Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Davlat sog‘liqni saqlash tizimi
– davlat mulki bo‘lgan va davlat sog‘liqni 
saqlash tizimining boshqaruv organlariga bo‘ysunuvchi davolash-profilaktika va 
ilmiy-tadqiqot muassa-salari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari tayyorlaydigan 
hamda ularni qayta tayyorgarlikdan o‘tkazadigan o‘quv yurtlari, farmatsevtika 
korxonalari va tashkilotlari, sanitariya-profilaktika muassasalari, sud-tibbiy 
ekspertiza muassasalari, dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ishlab 
chiqaradigan korxonalar hamda asosiy faoliyati fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash bilan 
bog‘liq boshqa korxona, muassasa va tashkilotlar; 
Davlat xaridlari 
– byudjet tizimi byudjetlarining mablag‘lari hisobidan 
amalga oshiriladigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) xaridlari; 
Defitsitning hajmi
– byudjet defitsitining milliy valyutada absolyut 
summada, YAIM hajmiga nisbatan foizda, byudjet daromadlari va xarajatlariga 
nisbatan foizlarda aniqlanadigan kattalik; 
Direktor jamg‘armasi
– umumta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari va 
akademik litseylarning o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini rag‘batlantirish maqsadida 
davlat byudjeti hisobidan tuziladigan jamg‘arma; 
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi
– posyolka, qishloq va ovul, 
shuningdek shaharlarning mahallalari fuqarolar yig‘ini; 
G‘aznachilik memorial orderi
– mablag‘larni bir shaxsiy g‘azna 
hisobvarag‘idan boshqa shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish uchun 
foydalaniladigan to‘lov hujjati;
G‘aznachilik organlari – yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, Moliya 
vazirligi tarkibidagi davlat organi; 


414 
G‘aznachilikning axborot tizimi – byudjet operatsiyalari bo‘yicha 
kodlashtirilgan va tasniflangan ma’lumotlar avtomatik ravishda yuklanadigan 
davlat mablag‘larini boshqarishning axborot tizimi; 

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin