqtai nazaridan).
3. Pensiya ta’minoti tizimining huquqiy-me’yoriy bazasini takomillashtirish
(1993 yil 3 sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti
to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil
8-sentyabrdagi qarori asosida tasdiqlangan “Davlat pensiyalarini tayinlash va
to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritish, ularni yangi
tahrirda qabul qilish).
4. Nodavlat pensiya ta’minoti tizimini tashkil etish va ular faoliyatini
tartibga solishning samarali tizimini yaratish.
5. Ijtimoiy sug‘urta tizimida ishtirok etishning rag‘batlantiruvchi omillari.
6. Pensiya ta’minoti tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy qilishni faollashtirish.
402
7. Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimini yanada risojlantirish.
Har bir bo‘limda Davlat dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari, shakllari,
bajarish muddatlari va mas’ul bajaruvchilar belgilab olinishi kerak.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida harbiy xizmatchilarning pensiya
ta’minoti 1990-yilda tasdiqlangan “О государственном пенсионном
обеспечении военнослужащих” nomli qonun asosida tartibga solinadi. Bu qonun
sobiq Ittifoq davrida qabul qilinib O‘zbekiston mustaqilligi davrida ham amalda
bo‘lgan qonunlar qatoriga kiradi. Lekin ushbu qonunning bir qator me’yorlari
bugungi kun talablariga javob bermaydi. Harbiy xizmatchilarga pensiya hisoblash,
tayinlash va to‘lash, ularga ustamalar belgilash, imtiyozlar berish, harbiy
xizmatchilarning oila a’zolarini ijtimoiy ta’minlash bilan bog‘liq munosabatlarni
tartibga soluvchi yagona huquqiy hujjatning mavjud bo‘lmaganligini inobatga olib,
“Harbiy hizmatchilarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi yangi Qonunni
ishlab chiqish maqsadga muvofiq.
Respublikamizning bank-moliya tizimida, iqtisodiyotning real sektorida,
sanoatning birmuncha rivojlangan tarmoqlarida, masalan, og‘ir sanoat, neft-gaz,
energetika,
oziq-ovqat,
engil
sanoat
sohalarida
ko‘plab
aktsiyadorlik
kompaniyalarining
mavjudligi
va
ularning
muvaffaqiyatli
faoliyat
ko‘rsatayotganligini hisobga olib hamda xorij tajribalarini chuqur o‘rgangan holda,
“Korporativ pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun ishlab chiqish va amaliyotga
joriy qilish, shu asosda mamlakatimizda davlat tomonidan kafolatlangan pensiya
ta’minotiga muqobil bo‘lgan korporativ pensiya ta’minotini yo‘lga qo‘yish
maqsadga muvofiq, bu esa fuqarolarning ijtimoiy ta’minotini yanada yaxshilash
imkonini beradi. ‘
Respublikamizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida
xalq farovonligi, milliy iqtisodiyotning barqarorligi va vatan ravnaqini ta’minlash
kabi maqsadlar jamlangan. Shuningdek, davlat pensiya ta’minoti tizimini ham
isloh qilish muhim masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. To‘g‘ri, oddiy fuqaro
sifatida ko‘pchilik aholi pensiya miqdorining oshirilishidan manfaatdor, lekin
byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining bu miqdorni oshirish uchun
403
yetarlicha mablag‘i bormikan, degan savolga avvalo javob topishimiz kerak.
Fikrimizcha, mamlakatimizda samarali bandlikni tashkil etsak, shunda o‘z-o‘zidan
sug‘urta badallarini to‘lovchilar soni ham ma’lum miqdorda oshgan bo‘lardi. Bu
esa albatta byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining daromadlarining
oshishiga olib kelardi.
Mutaxassislarning fikricha, uzoq umr ko‘radigan odamlarning ortib borishi
kafolatli pensiya ta’minotini yaratish, tibbiy va ijtimoiy xizmatlar sifatini yanada
yaxshilash bo‘yicha davlatlar zimmasiga katta mas’uliyat yuklamoqda.
Umuman olganda, aholini ijtimoiy himoya qilishga bag‘ishlangan
tadqiqotlarda surunkali kasalliklar, tabiiy va texnogen ofatlarning ko‘payishi,
kambag‘allik kabi turli omillar ta’sirida so‘nggi yillarda yer yuzida ijtimoiy
muhofazaga muhtoj kishilar soni sezilarli darajada o‘sib borayotgani, bunday
kishilarning qonuniy huquqlarini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar
ko‘rilmayotgani qayd etilmoqda.
Xalqaro ekspertlar dunyoning ayrim davlatlarida yaqqol sezilib qolayotgan
bu holat ijtimoiy barqarorlikka, jamiyatdagi umuminsoniy munosabatlarga,
taraqqiyot
muvozanatiga
putur
etkazayotganligini
tobora
ko‘proq
ta’kidlamoqdalar. Munosib hayot kechirish, ilm olish, davolanish kabi insonning
eng oliy huquqlari kafolati xavf ostida qolayotir. Shuning uchun ham jahon
mamlakatlarida ijtimoiy himoya bilan bog‘liq fakt va raqamlar tahlil qilinib, bu
boradagi kafolatlarni, qonunchilikni mustahkamlab borishga doimiy e’tibor
qaratilmoqda.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg‘armasining
tashabbusi,
O‘zbekiston
Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish
vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasi-
ning tashkiliy hamda moliyaviy ko‘magi, shuningdek “Mobil Tel Inform”
MCHJning tashkiliy-texnik ko‘magi asosida 2017-yil 1-fevraldan Pensiya
jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga “SMS-Pensiya”
interaktiv xizmati taqdim etila boshlandi.
404
Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalarning o‘z vaqtida va to‘liq
to‘lanishida qonunchilik normalariga amal qilinishi O‘zbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi tomonidan qat’iy nazoratga olingan. Shuningdek, pensiya va
nafaqalarni tayinlash va to‘lovlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan
nazoratni kuchaytirish maqsadida (1140 qisqa raqamli) “ishonch telefonii” joriy
qilingan.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan 2017-2021
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakat strategiyasining asosini ham, avvalambor, inson manfaatlarini
ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar tashkil qiladi. Harakatlar strategiyasida “Ijtimoiy
sohani rivojlantirish” deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish ko‘zda tutilgan bo‘lib,
“fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va ularning salomatligini saqlash, aholining
muhtoj qatlamlariga ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam sifatini oshirish”
184
chora-
tadbirlarini amalga oshirishni nazarda tutadi.
Harakatlar strategiyasidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida ish haqi, pensiya-
larni bosqichma-bosqich ko‘tarish rejalashtirilmoqda, 2017-yilda ularning
miqdorini kamida 10 foizga oshirish, 2018-yilda ham shu tendensiyani saqlab
qolish ko‘zda tutilgan.
Yoshi ulug‘ insonlarni e’zozlash, izzat-ikrom ko‘rsatish xalqimizga xos
yuksak fazilatlardan biridir. Bu ezgu an’ana mustaqillik tufayli yangicha ma’no-
mazmun bilan boyidi. Prezidentimiz SH. Mirziyoyev rahnamoligida hayotga tatbiq
qilinayotgan qator qonunlar, dasturlar va boshqa huquqiy hujjatlar asosida
nuroniylarga munosib turmush sharoitini yaratish, ijtimoiy va pensiya ta’minoti
hamda tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish sa’y-harakatlari keng
ko‘lam kasb etmoqda. Bu esa keksalarga ma’naviy-ruhiy madad bo‘lib, ular
qalbidagi shukronalik va minnatdorlik tuyg‘ularini kuchaytirayotir.
Dostları ilə paylaş: |