“Saxovat” keksalar va nogironlar uchun internat uylari
O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashaydigan, O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga
muvofiq ularni parvarish qilishi shart bo‘lgan qarindoshlari yoki boshqa shaxslar
bo‘lmagan yolg‘iz keksalar hamda 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari
(vasiylikka olinuvchilar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
“Muruvvat” nogironlar uchun internat uylari
O‘zbekiston Respublikasida
doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor
bo‘lgan, 18 yoshidan boshlab I va II guruhlar nogironlari (vasiylikka olinuvchilar)
uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasalari hisoblanadi.
“Muruvvat” nogiron bolalar uchun internat uylari
O‘zbekiston Respub-
likasida doimiy yashaydigan, ruhiyatida sezilarli yoki ancha sezilarli nuqsonlar bor
bo‘lgan, 4 yoshdan 18 yoshgacha nogiron bolalar uchun davlat tibbiy-ijtimoiy
muassasalari hisoblanadi.
Keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar
keksalar va nogironlar, urush va mehnat faxriylarini (dam oluvchilar) sog‘lomlash-
tirish va ularning dam olishi uchun mo‘ljallangan davlat davolash-profilaktika
muassasalari hisoblanadi.
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati
O‘zbekiston
Respublikasida doimiy yashaydigan I va II guruh nogironlari hisoblangan hamda
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksiga muvofiq ularni ta’minlashga majbur
bo‘lgan qarindoshlar yoki boshqa shaxslarga ega bo‘lmagan yolg‘iz urush va
368
mehnat faxriylari (vasiylikka olinganlar) uchun davlat tibbiy-ijtimoiy muassasasi
hisoblanadi.
Yuqorida sanab o‘tilgan barcha turdagi ijtimoiy muassasalar faoliyati davlat
byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya
ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan belgilangan
tartibda tegishli moliya organlarida tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajat-
lar smetasi asosida moliyalashtiriladi. Byudjet va byudjetdan tashqari mablag‘larni
sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.Muassasalarning shtatlar
jadvallari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Mehnat
va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy
shtatlarga muvofiq tasdiqlanadi.
Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ijtimoiy ta’minot xarajatlari tarki-
biga yuqorida ko‘rib o‘tilgan xarajatlar va muassasalar bilan birgalikda, o‘zgalar
parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda xizmat ko‘rsatish xarajatlari ham
kiradi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda xizmat ko‘rsatish
“Yolg‘iz qariyalar va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‘rsatish xizmati” tomonidan tashkil qilinadi. Ushbu xizmat tuman va shahar
Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tarkibiy
tuzilmasi hisoblanadi va yolg‘iz fuqarolarga xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim-
lardan tashkil topadi.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan
iborat:
-
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va sog‘liqni saqlash
muassasalari bilan birgalikda uyida o‘zgalar parvarishiga muhtoj, yolg‘iz fuqaro-
larni aniqlash va hisobini yuritish;
-
yolg‘iz fuqarolarga homiylik yordamlarini ko‘rsatish maqsadida ularning
ilgari ishlagan mehnat jamoalari, jamoat birlashmalari va fuqarolarning o‘zini o‘zi
boshqarish organlari bilan aloqalarini olib borish;
-
yolg‘iz fuqarolarni internat-uylariga joylashtirish uchun ko‘maklashish.
369
Tuman yoki shahar bo‘yicha uyda ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatida
qayd etilgan yolg‘iz fuqarolarga ushbu bo‘linmaning ijtimoiy xodimlari tomonidan
bevosita quyidagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi:
-
zarur oziq-ovqat, sanoat mahsulotlari va dori-darmonlarni uyga yetkazib
berish;
-
uy-joy ashyolari va kiyim-kechaklarni yuvish, kimyoviy tozalashga
topshirish, ta’mirlash va ularni yetkazib berish;
-
zarur tibbiy yordam ko‘rsatish ishlarida, uy-joyni tozalashda, xonadon
ichidagi santexnik jihozlarni ta’mirlashda ko‘maklashish;
-
qarindosh va do‘stlar bilan yozishmalar olib borish bilan bog‘liq iltimoslar
va boshqa turdagi bir martalik topshiriqlarni bajarish.
Tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish va aholini ijtimoiy muhofaza
qilish markazlari o‘zlarida ro‘yxatda turuvchi yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy
xizmat ko‘rsatish ishlari bo‘yicha har haftalik monitoring olib boradi va ijtimoiy
xodimlarning xizmat ko‘rsatish faoliyatiga baho beradi. Shuningdek, Markazlar
yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha har chorak yakunida
tegishliligiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy
muhofaza qilish vazirligiga, viloyatlar va Toshkent shahar Mehnat va aholini
ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga, ular esa o‘z navbatida O‘zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga ma’lumot
taqdim etib boradi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga uyda ijtimoiy yordam
ko‘rsatish haqidagi Nizom
180
bilan Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati tomonidan
xizmat ko‘rsatiladigan yolg‘iz fuqarolar toifalari belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra,
yolg‘iz fuqarolarning quyidagi toifalari uyda xizmat ko‘rsatish uchun qabul
qilinadi:
-
sog‘lig‘iga ko‘ra o‘zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari (jumladan
farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari bilan birga yashamaydigan
180
O‘zbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2011 yil 1 iyuldagi 38-B-son
buyrug‘iga ilova
370
pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh va undan
yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh nogironi bo‘lgan
er-xotinlar;
-
o‘zgalar parvarishiga muhtoj, voyaga etmagan yoxud I va IIguruh nogiron
farzandlari bilan birga yashaydigan pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan
yuqori, ayollar 55 yosh va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa
yoki I va IIguruh nogironi bo‘lgan er-xotinlar;
-
o‘zgalar parvarishiga muhtoj, farzandlari jazo muddatini o‘tayotgan yoki
uzoq muddatli davolanishda bo‘lgan (ruhiy, sil va boshqa kasalliklar) davri
mobaynida pensiya yoshidagi (erkaklar 60 yosh va undan yuqori, ayollar 55 yosh
va undan yuqori) shaxslar, I va IIguruh nogironlari, keksa yoki I va IIguruh
nogironi bo‘lgan er-xotinlar;
-
farzandlari (jumladan farzandlikka olingan bolalar) va yaqin qarindoshlari
hamda homiylari yoki vasiylari bo‘lmagan va qonunchilikka asosan bepul eng
zarur mollarni olish imtiyozidan foydalanayotgan o‘zgalar parvarishiga muhtoj
yolg‘iz pensionerlar.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlari hamda ularga tenglashti-
rilgan shaxslar, halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning oila a’zolari, front ortida
xizmat qilgan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga birinchi navbatda qabul
qilinadi.
Yuqumli hamda ruhiy kasalliklarga chalingan shaxslar uyda ijtimoiy xizmat
ko‘rsatish uchun qabul qilinmaydi.
Yolg‘iz fuqarolarning shaxsiy ro‘yxatlari tuman (shahar) Bandlikka ko‘mak-
lashish va aholini ijtimoiy muhofaza qilish markazlari tomonidan fuqarolarning
o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ishtirokida aniqlanib, ro‘yxatga olinadi va tuman
(shahar) hokimlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati ijtimoiy xodimlari lavozimi ushbu
bo‘linmaning shtat jadvalida:
-
qishloq joylarida - 6-8 nafar yolg‘iz fuqaroga 1 ta lavozim;
371
-
shahar joylarida - 8-10 nafar yolg‘iz fuqaroga 1 ta lavozim hisobida
belgilanadi.
Ijtimoiy xodimlarning shtatdagi soni ushbu me’yorlarga muvofiq
tuman(shahar)da ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmati tomonidan ro‘yxatga olingan
va xizmat ko‘rsatiladigan yolg‘iz fuqarolar sonidan kelib chiqqan holda
belgilanadi.
Ijtimoiy xodimlar maxsus xo‘jalik sumkalari (bir yilga bitta sumka), xalat
(bir yilga bitta xalat) hamda xonalarni tozalash uchun inventar bilan ta’minlanadi.
Ijtimoiy xodimlarning lavozim-maoshlari ijtimoiy ta’minot xodimlari uchun
o‘rnatilgan tartibda tasdiqlangan mehnatga haq to‘lash tarif setkasiga muvofiq bel-
gilanadi.Ijtimoiy xodimlarga yo‘l haqi uchun kompensatsiya to‘lovlari qonunchi-
likda belgilangan miqdorlarda joriy qilinadi.
Ijtimoiy yordam ko‘rsatish xizmatining ta’minot xarajatlari o‘rnatilgan
tartibda tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan ijtimoiy ta’minotga ajratilgan mablag‘-
lar doirasida amalga oshiriladi.Smeta xarajatlarida ijtimoiy yordam ko‘rsatish
xizmati faoliyatini amalga oshirish uchun ish haqi va unga tenglashtirilgan
to‘lovlar, kantselyariya jihozlari va boshqa inventarlarga bo‘lgan ish beruvchilar-
ning ajratmalari hamda o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar uchun
qonunchilikda belgilangan tartibda va miqdorlarda eng zarur mollarni xarid qilish
bilan bog‘liq xarajatlar ko‘zda tutiladi.
Dostları ilə paylaş: |