15.3. Harakatlar strategiyasida davlatning ijtimoiy rivojlanish dasturlari,
ularni moliyaviy ta’minlash masalalari
Aholining ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini
faqat davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar hisobiga samarali ta’minlab
bo‘lmaydi, albatta. Demak, kam ta’minlangan oilalar a’zolariga o‘z ishini ochishi,
mustaqil biznesini yo‘lga qo‘yishi uchun ularga beg‘araz ssuda va grant berish
institutini joriy qilish muhim ahamiyatga ega. Agar ular o‘z ishini yo‘lga qo‘yib,
barqaror daromad manbaiga ega bo‘lsa, nafaqat ularning ijtimoiy himoyasi uchun
byudjetdan pul ajratishga hojat qolmaydi, balki ularning o‘zlari soliq to‘lovchilarga
aylanib, davlat byudjeti daromadlarini to‘ldirish manbaiga aylanadi. Bugungi kun
voqeligi faqat ayrim fuqaro guruhlariga nafaqalar berishni nazarda tutuvchi
passiv ijtimoiy siyosat mexanizmlarining aholini ijtimoiy muhofaza qilish
uchun yetarli emasligini ko‘rsatmoqda. Tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar
yaratish, yangi ish o‘rinlarni ochish hisobidan aholi bandligini yanada oshirish,
aholining muhtoj qatlamlari bandligini oshirishni rag‘batlantirishga qaratilgan
aktiv ijtimoiy siyosat chora-tadbirlari Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi
yo‘nalishida o‘z aksini topgan. Bu chora-tadbirlar, jumladan, quyidagilardan
iborat
159
:
−
ishsizlik darajasi yuqori bo‘lgan va mehnat bozorida vaziyat murakkab
bo‘lgan 34 ta tumanda 4 300 000,0 mln.so‘m miqdoridagi korxonalar mablag‘lari
va tijorat banklari kreditlarini jalb qilgan holda 46,8 mingta ish o‘rni tashkil etish
yo‘li bilan qishloq joylarda barqaror ish o‘rinlari tashkil etish hisobiga aholi
bandligini oshirish;
−
aholi bandligini ta’minlash maqsadida 10 ming nafar ta’lim muassasalari
bitiruvchisiga o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlashi uchun tijorat banklari kreditlari
hisobidan 60 000,0 mln.so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratish orqali bandlikni
va oila daromadlarini oshirish;
159
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar
strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova.
337
−
respublika hududlarida aholi bandligini ta’minlash hamda qo‘shimcha
daromad manbaini yaratish maqsadida tijorat banklari tomonidan 400 000,0
mln.so‘m hajmida bank kreditlarini ajratish orqali fuqarolarning shaxsiy
yordamchi xo‘jaliklarida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish, qoramol, qo‘y,
echki, quyon boqish va go‘sht etishtirish, parrandachilik va asalarichilikni
rivojlantirish, ixcham issiqxonalar tashkil etish, shuningdek, urug‘ va ko‘chatlar
uchun mikrokreditlar ajratish hajmini yanada oshirish, shu yo‘l bilan aholi
tomorqasidan foydalanish samaradorligini oshirish, sifatli qishloq xo‘jaligi
mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish;
−
Bandlik va mehnat masalalari vazirligi tizimida Koreya Respublikasi,
Yaponiya va boshqa davlatlar hamda xalqaro moliya institutlarining 8,5 mln.doll.
(o‘rtacha 1 ta markazni tashkil etish uchun – 3 000,0 mln.doll.) grant mablag‘lari
va imtiyozli kreditlarini, shuningdek, Bandlikka ko‘maklashish Davlat
jamg‘armasi mablag‘larini jalb etgan holda viloyat markazlarida ishsiz fuqarolarni
kasbga o‘qitish markazlarini bosqichma-bosqich tashkil etish orqali ishsiz
fuqarolarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini
kengaytirish.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasidagi chora-tadbirlar tizimida keksa
avlod vakillari, pensionerlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ularning turmush
sharoiti va sifatini yaxshilash muhim o‘rin tutadi. Harakatlar strategiyasida ham
“nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish, ularning madaniy hordiq
chiqarishiga va sog‘liqlarini mustahkamlashga, keksalarning maishiy holatlarini
yaxshilash, ularning muammolarini o‘rganish, mahallalarda istiqomat qilayotgan
ko‘makka muhtoj keksalar, imkoniyati cheklangan shaxslar bilan bir qatorda,
“Muruvvat”, “Sahovat” uylarida yashovchilar holidan muntazam xabar olish, bu
ishlarga yoshlarni keng jalb etish maqsadida “Nuroniylar e’zozimizda” patronaj
yoshlar harakatini tashkil etishga, jamoa shartnomalari va kelishuvlari orqali keksa
avlod vakillarini ma’naviy va moddiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan” bir qator
chora-tadbirlar, ularni amalga oshirish uchun mas’ul tashkilotlar, bu ishlarni
bajarish uchun zarur mablag‘lar va ularning manbalari ko‘zda tutilgan.
|