343
Shuningdek 2017-yil 14-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-
3135-son qarori
163
bilan “Ezgu maqsad” xalqaro xayriya jamoat fondi tashkil etildi.
Fondning asosiy mablag‘lari
jismoniy va yuridik shaxslar, shu jumladan,
xorijiy fuqarolar va tashkilotlarning xayriya yordami hamda qonun hujjatlarida
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan shakllantiriladi.
Aholining himoyaga muhtoj qatlamlari salomatligini muhofaza qilish, ularga
tibbiy yordam ko‘rsatish sifatini oshirishni ta’minlash,
yetim bolalar va ota-ona
qaramog‘idan mahrum bo‘lgan yoki xavfli guruhga kiradigan bolalar,
“Mehribonlik”, “Muruvvat”, “Saxovat” uylari va ixtisoslashtirilgan ta’lim
muassasalari tarbiyalanuvchilariga yordam berishga yo‘naltirilgan kompleks
chora-tadbirlarni amalga oshirish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari,
ko‘p bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash Fondning asosiy vazifalari sirasiga kiradi.
Fond O‘zbekiston Respublikasining
yuridik va jismoniy shaxslari, xorijiy
fuqarolar va tashkilotlar, fuqaroligi bo‘lmagan
shaxslar, xalqaro tashkilotlarning
xayriya mablag‘larini jalb etish va jamlash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi
hamda ulardan Fond xayriya dasturlarini amalga
oshirish uchun maqsadli
foydalanadi.
Fondga istisno tariqasida O‘zbekiston Respublikasi hududida Fond xayriya
dasturlari doirasida hisob-kitoblar va to‘lovlarni xorijiy valyutada amalga oshirish,
Fond xayriya dasturlarini amalga oshirish uchun jalb etiladigan xorijiy fuqarolar —
mutaxassislarni mehmonxona va boshqa joylarda joylashtirish xizmatlari uchun
to‘lovlarni milliy valyutada to‘lashga ruxsat etildi.
Fond soliqlarning barcha turlari va davlat maqsadli jamg‘armalariga
majburiy ajratmalardan (Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya
jamg‘armasiga majburiy ajratmalar bundan mustasno) va Fond tomonidan chetdan
keltiriladigan tovarlar bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari
bundan mustasno) ozod qilindi.
163
http://press-service.uz/uz/lists/view/794
344
Respublikadagi qator vazirlik va idora hamda tashkilotlarga Fond xayriya
dasturlari amalga oshirilishini ta’minlashda Fond bilan faol hamkorlik kilish
tavsiya etildi.
Shu kabi davlat ijtimoiy dasturlarining amalga oshirilishi natijasida o‘tgan
davrda aholi salomatligi sezilarli
darajada mustahkamlandi, onalar o‘limi — 3,2,
bolalar o‘limi — 3,4 barobar kamaydi, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 66 yoshdan 74
yoshgacha, ayollar o‘rtasida esa 76 yoshgacha uzaydi
164
.
Dostları ilə paylaş: