84
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining,
viloyatlar va
Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hokimlarining byudjet sohasidagi
vakolatlari quyidagilardan iborat:
−
tegishli byudjet loyihasini ishlab chiqish va uni ijro etish jarayonini tashkil
etadi hamda muvofiqlashtirib boradi;
−
byudjet so‘rovi olinishiga qarab tegishli byudjetlarning loyihalarini tuzish
to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi, ularni tayyorlash tartibi va muddatlarini
belgilaydi;
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti loyihasini, viloyatlar va Toshkent
shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarini
tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga,
xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlariga ko‘rib chiqish
va qabul qilish uchun taqdim etadi;
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining, xalq deputatlari
viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar Kengashlarining qarorlariga
muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari parametrlarini tasdiqlaydi;
−
moliya yili mobaynida Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar
va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari
parametrlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ko‘rib chiqadi;
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar
mahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlarining tegishli davrdagi ijrosi
to‘g‘risidagi hisobotlarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq
deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar
va shaharlar Kengashlariga
tasdiqlash uchun taqdim etadi;
−
Davlat byudjetiga va davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlariga
tushumlar to‘liq va o‘z vaqtida tushishi ustidan nazoratni tashkil etadi;
−
byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi ustidan nazoratni tashkil
etadi;
85
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat
byudjetlarining va Toshkent
shahri shahar byudjetining, tumanlar va shaharlar
byudjetlarining qo‘shimcha manbalaridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul
qiladi;
−
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahar hokimlari ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan
vakolatlar bilan
bir qatorda tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika byudjetining,
viloyatlar viloyat byudjetlari va Toshkent shahri shahar byudjetining zaxira
jamg‘armalari mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi.
Dostları ilə paylaş: