Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə171/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

 
182
 
Mansurov M.A. Davlat moliya tizimini rivojlantirishning amaliy jihatlari // Iqtisodiyot va ta’lim. – T.: 2014. №4. 
– B. 100-104. (08.00.00; №11)
 
183
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 29-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasining 
soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi PF-5468-son Farmoni. Qonun 
hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.06.2018 y., 06/18/5468/1420-son
 


385 
uchinchidan,
soliq to‘lovchilar tomonidan xodimlarning real sonini va 
mehnatga haq to‘lash fondini yashirishga olib keluvchi mehnatga haq to‘lash fondi 
soliq stavkalarining yuqoriligi; 
to‘rtinchidan,
imtiyozlarning samaradorligini monitoring va nazorat qilish 
bo‘yicha ta’sirchan tizimning mavjud emasligi sababli sog‘lom raqobatni 
ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, xo‘jalik yurituvchi subyektlarni soliq va 
bojxona, shu jumladan individual xususiyatga ega bo‘lgan imtiyozlar hisobiga 
qo‘llab-quvvatlash amaliyotining keng tarqalganligi; 
beshinchidan,
davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasida axborot almashish 
mexanizmlarining, elektron soliq ma’muriyatchiligi hamda soliq nazoratini amalga 
oshirish shakl va uslublarining takomillashmaganligi; 
oltinchidan,
o‘tkaziladigan nazorat tadbirlarining sifatiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatuvchi va insofli tadbirkorlik subyektlarining faoliyatiga aralashishlarni 
kamaytirishga to‘sqinlik qiluvchi nazorat faoliyatini amalga oshirishda xavf-
xatarlarni tahlil qilish va boshqarishning aniq tizimi yo‘qligi; 
yettinchidan,
mahalliy 
soliq 
va 
yig‘imlarning 
ma’muriyatchiligi 
mexanizmlarining samarasizligi oqibatida ularning yig‘iluvchanlik darajasi etarli 
emasligi, shuningdek, ko‘chmas mulk va er uchastkalarini to‘liq hisobga olish va 
qiymatini obyektiv aniqlashning mavjud emasligi. 
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatidagi tizimli muammolarni 
bartaraf etish, 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning 
beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan soliq 
yukini 
kamaytirish 
va 
soliq 
solish 
tizimini 
soddalashtirish, 
soliq 
ma’muriyatchiligini takomillashtirish vazifalarini amalga oshirish maqsadida, 
shuningdek, keng jamoatchilik muhokamasi natijalari hamda Xalqaro valyuta 
jamg‘armasi, Jahon banki va xalqaro ekspertlarning tavsiyalaridan kelib chiqib 
O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasining 
asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: 

iqtisodiyotga soliq yukining darajasini kamaytirish, shuningdek, soliq 
solishning soddalashtirilgan va umumbelgilangan tizimi bo‘yicha soliqlarni 


386 
to‘laydigan xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasidagi soliq yuki darajasidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish; 

soliqlarni unifikatsiya qilish orqali ularning sonini optimallashtirish, 
shuningdek, o‘xshash soliq solish bazasiga ega bo‘lgan soliqlarni birlashtirish, 
soliq hisobotlarini qisqartirish va soddalashtirish, operatsion xarajatlarni 
minimallashtirish; 

makroiqtisodiy vaziyatning barqarorligini, O‘zbekiston Respublikasi 
Davlat byudjeti va uning daromadlarini shakllantirishning mustahkamligini 
ta’minlash; 

soliq qonunchiligini soddalashtirish, soliq munosabatlari sohasida 
normativ-huquqiy hujjatlardagi qarama-qarshiliklar va ziddiyatlarni bartaraf etish, 
insofli soliq to‘lovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlari himoyasini 
kuchaytirish; 

soliq solish masalalarini tartibga soladigan havolaki normalar va qonun 
osti hujjatlarini maksimal darajada cheklagan holda, soliq qonunchiligining 
barqarorligini hamda O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi normalarining 
to‘g‘ridan-to‘g‘ri amal qilishini ta’minlash, shu jumladan kodeksda soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar stavkalarining miqdorlarini belgilash; 

xorijiy investorlar va investitsiyalar uchun qulay rejimni saqlab qolish, 
ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ishonchli huquqiy himoyalash; 

soliq nazoratining shakl va mexanizmlarini, shu jumladan soliq solish 
obyektlari hamda soliq to‘lovchilarni yanada to‘liq qamrab olish va hisobini 
ta’minlaydigan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy 
etish hisobiga takomillashtirish, transfer narxlarni shakllantirish bilan bog‘liq 
operatsiyalarga soliq solish tartibini joriy etish. 
O‘zbekistonRespublikasiningsoliqsiyosatinitakomillashtirishkonsepsiyasidoi
rasida 2019-yil 1-yanvardanboshlab: 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin