Toshkent moliya instituti «elektron tijorat» kafedrasi


Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari



Yüklə 157,96 Kb.
səhifə8/9
tarix15.04.2023
ölçüsü157,96 Kb.
#98363
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Kurs ishi Komilov Maxmudjon iqtisodiyot

Inflyasiya, uni kelib chiqish sabablari, shakllari, oqibatlari va undan chiqish yo’llari
Inflyasiya lotincha” infeotio” so’zidan olingan bo’lib shish, burtish, ko’pchish ma’nosini anglatadi.
Inflyasiya so’zi XIX asr o’rtasidan boshlab iqtisodiy termin sifatida
qo’llana boshlagan, ungacha tibbiyotda xafli usma kasalini ifodalashda qullanilgan.
Lekin xaqiqatda ham xavfli, u umumiqtisod uchun xavfli.
Inflyasiya so’zining iqtisodiy ma’nosi-muomilada mavjud bo’lgan tovarlar va ularning bahosiga va miqdoriga nisbatan ko’p pul chiqarish demakdir.
Inflyasiya so’zi pul muomilasi sohasida AQShning Shimoliy va Janubiy shtatlari o’rtasida grajdanlar urushi bo’lganda muomilaga juda ko’p miqdorda (450 mln grin bek) qog’oz dollor chiqarilgan vaqtidan boshlab qullanila boshlagan.
Ularni sotib olish qobiliyati ikki yildan keyin 50 foizga tushib ketgan.
Tarixga ko’ra urush va boshqa ofatlar sababli davlat xarajatlarining oshib ketishi, inflyasiya bilan o’zviy bog’liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyasiya XIX asrning boshida Napolion bilan urush davrida, Fransiyada franso’z revolyusiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o’rtalarida nomoyon bo’lgan. Germaniyada juda yuqori sur’atlardagi inflyasiya 1923 yillarda bo’lib, muomiladagi pul massasi 496 kvintillion markaga yetgan va pul birligi trillion markaga qadrsizlangan. Oldingi inflyasiyalarning xususiyati shundagi, ular ma’lum davrda nomoyon bo’ladi. Xozirgi davr inflyasiyasi odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo’lib, xo’jalik faoliyatining barcha sohalarini qamrab olish bilan, pul, omillaridan tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta’sir qilishi bilan farqlanadi.
Inflyasiyaning asosiy sabablari.
1. Jamg’arma va iste’mol o’rtasidagi.
2. Talab va taklif o’rtasidagi
3. Muomiladagi pul muassasi va xo’jaliklarning naqd pulga bo’lgan talabi o’rtasidagi nomutonosibliklardir.
Bulardan tashqari pul talabining tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomilasi qonunning bo’zilishi, ishlab chiqarish xarajatlarining o’sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi, ishlab chiqarishni qisqarishi, ba’zan byudjet difisetini qoplash uchun qo’shimcha pul chiqarish va boshqalar ham sabab bo’ladi.
Inflyasiyani yuzaga keltiruvchi omillarni ichki va tashqi sabablarga bo’lish mumkin.
Ichki omillar mamlakatni monetar – pul siyosati hamda xo’jalik faoliyati bilan bog’liq (nomutonosiblik, baholardagi davlatni yakka xokimligi, noto’g’ri kredit siyosati, pul muomilasi qonunining bo’zilishi va boshqalar).
Tashqi omillarga jahon iqtisodida bo’lgan inqirozlar (xomashyo, yoqilg’i, valyuta buyicha), davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan bo’ladigan noqonuniy operasiyalari va boshqalar kiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib inflyasiya deb ijtimoiy ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keluvchi disproporsiyalar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy va to’xtovsiz o’sishi va natijada pul muomilasi qonununing bo’zilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga aytiladi.
Inflyasiya quyidagi shaklda nomoyon bo’ladi.
1. Tovar va xizmatlar bahosining o’zluksiz va tartibsiz o’sib borishi natijasida pulning qadrizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib ketishi.
2. Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi.
3. Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar.
Xalqaro amaliyotda inflyasiyaning quyidagi turlari mavjud.

  1. Sudraluvchi inflyasiya. Baholarning o’rtacha yillik usishi 5-10foizdan oshmaydi. Inflyasiyaning bu turi ko’proq rivojlangan mamlakatlarga xos bo’lib, malakaviy iqtisodiy rivojlanish darajasiga kadar baholar oshishi 3-4 % atrofida ham bo’lishi mumikin. Bu inflyasiya aksincha ishlab chiqarishni yanada rivojlantirishni takomillashtiruvchi omil sifatida nomoyon bo’ladi.

  1. Suzib yuruvchi inflyasiya. Bunda narx navo tezroq o’sa boshlaydi. Iqtisodiy o’sish suratlari pasayadi., ishsizlik ko’paya boradi. Inflyasiya yiliga 8-12 % atrofida bo’ladi.

  2. Shiddatli inflyasiya. Bunda baholarni o’rtacha yillik o’sishi 10-100 % (ba’zida 200 % gacha) bo’lishi mumkin. Inflyasiyaning bu turi rivojlanayotgan mamlakatlarga xos.

  3. Giperinflyasiya. Baholarning o’sish sur’atlari yiliga 200 foizdan oshib ketadi. Bu inflyasiya mamlakatlar iqtisodiy rivojlanishining inqirozli davriga mos keladi va u iqtisodiyot tarkibiy qismlarini o’zgarishi bilan bog’liq.

Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansi va kassa aylanmasi xomcho’ti pul muomilasini tashkil etishda asosiy rejalardan hisoblanadi. Bu ikkala reja pul aylanishini asosini tashkil etish bilan birga ular o’rtasidagi quyidagi farqlar ham mavjud.
  1. Kassa aylanmasi xomcho’tida faqat naqd pul aylanishi ko’rsatilsa aholini daromadlari va xarajatlari balansida aholi amalga oshiradigan naqd pullik va naqd pulsiz aylanish to’lig’icha ko’rsatiladi.


  2. Aholining pul daromadlari va xarajatlari balansida kassa aylanishi pragnozidan farqliroq aholining shaxsiy tomorqa xo’jaligi, xunarmandchilik va boshqa kursatadigan xizmatlari buyicha olinadigan daromadlari va amalga oshiradigan xarajatlari kursatiladi.


  3. Aholining pul daromadlari kassa aylanmasi xomcho’tining xarajat qismida, aholining xarajatlari kassa aylanmasi xomcho’tining daromad kismida kursatiladi va boshqalar.


Pul muassasi pul muomilasining muhim kursatkichi hisoblanadi. Pul


massasi xo’jalik aylanishidagi naqd pulli xisob-kitoblarni, ya’ni aholi korxonalar, tashkilot va muassalarga tegishli xarid tulov vositalarining yalpi hajmini o’zida ifodalaydi.
Pul muomilasining belgilangan muddat va davr uchun, miqdoriy uzgarishlarini bilish uchun, shuningdek pul massasi, xajmi va o’sish sur’atlarini tartibga solish buyicha tadbirlarni ishlab chiqish uchun turli xil ko’rsatkichlar (pul agregatlari) foydalaniladi.
O’zbekistonda pul massasi quyidagi tarkibiy qismlaridan (pul agregatlari to’planadi) iborat.


Mo = naqd pullar
M1= Mo + schetlardagi pul qoldig’i + mahalliy byudjet mablag’lari+ byujet, jamoa va boshqa tashkilot mablag’lari.
M2= M1+xalq bankidagi muddatli jamg’armalar
M3=M2+sertifikatlar + maqsadli zayom obligasiyalari + davlat zayom obligasiyalari + xazina majburiyatlari.
Pul agregatlari M1 + M2 ning bir – biridan farqi M2 ning tarkibiga yakin orada pulga aylanishi mumkin bo’lgan «kvazi pullar» ni (depozit sertifikatlari, investisiya fondlarining aksiyalari va boshqalar) olishdadir.
1995 yilda nominal pul mussasi M2 pul massasining 1994 yildagi o’sish darajasidan 1,5 marta kam bo’lgan.
KMDO larning birlamchi bozori Markaziy bank valyuta birjasida tijorat banklari ishtirokida amalga oshiriladi. Zurur bo’lsa, obligasiya egasi ikkilamchi bozorda uni sotishi mumkin.
Rivojlangan davlatlarda asosan ochiq bozorda operasiyalar o’tkazish usulidan foydalaniladi.
Shunday qilib Markaziy bank pul muomilasini barqarorlashtirish, uni tartibga solish borasida barcha vakolat va xuqiqiy norma vakolatlarga ega.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki to’g’risidagi qonunning 3-moddasida ta’kidlanganidek O’zbekiston Respublikasi markaziy bankining bosh maqsadi – milliy valyuta barqarorligini ta’minlashdir. Valyuta barqarorligi pul massasi, narx – navo va milliy valyuta kursining barqaror bo’lish tushunchasini o’z ichiga oladi.
Milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash uchun O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi.

  1. Monator siyosatni va valyutani boshqarish siyosatini shakllantirish, qabul qilish hamda amalga oshirish.

  2. O’zbekiston Respublikasida xisob-kitoblarning samarali tizimini tashkil qilish va ta’minlash.

  3. Banklar faoliyatini tartibga solish va ular faoliyati ustidan nazorat qilish.

  4. O’zbekiston Respublikasining rasmiy oltin valyuta zahirasini saqlash va ularni boshqarish.

  5. Moliya vazirligi bilan birgalikda davlat byudjetining kassa ijrosini tashkil etish.

1. Nullifikasiya – bunda qadrsizlangan pul batamom bekor qilinib muomilaga yangi pullar chiqariladi. Bu usul infliasiya darajasi o’ta yuqorilab ketgan hollarda qullaniladi. Bu usul SSSR da 1922 - 1924, 1947, 1997, 1961 yillardagi pul islohati, O’zbekistonda 1994 yilda bo’lib o’tgan pul islohatida qullanilgan.
2. Revolvasiya – lotincha qadrini oshishi ma’nosini anglatib bu milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan qadrini oshishini bildiradi. Masalan 1$= 1110 so’mga teng bo’ldi. Ushbu tadbirdan keyin 1005 so’mga teng bo’ladi. Bu usul 1922-1928 yillarda Angliyada, 1961, 1969, 1971 yillarda Germaniyada qullanilgan.
3. Devolvasiya – lotincha qadrini tushishi ma’nosini anglatadi. Bu usul davlat tomonidan milliy valyuta kursini boshqa valyutalarga nisbatan pasaytirilishi bo’lib u bozor uchun kurash kuchaygan sharoitda eksportni rag’batlantirish, to’lov muvozanatini yaxshilash uchun qullaniladi. Buning asosiy sabablari bo’lib inflyasiyani kuchayishi va mamlakat tulov balansning salbiy qoldiqga ega bo’lishidir.
4. Denominasiya – pul miqdorini bir necha marotaba qisqartirish hisoblanadi va u pulni qadri yuqori darajada tushganda, muomiladagi pul hajmi oshganda qullaniladi. Bu usul Rossiya federasiyasida 1921-1922 yillardagi pul isloxatida 1000:1, 1923 yilda 100:1, 1999 yilda 1000:1 holida, Buxoro shuro xalq respublikasida bu usul 1922 yilda 100:1, O’zbekiston Respublikasida 1994 yilda 1000:1 holida qullanilgan.



Yüklə 157,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin