Strategik marketing - mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor yaratishning sistematik siyosatini o‘tkazish orqali o‘rta bozor ko‘rsatkichlarini ko‘tarishga qaratilgan uzoq muddatli aktiv marketing jarayoni.
Tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) — bir jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari va xizmatlarini boshqa jismoniy va yuridik shaxslar tovarlari va xizmatlaridan farqlashga xizmat qiladigan timsollar va ramzlar bo‘lib, ular qonunda belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan bo‘lishi lozim.
Tovar siyosati-tadbirkorlik maqsadlariga erishishiga mo‘ljallangan strategiya va tadbirlar yig‘indisi.
Tovar sifati — mahsulot (xizmat)ning belgilangan yoki nazarda tutiladigan talablarni uning belgilangan vazifasiga muvofiq qanoatlantirishini belgilab beruvchi xossalari va xarakteristikasi yig‘indisi. Mahsulotning uni ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish, iste’mol qilish muayyan shartlariga nisbatan bir yoki bir necha konkret xarakteristikasini o‘zida ifoda etuvchi sifat ko‘satkichlari bilan tavsiflanadi. Tovar sifatiga oid talablar — obyektiv va subyektiv omillarning o‘zaro ta’siri natijasidir.
Tovar o‘rami(ingl. packaging) — muhofaza tarasi yoki idishida mahsulotni qadoqlash texnologiyasi yordamida uning ichidagi tovar reklama qilinadi.
Tovar harakati kanallari — tovar harakati funksiyalarini amalga oshirish yo‘llari. Tovar harakati kanallari oddiy va murakkab bo‘lishi mumkin: ishlab chiqaruvchining xaridor bilan oddiy (to‘g‘ridan to‘g‘ri) aloqa qilishida yo tovar xaridorga to‘g‘ridan to‘g‘ri yetkazib berilishi, yoki ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulot sotish va o‘tkazish tarmog‘iga ega bo‘lishi taqozo etiladi.
Tovarlar guruhi brendi(ingl. family brend) — mahsulotlar yoki xizmatlar assortimentini identifikatsiyalovchi brend. Odatda nom, so‘z, timsol, logotip, grafik tasvir yoki savdo markasi ko‘rinishida aks ettiriladi, bajarilishi ana shunday atributlar sirasiga kiradi.