Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti ,,Buxgalteriya hisobi va audit” yo’nalishi II-kurs HBA-90 guruh talabasi Qaxramonov Kattabek O'ktam o’g’liga
TAVSIYANOMA
Toshkent moliya instituti Buxgalteriya hisobi va audit fakultetiga 2021-yilda to’lov kontrakt asosida o’qishga qabul qilingan. Hozirda 2-kurs HBA-90 guruh talabasi Qaxramonov Kattabek O'ktam o’g’li o’zining odob-axloq, namunaviy xulqi jihatidan samimiyligi, dars jarayonlarida qatnashishi, bilimga chanqoqligi, tadbir, bayram, davra suhbatlarida faol ishtiroki bilan kursdoshlari orasida hurmat va ishonch qozongan.
Qaxramonov Kattabek O'ktam o’g’li viloyatdan kelganligi, ijara pullarini to’lashga qiynalyotganligi nuqtayi nazaridan O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-sentyabrdagi “Ijara huquqi asosida yashayotgan talabalar tomonidan to’lanadigan ijara to’lovini 50%ni qoplab berish tizimini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 605-sonli Qaroriga binoan ijara huquqi asosida yashayotgan talaba ushbu buyruqning 4-bandi 9-bo’limiga asosan institutda tashkil etiladigan manaviy-ma’rifiy tadbirlarda, jamoat ishlarida doimiy ravishda faolligi orqali o’zining vatanparvarligi, el-yurtiga sadoqat bilan xizmat qilishga doimo tayyorligini ko’rsata oldi.Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti dekanati hamda ushbu guruhlar uchun biriktirilgan tyutor bilan birgalikda yuqoridagilarni inobatga olgan holda ushbu talabimizni oilaviy sharoitini inobatga olib ijara pulini to’lashga tavsiya etamiz.
Buxgalteriya hisobi va audit
fakulteti dekani muovini N.Radjapov
Dostları ilə paylaş: |