Toshkent moliya instituti b. I. Nurmuxamedova, sh. K. Xamdamov davlat moliyasi


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar



Yüklə 3,44 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/205
tarix07.01.2024
ölçüsü3,44 Mb.
#209722
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205
Давлат молияси Дарслик- (2)

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar 
1.
Iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb qilishda davlat moliyasining orni va 
ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? 
2.
Iqtisodiyotga ichki investitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlari va moliyaviy 
manbalari nimalardan iborat? 
3.
Iqtisodiyotning rivojlanishida xorijiy investitsiyalarning ahamiyati nimalarda 
namoyon bo‘ladi? 
4.
Mamlakatda investitsion muhitni shakllantirish mexanizmlari sifatida 
nimalarni ko‘rsatish mumkin, bugungi kunda ulardan qay darajada samarali 
foydalanilmoqda? bu borada qanday o‘zgarishlar amalga oshirildi? 


326 
Mavzu yuzasidan topshiriqlar 
1.
Davlat moliyasining investitsiyalarni jalb qilishdagi o‘rni va ahamiyatini aks 
ettiruvchi klaster tayyorlang. 
2.
Investitsion jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar va 
investitsiyalarni moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida taqdimot tayyorlang. 
3.
Xorijiy davlatlarda iqtisodiyotni rivojlantirishga investitsiyalarni jalb qilish 
masalalari haqida mustaqil ish tayyorlang.
4.
Investitsiyalarni jalb qilish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishning xorijiy 
mamlakatlar ijobiy tajribalaridan O‘zbekistonda foydalanish yo‘llari to‘g‘risida 
mustaqil ish majmuini tayyorlang. 


327 
 
15-BOB. DAVLAT MOLIYASINING JAMIYAT IJTIMOIY 
TARAQQIYOTIDAGI O‘RNI VA AHAMIYATI 
 
15.1. Jamiyat ijtimoiy taraqqiyotida davlat moliyasining o‘rni va ahamiyati. 
Ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy va moliyaviy negizlari 
Bugungi kunda keng jamoatchilik muhokamasi natijasida ishlab chiqilgan 
hamda Prezident qarori bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi va uning alohida 
ustuvor yo‘nalishlari ham inson hayoti va uning manfaatlarini himoyalash bilan 
bog‘liq yo‘nalish va tarmoqlarni o‘zida mujassam etgan ijtimoiy soha rivojini 
ta’minlash, uni yangi bosqichga ko‘tarish, bu sohadagi muammolarni echish, bu 
sohalar rivojining qonuniy-huquqiy asoslarini mustahkamlashga qaratilganligi 
bilan ayniqsa ahamiyatlidir. Bu boradagi mavjud muammolarni bartaraf etish, 
jamiyatda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, oddiy odamlarning mamlakatda 
olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalaridan qoniqishlariga erishish, 
aholining ta’sirchan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida qator 
chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan bo‘lib, ularni quyidagi yo‘nalishlarda olib borish 
belgilangan, jumladan: 

aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, aholining ehtiyojmand 
qatlamlari ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati cheklangan 
shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, ijtimoiy xizmat 
ko‘rsatishni yaxshilash, aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda davlat-xususiy 
sherikligini rivojlantirish; 

pensionerlar, nogiron, yolg‘iz keksalar, aholining boshqa ehtiyojmand 
toifalarining to‘laqonli hayot kechirishlarini ta’minlash uchun ularga tibbiy-
ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish
148

 
148
2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoniga 1-ilova. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda. 


328 
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish borasida 2017-yilning “Xalq bilan muloqot 
va inson manfaatlari yili” deb e’lon qilinishi va bu nomdagi davlat dasturining 
qabul qilinishi ham alohida ahamiyatga ega. Xususan, “Xalq bilan muloqot va 
inson manfaatlari yili” Davlat dasturini amalga oshirishning ustuvor vazifa va 
yo‘nalishlari doirasida quyidagilar belgilandi
149


hududlarni, ayniqsa ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishda nisbatan orqada 
qolayotgan tumanlar va shaharlarni, chekka aholi punktlarini kompleks, jadal 
rivojlantirish, tijorat banklarining faol ishtirokida yangi ish o‘rinlari yaratilishini 
ta’minlash va shu asosda ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar 
miqdorlarini bosqichma-bosqich ko‘paytirish, aholining hayoti darajasi va sifatini 
oshirish; 

ta’lim, ijtimoiy ta’minot va sog‘liqni saqlash tizimlarini, shu jumladan 
onalik va bolalikni muhofaza qilishni yanada rivojlantirish, oila institutini 
mustahkamlash, sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning iqtidorlari 
va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, ularning hayotda munosib o‘ringa ega 
bo‘lishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni 
amalga oshirish va Davlat dasturida nazarda tutilgan boshqa tadbirlar. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentyabrdagi 
“Aholining kam ta’minlangan qatlamini qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3268-sonli qarori
150
qabul qilindi. Bir qator idora va 
tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilayotgan aholining kam ta’minlangan qatlamini 
2017–2018-yillarda ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash hududiy manzilli 
dasturlari ma’qullandi. 
Ushbu hududiy manzilli dasturlar quyidagilarni nazarda tutadi: 
a) mehnat bilan bandlikning ma’lum bir turlari bilan shug‘ullanish istagida 
bo‘lgan kam ta’minlangan oilalarga ularning oilasini o‘ziga etarliligini 
 
149
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturini ishlab chiqish va amalga oshirishning tashkiliy 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 17 dekabr F-4760-son farmoyishi. 
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 8-son, 119-modda. 
150
O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 37-son, 988-modda 


329 
ta’minlovchi mikrokreditlar tijorat banklarining imtiyozli kreditlash maxsus fondi 
mablag‘lari hisobidan quyidagi maqsadlarga ajratiladi: 

tikuv mashinalari, matolar va boshqa sarf materiallari, kosibchilik faoliyati 
uchun inventarlar, maishiy, kompyuter va boshqa texnikalar, shuningdek, mehnat 
bilan bandlikni ta’minlovchi boshqa asbob-uskunalar xarid qilish uchun; 

shaxsiy tomorqa uchastkalarini rivojlantirish (mini-issiqxonalar barpo etish, 
chorva mollari, parranda sotib olish, og‘ilxona va tovuqxona qurish, bog‘dorchilik 
inventarlari va asboblari xarid qilish) va uy joy ta’miri uchun; 
b) og‘ir uy-joy va maishiy sharoitlarda yashovchi, boquvchisini yo‘qotgan, 
nogironlarni parvarishlayotgan oilalarga quyidagi maqsadlarda beg‘araz yordam 
ko‘rsatiladi: 

2017-va 2018-yillarda respublikada uy-joyi bo‘lmagan yoki avariya 
holatidagi va puturdan ketgan uy-joylarda yashovchi har bir tumandan 2 ta, har bir 
shahardan esa 5 oilaga 10 yil mobaynida ixtiyoriga olish huquqisiz arzon uy-joylar 
xarid qilishda; 

2017- va 2018- yillarda respublikadagi tumanlarning har biridan 10 ta, 
shaharlardan esa 25 ta kam ta’minlangan oilaga turarjoy ta’miri (tomni ta’mirlash, 
yangi pol o‘rnatish, derazalarni almashtirish va sh.k.) o‘tkazishda; 

respublikaning har bir tumani va shaharidan 70 tadan oilaga har yili maishiy 
texnika (gaz va elektr pechlar, muzlatkichlar, tikuv mashinalari va sh.k.) yoki bir 
bosh yirik shoxli qoramol xarid qilishda; 

respublikaning har bir tumani va shaharida og‘ir kasali mavjud, davolatish 
uchun to‘lov qilishda mablag‘i yo‘qligi aniqlangan o‘rtacha 6 tagacha kam 
ta’minlangan oilaga tibbiy xizmatlarini to‘lashda. 
PQ-3268-sonli Qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat 
munosabatlari vazirligi qoshida Jamoatchilik ishlari fondi tuzildi. 
O‘zbekiston Respublikasi bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri 
hokimliklari bilan birgalikda mamlakatning barcha hududlaridagi, ayniqsa qishloq 
joylar va chekka hududlardagi mehnat bilan band bo‘lmagan fuqarolarini aholi 


330 
punktlarini, mahallalarni, obodonlashtirish bo‘yicha jamoat ishlariga – ariqlarni va 
irrigatsiya tarmoqlarini tozalashga, turarjoy-kommunal xo‘jalik obyektlarini 
ta’mirlashga, infartuzilmani yaxshilashga, yo‘llar va ko‘chalar, turarjoy fondi va 
unga yondosh hududlarni obyektlarini ta’mirlashga, shuningdek, qishloq xo‘jaligi 
ishlariga keng jalb qilish borasida chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasi belgilandi. 
Aholining band bo‘lmagan qatlamini mehnatga jalb qilish 2017-yilning 1-
oktyabridan Qorqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 
bittadan tumanida tajriba tariqasida, 2018-yilning 1-yanvaridan bosqichma-bosqich 
respublikaning barcha tumanlarida amalga oshirilishi belgilab qo‘yildi. 
O‘rnatilayotgan tartibga ko‘ra, 

jamoat ishlariga jalb qilingan jismoniy shaxslar ularning Jamoatchilik ishlari 
fondi mablag‘laridan olgan daromadi jismoniy shaxslarning daromadidan 
to‘lanadigan soliqdan ozod qilinadi; 

jamoat ishlariga jalb qilinayotgan jismoniy shaxslarning Jamoatchilik ishlari 
fondi mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan mehnat haqi yagona ijtimoiy 
to‘lovga tortilmaydi. 
Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari 
va Moliya vazirliklariga 2017–2018-yillarda 14 yoshgacha farzandlari bo‘lgan 
oilalarga yordam puli va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish 
ko‘rinishida kam ta’minlangan oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun byudjet 
mablag‘larini ko‘paytirish, yordam pullari oluvchi kontingentni mos ravishda 1,5 
va 2 barobar kengaytirishni ta’minlash belgilandi. Bu maqsadda Moliya vazirligiga 
14 yoshgacha farzand tarbiyalayotgan oilalarga yordam puli va kam ta’minlangan 
oilalarga moddiy yordam to‘lashni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha byudjet 
mablag‘lari ajratish vazifasi topshirildi. 
2018-yilning 22-yanvar kuni mamlakatimizning kelgusi istiqbolini 
belgilashga xizmat qiluvchi yana bir muhim huquqiy hujjat qabul qilindi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5308-son Farmoni bilan 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va 


331 
texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi 
qabul qilindi. Davlat dasturining “4.1. Aholining ijtimoiy himoyasini yanada 
kuchaytirish” nomli bo‘limida ushbu maqsadlar uchun quyidagi chora-tadbirlar 
belgilangan
151


ilg‘or xorijiy tajriba asosida aholining munosib hayot kechirishi uchun zarur 
bo‘lgan 
daromadlarni 
aniqlash 
bo‘yicha 
«iste’mol 
savatchasi»ga 
oid 
munosabatlarni huquqiy tartibga solish; 

davlat tomonidan nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul taqdim etiladigan 
protez-ortopediya buyumlari va texnik reabilitatsiya vositalari turlarini ko‘paytirish 
hamda ularning tegishli standartlarini joriy qilish; 

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston 
Respublikasi qonuni loyihasini ishlab chiqish; 

og‘ir 
maishiy 
sharoitlarda 
yashayotgan, 
boquvchisini 
yo‘qotgan, 
nogironlarni parvarish qilayotgan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish. 
2018-yilda mazkur Davlat dasturi tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga 
barcha manbalardan 11239,2 mlrd. so‘m va 1284,9 mln. AQSh dollari hajmidagi 
moliyaviy resurslarni sabarbar etish ko‘zda tutilgan. 
Xulosa qilib aytganda, aholiga majburiy ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, 
uning ehtiyojmand qatlamlari ijtimoiy himoyasini hamda keksalar va imkoniyati 
cheklangan shaxslarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirishda 
davlat hal qiluvchi o‘rin egallaydi. Boshqa tuzilmalar va fuqarolik institutlari 
mazkur yo‘nalishlardagi davlat tomonidan belgilangan maqsadlarga erishishda 
davlatga ko‘maklashadilar. Davlat aholini ijtimoiy himoya qilishning boshqa 
institutlari bilan munosabatlarini ijtimoiy sherikchilik asosida yo‘lga qo‘yadi.

Yüklə 3,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   205




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin