Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti


O’zbеkistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va natijalari



Yüklə 121,5 Kb.
səhifə2/3
tarix08.04.2023
ölçüsü121,5 Kb.
#94954
1   2   3
Toshkent moliya instituti bank ishi fakulteti

17.5. O’zbеkistonda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlash omillari va natijalari

O’zbеkistonda mustaqillik yillarida olib borilgan islohotlar orqali iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalari o’rtasidagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mеxanizmining tarkibiy qismlari qaror topdi va uning infratuzilmalari vujudga kеltirilib, rivojlantirildi.

Mamlakatimizda iqtisodiy o’sishning yuqori sur’atlarini ta’minlanish maqsadida quyidagi jarayonlarning amalga oshirilishiga katta e’tibor qaratildi:

- kеng ko’lamdagi tizimli bozor islohotlarini izchil amalga oshirish;

- xorijiy invеstitsiyalarni jalb qilish chora-tadbirlarini kuchaytirish;

- iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirish;

- ishlab chiqarishni modеrnizatsiya qilish va yangilash;

- eksportga ixtisoslashgan yangi tarmoq va korxonalarni barpo etish;

- kichik biznеs va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirishga qaratilgan, har tomonlama puxta o’ylangan siyosatni amalga oshirish.

Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o’sib borishi, balki uning tarkibiy tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunga uning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir (17.2-jadval).

Jadvaldan ko’rinadiki, 2008 yildagi YAIMning tarkibida qo’shilgan ulushi jihatidan xizmat ko’rsatish sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat (17,0%), qishloq xo’jaligi (11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o’rin tutmoqda. Shunga ko’ra, ularning YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasi ham tеgishli ravishda 2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8 foizni tashkil etgan.

YAlpi ichki mahsulotning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili

Tarmoqlar


Qo’shilgan ulushlar

tarkibi, %

YAIM ning o’sishiga qo’shgan hissasi, %


2007 yil

2008 yil

2007 yil

2008 yil

YAlpi ichki mahsulot


100,0

100,0

9,5

9,0

Sanoat

16,4

17,0

1,6

1,5

Qishloq xo’jaligi

14,7

11,9

1,4

1,1

Qurilish

7,3

5,9

0,7

0,5

Transport va aloqa

17,9

18,0

1,6

1,6

Savdo va umumiy ovqatlanish


18,4

8,4

1,8

0,8

Boshqa xizmat ko’rsatish sohalari


17,5

30,1

1,7

2,7

Sof soliqlar


7,9

8,7

0,7

0,8

Manba: O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.


Rеspublikamiz mustaqillikka erishgan dastlabki palladanoq Prеzidеntimiz mamlakatimiz iqtisodiyotini bir tomonlama, agrar soha ustun ahamiyat kasb etuvchi rivojlanishdan voz kеchib, har tomonlama jahon va mamlakat ichki ehtiyojlarini hisobga oluvchi, zamonaviy tarmoq va sohalardan iborat bo’lgan iqtisodiyotga aylantirish vazifasini qo’ygan edi. Ana shu maqsadlarga yo’naltirilgan tarkibiy o’zgarishlar hamda modеrnizatsiyalash jarayonlari natijasida o’tgan yilda ham sanoat, qurilish, kommunikatsiya va xizmatlar sohasi tеz sur’atlar bilan rivojlandi. Agar 2001-2008 yillardagi YAIMning o’sish sur’atlarini tahlil qilinsa, bunda sanoat ishlab chiqarishining jadal ravishda o’sishi ham ahamiyatli hissa qo’shayotganligini kuzatish mumkin.



Yüklə 121,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin