142
Механизм инвестиций: международный опыт в контексте Узбекистан.// Экономическое обозрение. –
Ташкент, 2012. - №7. – С.16.
316
Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarini investitsiyalashda quyidagi ustuvorliklar
belgilandi: sanoatning xom ashyo ishlab chiqarmaydigan tarmoqlari; nobank moliya
xizmatlari;
oziq-ovqat
mahsulotlarini
ishlab
chiqarish;
infratuzilma
-
avtomagistrallarni, bandargohlarni, elektroenergetika obyektlarini, ommaviy tezyurar
transport tizimlarini qurish; fuqarolar aviatsiyasi, meditsina va farmatsevtika;
mehmonxona biznesi va turizm; elektron jihozlar va dasturiy ta’minot; xususiy neftni
qayta ishlash korxonalari; mineral xom ashyoni qidirish va qazib olish; maslahat
xizmatlari va boshqalar.
Kichik tadbirkorlik uchun aktsiyadorlik kapitaliga xorijiy investitsiyalar hajmi
bo‘yicha maxsus cheklovlar amal qiladi. Bu sektor korxonalariga ustav kapitalida
xorijiy ishtirok 24 foizgacha hajmda bo‘lishiga ruxsat berilgan. Xorijliklar ishtiroki bu
darajadan oshib ketgan taqdirda korxona mahsulotning 50 foizini majburiy eksport
qilishni ko‘zlovchi ishlab chiqarish litsenziyasini olishi kerak bo‘ladi.
Hindiston investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish bo‘yicha 20 dan
ortiq mamlakatlar bilan xalqaro va ikki tomonlama bitimlarni tuzgan. Bu bitimlar
investitsiyalarning erkin harakat qilishi va qaytarilishi imkonini beradi,
milliylashtirishga, agar ular mamlakat milliy manfaatlariga zid kelmasa, yo‘l
qo‘ymaydilar.
Turli mamlakatlar (Xitoy, Hindiston) investitsiya siyosatidagi farqlar va o‘ziga
xos xususiyatlarga qaramasdan bu davlatlarning investitsiya strategiyasi va
mexanizmlarida umumiy jihatlar mavjud. Bular quyidagilar:
1.
Samarali investitsiya siyosatini tashkil qilishda (ayniqsa uning shakllanish
bosqichlarida) davlatning yuqori roli. Bunda davlatning funktsiyalari faqat qulay
investitsiya muhitini shakllantirish, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilma
tarmoqlarini rivojlantirish, zarur me’yoriy-huquqiy bazani yaratish va unga rioya
qilish monitoringini amalga oshirish bilan cheklanmaydi. Bu yo‘nalishda inson va
ijtimoiy
kapitalni
rivojlantirish,
davlat
institutlari
institutsional
salohiyatinimustahkamlash,
iqtisodiyotni
yangi
innovatsion
sektorlarini
rivojlantirishga investitsiyalarni ko‘paytirish singari masalalarni hal qilish muhim
bo‘lib hisoblanadi. Shu bilan birga, erkinlashtirish jarayonlarining chuqurlashib
317
borishi bilan investitsiyalash jarayonlarini davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga
solish miqyoslari qisqarib boradi, bilvosita vositalar orqali investitsiya oqimlarini
rag‘batlantirish funktsiyalari esa muhim ahamiyat kasb eta boshlaydi.
2.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri
xorijiy
investitsiyalarning
kirib
kelishini
rag‘batlantiruvchi qulay va mustahkam investitsiya muhiti. Bu holat jamg‘armalar
darajasini YaIMga nisbatan 20 foizdan kam bo‘lmasligini, shuningdek investitsiyalar
o‘sish sur’atlarini YaIM o‘sish sur’atlaridan yuqori (2-4 punkt) bo‘lishini ta’minlaydi.
Oxirgisi ustun darajada xususiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladi. Bunga
xususiy sektorga katta hajmdagi kreditlarning ajratilishi (Tailand, Hindiston) ijtimoiy
iqtisodiy muammolarni hal qilishda erkin bozor kuchlari bilan davlatning faol rolining
uyg‘unlashuvi (inflyatsiyaning past darajasini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini
yaratish, kambag‘allikka qarshi kurashish va h.k.)
3.
Bank sektori va moliya bozorining barqaror rivojlanishi. Jahonning ko‘pgina
raqobatbardosh rivojlanayotgan mamlakatlarida monetizatsiya darajasi 50 foizdan
ortiqni tashkil etadi. Faqat shunday holdagina aholi va tadbirkorlarning bo‘sh
mablag‘larini ishga solish, investitsiya resurslaridan foydalanish samaradorligini
oshirish, faol inflyatsiyaga qarshi siyosatni olib borish uchun shart-sharoitlar
yaratiladi.
4.
Investitsiya siyosatining tizimliligi va yaxlitligi. Ma’lumki, investitsiya
siyosati mamlakat iqtisodiy rivojlanish strategiyasining asosiy tarkibiy qismlaridan
biri bo‘lib hisoblanadi. (masalan, Hindistonning yangi sanoat siyosati, Tailandning
sanoat siyosati, Chilining eksport salohiyatini rivojlantirish siyosati) va umummilliy
manfaatlarga asoslanadi. Jumladan, Xitoy investitsiya siyosati tsikllarga qarshi
tartibga solish, barqaror rivojlanishni ta’minlash, erishilgan yuqori o‘sish sur’atlarini
saqlab turishning (Xitoy iqtisodiyotining tsiklik rivojlanishi xususiyatini hisobga
olgan holda) faol vositasi bo‘lib hisoblanadi.
5.
Yuqori texnologiyalarni rivojlantirishga kapital oqimlarini yo‘naltirish.
Ko‘pgina rivojlanayotgan mamlakatlar bunda rivojlangan mamlakatlar bilan ular
o‘rtasidagi iqtisodiy rivojlanish sur’atlaridagi farqni tezroq bartaraf etish imkonini
beruvchi rivojlanishning“quvib yetish” strategiyalaridan foydalanganlar. Bunda
318
asosiy mexanizm bo‘lib davlat va xususiy sektor hamkorligi, davlat va biznes
o‘rtasida riskni taqsimlash, marketing tadqiqotlariga ketadigan xarajatlarni davlat
tomonidan birlashtirib moliyalashtirish, personalni o‘qitish, yangi mahsulotni
sertifikatlashga ko‘maklashish hisoblanadi.
6.
Inson va ijtimoiy kapitalni oshirishni investitsiyalashga o‘ziga xos ustuvorlik
berish. Fan sig‘imi yuqori bo‘lgan iqtisodiyotni tezkorlik bilan barpo etish sharoitida
raqobatbardoshlikning
o‘sishini
ta’minlash
zaruriyati
rivojlanayotgan
mamlakatlarning inson va ijtimoiy kapitalga keng miqyosdagi investitsiyalarni jalb
qilish ko‘rinishidagi o‘ziga xos ustuvorlikni keltirib chiqaradi. Ta’lim sohasiga
e’tibor, rivojlangan mamlakatlarga “aqllarning oqib o‘tishi”ni kamaytirish bo‘yicha
ko‘rilgan jiddiy choralar rivojlanayotgan mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish
istiqbollarini baholashning eng muhim mezoniga aylandi.
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida
belgilanganidek, yurtimizda izchil davom etayotgan islohotlarning hozirgi bosqichi
talablarini bajarish omillaridan biri - innovatsion rivojlanish hisoblanadi.Bugungi
kunda O‘zbekistonda innovatsion rivojlanish strategiyasi ishlab chiqilmoqda.
Bunda asosiy maqsad – jahon tajribasini o‘rgangan holda innovatsiya masalasiga
keng qamrovli yondashuvga tayanishdan iborat, ya’ni dunyoning global
innovatsion indeksida belgilab berilgan yettita yo‘nalishga e’tibor berilmoqda.
Bunda, masalan, institutsional shart-sharoit, qonunchilik va davlat boshqaruvining
sifati muhim o‘rin tutadi. Chunki xorijiy investor o‘z sarmoyasini jalb qilmoqchi
bo‘lsa, avvalo, tegishli qonunning mavjudligi va uning ijrosi bilan qiziqadi.
Ikkinchidan, inson kapitali, aholining oliy ta’lim bilan qamrovi masalasi alohida
o‘rin egallaydi. Zero, yetarlicha bilimga ega mutaxassisni yetishtirmasdan turib
innovatsiyani joriy qilish mumkin emas. Shu munosabat bilan respublikamizda
xorijiy oliy ta’lim muassasalarining filiallarini ochish amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, ilmiy faoliyat, ilmiy izlanish va innovatsiyalarga investitsiyani
jalb qilish, ilmiy unvonlarni berish masalasiga jiddiy e’tibor qaratish,
universitetlarning ilmiy salohiyatini yuksaltirish ham katta ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan birga, har qanday g‘oyani hayotga tatbiq etish, unga investitsiya jalb
319
qilishda infratuzilmaviy shart-sharoit zarurligi tabiiy hol. Shuningdek, kredit olish
masalasi, fond bozorini rivojlantirish, uning YAIMdagi ulushini oshirish, venchur
fondlarini tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiyotiga nafaqat mahalliy va xorijiy
sarmoyani jalb qilish, balki shu orqali innovatsion faoliyatni jahon standartlari
darajasida kengaytirishga imkon beradi. Bu kabi vazifalarni bajarishda esa xorijiy
tajribani chuqur o‘rganish, olimlar, ekspertlarning ilmiytahlillaridan foydalanish
maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: |