Internet resurs manbalaridagi ma’lumotlarda,
masalan jamoat ensiklope-
diyasida “ijtimoiy ta’minot – keksaygan, mehnatga layoqatsiz bo‘lgan va boquv-
chisini yo‘qotgan fuqarolarga moddiy, tibbiy va ijtimoiy yordam ko‘rsatish
bo‘yicha davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar tizimi bo‘lib,
ijtimoiy himoyaning muhim tarmog‘i hisoblanadi”
176
, deb ta’riflangan.
Ijtimoiy ta’minot tushunchasining talqiniga bo‘lgan qarashlarni inobatga
olgan holda, uning u yoki bu yordam turini ijtimoiy ta’minotga tegishli ekanligini
belgilab beruvchi asosiy zamonaviy mezonlarini (belgilarini) aniqlab olish lozim.
Fikrimizcha, bunday belgilarga quyidagilarni kiritish mumkin:
1)
moliyalashtirish manbalari:
barcha olimlar va tadqiqotchilarning fikriga
qo‘shilgan holda, ijtimoiy ta’minot davlat tomonidan shakllantiriladigan maxsus
jamg‘armalar hisobidan amalga oshirilishi lozim. Haqiqatan ham, bugungi kunda
O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy ta’minotni mablag‘ bilan ta’minlash quyidagi
manbalar hisobidan amalga oshirilmoqda: byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘ar-
masi, Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi, davlat byudjeti (respublika
byudjeti va mahalliy byudjetlar), kasaba uyushmalarining mablag‘lari (Kasaba
uyushmalari federatsiyasi kengashining ijtimoiy sug‘urta byudjeti).
2) ijtimoiy ta’minot bilan qamrab olingan fuqarolar guruhlari:
huquqiy
jihatdan “har kim qariganda, mehnat layoqatini yo‘qotganda, shuningdek,
boquvchisidan mahrum bo‘lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda
ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega”
177
. Fuqarolarning bu huquqlari davlatimiz
Konstitutsiyasi bilan mustahkamlab qo‘yilgan. Konstitutsiyamizning ushbu
huquqlarni belgilab bergan 39-moddasi mazmunidan ham ko‘rinib turibdiki,
ijtimoiy ta’minot fuqarolarning alohida toifalari– qariyalar, nogironlar, bolalikdan
nogironlar, boquvchisini yo‘qotgan fuqarolar, vaqtinchalik mehnat qobiliyatini
yo‘qotgan fuqarolar, homilador ayollar, vaqtincha ishsiz maqomi berilgan
fuqarolar, ijtimoiy yordamga muhtoj yolg‘iz fuqarolarga qaratiladi.
176
Manba: https://uz.wikipedia.org/
177
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, 39-modda.
356
Ijtimoiy ta’minotning mazmunini shakllantirishda yana shuni ham inobatga
olish kerakki, ijtimoiy ta’minot rivojlanishning u yoki bu bosqichidagi davlatning
ijtimoiy siyosati yo‘nalishlarini aks ettiradi. Ijtimoiy siyosatdagi ustuvorliklarning
o‘zgarishi ijtimoiy ta’minotning ham usul va shakllari o‘zgarishiga olib keladi.
Xususan, taraqqiyotning ma’lum davrlarida (70-80-yillarda) ijtimoiy siyosat aholi-
ning son jihatdan ko‘payishini rag‘batlantirishga qaratilgan edi, shu sababli bu
davrda ijtimoiy ta’minot orqali ko‘p bolali onalarga nafaqalar joriy etilgan.
Mustaqillik davrida esa bu boradagi ijtimoiy siyosat onalik va bolalikni muhofaza
qilish, tug‘ish yoshidagi ayollarni sog‘lomlashtirish, “sog‘lom ona – sog‘lom bola”
tamoyilini mustahkamlash, barkamol avlodni tarbiyalash va fuqarolarga munosib
yashash va ishlash sharoitlarini yaratishga qaratilgan. Ijtimoiy ta’minotning shakl
va usullari ham shu maqsadga bo‘ysundirilgan. Bu maqsadlar yo‘lida insonlarning
mehnati va sog‘lig‘i muhofaza qilinadi, oilalar, onalar va bolalar, nogironlar va
keksa yoshdagi fuqarolar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadi, ijtimoiy xizmat-
lar tizimi rivojlantiriladi, davlat pensiyalari, nafaqalar va ijtimoiy himoyaning
boshqa kafolatlari o‘rnatiladi.
Shunday qilib,
ijtimoiy ta’minot -
davlat ijtimoiy siyosatining namoyon
bo‘lish shakli bo‘lib, aholining alohida toifalarini moddiy ta’minlashga qaratilgan,
rivojlanishning muayyan bosqichida davlat tomonidan ijtimoiy ahamiyatli deb
topilgan holatlarda ularning ijtimoiy holatini jamiyatning boshqa a’zolariga
nisbatan tenglashtirishga yo‘naltirilgan, davlat byudjeti va boshqa maxsus
maqsadli jamg‘armalar hisobidan amalga oshiriladigan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar
tizimidir.
Ijtimoiy ta’minot turlarining
ko‘pligini e’tirof etgan holda, har bir turining
asosiy maqsadi
– fuqarolarning alohida toifalarining ijtimoiy ahvolini jamiyatning boshqa a’zolarining
holatiga yaqinlashtirish, ular orasidagi ijtimoiy farqlarni kamaytirish, yuqori moddiy
xarajatlarni yohud qo‘shimcha jismoniy, ruhiy va ma’naviy harakatlarni talab qiluvchi turli
hayotiy hodisalar tufayli yordamga muhtoj bo‘lib qolgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashdan
iborat.
357
Ushbu ta’rifdan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda bugungi kunda
ijtimoiy ta’minot tizimiga quyidagilar kiradi (16.3-rasm):
Dostları ilə paylaş: |