93
hujjatdir. Yuridik hujjat sifatida O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjeti qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda har moliya yili
23
uchun tuziladi,
ko‘rib chiqiladi, tasdiqlanadi va ijro etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Byudjet kodeksining 3-moddasida esa “davlat
byudjeti” iborasi “davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy jihatdan
ta’minlash uchun mo‘ljallangan markazlashtirilgan pul jamg‘armasi”
24
deb
ta’riflanadi. Ushbu ta’rif davlat byudjetining
yuqorida sharhlangan moddiy
tushuncha sifatidagi mazmun-mohiyatiga mos keladi.
“Public budgeting systems” nomli qo‘llanmada “davlat byudjeti nima?” deb
qo‘yilgan savolga “Sodda qilib ta’riflaganda, byudjet - bu tashkilotning (masalan,
oila, korporatsiya, hukumat) moliyaviy holati va kelgusi rejalarini, ya’ni
daromadlar, xarajatlar rejasi, maqsadlar va natijalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z
ichiga oluvchi hujjat yoki hujjatlar yig‘indisi”
25
, deb ta’rif berilgan.
Retrospektiv
xarakterga ega bo‘lgan, ya’ni o‘tgan davr ma’lumotlarini aks ettirishga asoslangan
buxgalteriya hisobotidan farqli o‘laroq, (garchi byudjet ishlab chiqilayotganda
byudjetning o‘tgan davrdagi daromadlari va xarajatlari ijrosining buxgalteriya
hisobi ma’lumotlaridan foydalanilsada) byudjet –
kelgusida kutilayotgan
daromadlar, xarajatlar va natijalarni ko‘rsatuvchi perspektiv hujjat hisoblanadi.
Tarixan,
byudjet
so‘zi charm karmon, hamyon, sumka ma’nosini anglatgan.
Xususan, “Britaniya davlatida Xazina kansleri (Moliya vaziri) hukumatning
ehtiyojlari va resurslari hajmi aks etgan bayonotini mamlakat parlamentiga charm
sumkada taqdim etgan va bu hujjat keyinchalik byudjet nomini olgan”
26
.
Dostları ilə paylaş: