Narxni pasaytirish (prays-narx va hisob-fakturalar). Ma’lum davrda tovarning har bir ulgurji partiyasiga prays-narxlardan to‘g‘ridan to‘g‘ri chegirma berish
Kompensatsiya. Almashuvga taklif qilinadigan summa chakana savdo korxonasi roziligi bilan ishlab chiqaruvchi tovarlar ma’lum tarzda yetkazib beriladi. Chakana savdoda reklama uchun qilingan xarajatlarni ushbu ishlab chiqaruvchi tovarlari kompensatsiyalaydi (qoplaydi). Namoyish uchun kompensatsiyani ma’lum tovarning ekspozitsiyasini tashkil etish xarajatlari qopladi.
Bepul tovarlar. Ma’lum miqdorda yoki ma’lum turdagi tovarni sotib oluvchi vositachilar uchun (ta’mi, o‘rami, o‘lchami) qo‘shimcha o‘ram tovar taklif etish.
Sotuvchilarni rag‘batlantirish usullarini tanlash. Ishlab chiqaruvchilar savdo korxonalarini rag‘batlantirishning turli xil usullaridan foydalanadilar bunda: 1) ulgurji yoki chakana firmalarni o‘z assortimentlariga tovarini kiritishga undash; 2) ulgurji yoki chakana savdo qiluvchi (savdogar)larni xarid hajmi oshishiga ishontirish;
3) ulgurji korxonalarni reklama, namoyish va narxni tushirish yo‘li bilan savdo markasini ilgari surishga stimullash; 4) chakana korxonalar va ularning xodimlarini tovarni ilgari surishga (savdosini tezlashtirishga) rag‘batlantirish.
Yirik chakana savdo korxonalarining o‘sib borayotgan ta’siri ularga reklamalar va iste’molchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarning zarari savdoni rag‘batlantirish imkoniyatlarini berdi. Boshqaruvda sotuvchilarni rag‘batlantirish qiyinchilik bilan amalga oshadi va bu ko‘pincha sezilarli zararga olib keladi.