To‘g‘ri marketing - Interaktiv marketing tizimi bo‘lib, iste’molchining istagini uyg‘otish, uning buyurtmasini olish uchun bir yoki bir necha media reklama vositalaridan foydalanadi. To‘g‘ri marketingni iste’molchidan to‘g‘ri buyurtma olish marketingi ham deyiladi. To‘g‘ri marketing xaridorlar bilan uzoq muddatli munosabatlarni o‘rnatish va saqlab qolishga imkon beradi. To‘g‘ri marketing - kataloglar, pochta orqali to‘g‘ri jo‘natish va telemarketlardan foydalanib savdo qilishni bildiradi.
Tashkilot marketingi - alohida aniq tashkilotlarga tegishli bo‘lgan vaziyatni qo‘llab-quvvatlash yoki o‘zgartirish, shuningdek, kerakli muhit tashkil qilish maqsadida qo‘llaniladigan amaliy faoliyat.9
Ijtimoiy marketing – ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘lgan marketing faoliyati harakatlaridir.
Ijtimoiy- etik marketing –bu marketing turi uzoq muddatga mo‘ljallangan marketing faoliyati bo‘lib, iste’molchilar talab va ehtiyojlardan kelib chiqqan holda korxonaning kelgusidagi faoliyati haqida qaror qabul qilish. Bu jarayonda mahsulotlar ekologik sofligi va korxonaning atrof-muhitga zarar yetkazmasligiga alohida e’tibor qaratiladi.
Hozirgi vaqtda egomarketing, g‘oyalar marketingi, xizmatlar marketing rivojlanib bormoqda.
o‘zaro bog‘liqligi Marketingning funksiyasi juda keng bo‘lishi yoki savdo-sotiq va reklama bilan chegaralanishi mumkin. Marketingning roli qancha ahamiyatli bo‘lsa, korxonaning kuchli marketing sohasini (potensialini) yaratish ehtimoli shunchalik kuchli bo‘ladi. Korxonaning marketing sohasi uning 3 xil ishlab chiqarish funksiya holatini: analitik, ishlab chiqarish va savdo, kommunikativ sohasini aks ettiradi.
Analitik soha:
Marketing tadqiqotini o‘tkazish qobiliyatini.
Firma raqobatda aniq ustuvorlikka ega bo‘la oladigan segmentni tanlay olish qobiliyatini.
-Korxonaning marketing axborot tizimini shakllantiradi.