405
O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 13-martdagi “Pensiya va nafaqalarni
to‘lash mexanizmini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
2826-son
qaroriga muvofiq, endilikda Xalq banki butun respublika bo‘yicha
pensiya va nafaqalarni to‘lash bo‘yicha yagona vakolatli bankka aylandi.
2017-yil iyulgacha pensiya,
ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiya va boshqa
to‘lovlarni naqd pulda to‘lash ‘O‘zbekiston pochtasi’
Aksiyadorlik jamiyatidan
Xalq banki bo‘limlariga o‘tkazildi.
Hududiy ijroiya organlari bankni pensiya va nafaqalarni naqd pullarda
beruvchi maxsus kassalarning ishini tashkillashtirish uchun fuqarolar yig‘ini
binolarida va pensionerlar tomonidan pensiyalarni olish uchun qulay bo‘lgan
boshqa ma’muriy binolarda alohida xonalar bilan bepul asosda ta’minlashlari
belgilab qo‘yildi. Pensiya yoki nafaqani olish uchun
maxsus kassalarga mustaqil
bora olmaydiganlarga pensiyalar ularning yashash joylari bo‘yicha Xalq banki
tomondan etkazila boshladi.
Markaziy bank esa pensiya va nafaqalar har oyning 27-sanasigacha to‘lab
bo‘linishini hisobga olgan holda
Xalq banki arizalariga muvofiq, pensiya va
nafaqalarni uzluksiz berishi uchun uni zarur bo‘lgan naqd pul bilan ta’minlaydi.
Xalq banki buni amalga oshirish uchun kassirlar va
nazoratchilar sonini oshiradi,
markaziy apparat va filiallarni zaruriy sondagi mutaxassislar bilan butlaydi hamda
kerakli jihozlar va kompyuter texnikasini xarid qiladi. Naqd pullarni maxsus
kassalargacha yetkazish uchun 590 ta inkassatorlik “Damas”
avtomobillari xarid
qilinadi. Markaziy bank ko‘magida Xalq bankida o‘z inkassatsiya xizmati tashkil
etiladi.
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg‘armasi va Xalq banki mablag‘
oluvchilarni SMS-xabardor qilish texnologiyasini joriy qilish bilan onlayn rejimda
aholiga pensiya va nafaqalarni berish va uni nazorat
qilishni avtomatlashtirish
maqsadida tegishli ma’lumotlar bazalarining integratsiyasini ta’minlaydi.