Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Marketing strategiyasida ansoff qoidasi



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə180/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Marketing strategiyasida ansoff qoidasi — marketing nazariyasi va amaliyotida muhim o‘rin tutadigan bir konsepsiya. Ma’lumki, marketing strategiyasini ishlab chiqish — korxona (firma, kompaniya) faoliyatiga nisbatan dasturiy-maqsadli yondashuvdir.

Segmentlash strategiyasi — barcha guruhdagi iste’molchilar havola etilgan tovarlar va xizmatlar bilan to‘yinganligi darajasini chuqurlashtirish, eng mayda jihatlarni ham qo‘shganda bozor talabining eng ichkarisini tanlash;

Diversifikatsiya strategiyasi — shunchaki tovarlarni tabaqalashtirish emas, aksincha, mutlaqo yangi va soha firmasi faoliyatining asosiy turlariga bog‘liq bo‘lmagan tadbirkorlik faoliyatining yoyilishini ham qo‘shganda, yangi tovarlarni ishlab chiqarish va ular bilan yangi bozorlarni o‘zlashtirish.

Baynalmilallashtirish strategiyasi — yangi chet el bozorlarni o‘zlashtirish;

Bazaviy marketing strategiyasi — korxona (kompaniya)ning uzoq muddatli rejasi bo‘lib, g‘arb mamlakatlarida unga ko‘pincha «xomaki reja», deb tarif beriladi. Mazkur reja mufassal qayd etilgan strategiya rejalari tashqi muhitda voqealarning kutilmagan burilishlariga uchraydi, shuning uchun bazaviy uzoq muddatli strategiya (maqsadning o‘zi singari) bir marta berilgan va o‘zgarmas bo‘ladi.

Marketing omillari — ishlab chiqarish xatti-harakati uchun zarur bo‘lgan bozor shart-sharoitlari.

Marketing rejasi — tanlangan konsepsiya va ishlab chiqilgan marketing strategiyasiga asoslangan ma’lum davr (operativ yoki istiqbolli) uchun firma rahbariyati tomonidan mo‘ljallangan hujjatlar to‘plami. Marketing rejasi marketing bo‘limlari harakatini boshqaruvchi va yo‘naltiruvchi nazorat raqamlari rejaviy ko‘rsatkichlar, grafiklar, prognozlar va xomashyo, talab balanslarini o‘zida aks ettiradi.

Marketing tahlili (ingl. marketing analysis) — kompaniyaning bozordagi imkoniyatlarini, u yoki bu tarzda bozor bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa omillarni baholash, shu jumladan, ichki mikro va makromuhitni, bozorda raqobatchilik xulq-atvori taktikasi va strategiyasiga nisbatan kompaniya uchun manfaat va qiziqish uyg‘otadigan barcha tomonlarni baholashdir.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin