Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə182/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Pablisiti vositalari (publicity tools) — kompaniya, g‘oyalar, tovar yoki xizmatlarni noshaxsiy tanishtirish va taqdim etishni ta’minlovchi vositalar. Masalan, press-relizlar, matbuot anjumanlari, maxsus reklama ana shular sirasiga kiradi.

Partsell — tovar partiyasi; yukning kichik partiyasi.

Pozitsiyalash — xaridorlar ongida kompaniya imijini va tovar obrazini yaratish

Promoushn (promotion) — talabni oshirish, mahsulot o‘tkazilishi va sotilishini ko‘paytirish, mahsulotni realizatsiya qilish uchun bozor makonini yanada kengaytirish maqsadlarida reklama, press-relizlar, shaxsan sotish, sotishni rag‘batlantirish va tovar yoki xizmatni ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar tomonidan qo‘llanadigan boshqa marketing kommunikatsiyalari vositasida amalga oshiriladigan turli marketing choratadbirlari, sa’y-harakatlari yig‘indisi.

Promo-sayt (promo-site) — qandaydir reklama kampaniyasi uchun maxsus yaratilgan yoki ma’lum bir tovar yoxud kompaniyaga bag‘ishlangan sayt.

Psixografika — psixologiya va demografik statistikani birlashtiruvchi termin. Keng jamoatchilik alohida namoyandalari va guruhlari turmush tarzi va xulq-atvorini tadqiq, tahlil qilish, baholash texnologiyalarini tariflash uchun foydalaniladi.

Qarama-qarshi savdo (ingl. reciprocal trade) — savdo operatsiyasi bo‘lib, uning shartlari sotuvchilarning xaridorlardan tovarlarni yetkazib berilayotgan tovarlar qiymatining bir qismi yoki to‘liq miqdorida sotib olishdek qarama-qarshi majburiyatlarini nazarda tutadi.

Qarshi ta’sir qiluvchi marketing — irratsional (aql bovar qilmaydigan talab: spirtli ichimliklar, tamaki mahsulotlari, dori-darmonlar va shu kabilarga) talab vujudga kelganda qo‘llanadigan marketing turi.

Raqobat muhiti – mustaqil sotuvchilar o‘zining tovarini mustaqil xaridorlarga sotish uchun harakat qiladigan bozor. O‘ziga hos xarakteristik xususiyatlari bilan farq qiluvchi yetakchi xarakteristikani yetakchi iste’molchilik darajasiga ega iste’molchilar bozorini qismlarga ajratish jarayoni.

Reklama agenti (ingl. publicist) — reklama agentligini taqdim etuvchi, uning nomidan ishlarni yurituvchi hamda zarur kampaniya va kishilar bilan aloqalarni amalga oshiruvchi shaxs.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin