Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Bozorni segmentlash strategiyasi



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə171/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Bozorni segmentlash strategiyasi — bozor segmentlari (iste’molchilar guruhlari) sohasida qaror qabul qilish, marketing rejasini va uning alohida metodlarini ishlab chiqish, tovarlarning raqobatbardoshligini oshirishga mo‘ljallangan marketing faoliyati natijalarini ifodalovchi termin.

Bonus — sotuvchi o‘z mahsulotining narxini xaridor bilan kelishgan holda pasaytirishi (arzonlashtirishi).

Brend identligi (brend identity) — aynan mazkur brend iste’molchilar tomonidan aniq-ravshan tanib olinadigan alomatlarning noyob jamlanmasi. Bunday alomatlarga esa tovar atributlari, assotsiatsiyalar (nimagadir o‘xshatish va qiyoslash), munosabat, naf, va’da, vizual yoki dizayn uslubi, brendning asosiy qimmatli jihatlarini ifoda etuvchi alomatlar kiradi.

Brend menejeri (ingl. brand manager) — «mahsulot menejeri», deb ham yuritiladi. Bozorlarda muayyan mahsulot yoki brendni o‘tkazish va sotish uchun mas’ul bo‘lgan menejer yoki rahbar. Brend menejeri majburiyatlari sifatiga istalgan faoliyat konkret brendga nisbatan birlamchi marketing maqsadlarini tariflab berish va tatbiq etishdan tortib to ushbu brend bilan shug‘ullanuvchi jamoaga har kungi rahbarlikni amalga oshirish, mahsulotni qadoqlashdan boshlab to belgilangan foyda ko‘rsatkichlariga erishish va istiqbolda rivojlanish rejalarini amalga oshirishga qaratilgan faoliyat kiradi

Brendni pozitsiyalashtirish — raqobatchilarning xuddi shunday harakatlariga nisbatan iste’molchilar ongida muayyan brend konsepsiyasini yaratish, foydalanish va rivojlantirishdir.

brutto — 1) tovarning qadoq bilan birgalikdagi massasi; 2) korxona yoki tashkilotlarning sarf-xarajatlar hisoblab ajratilmagan yalpi daromadi.

Bum — narxlar va ishchanlik faolligining tez va barqaror ko‘tarilib borishi.

Baho – tovar qiymatining puldagi ifodasi

Chakana savdo — aholiga to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar sotish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatini anglatuvchi termin. Chakana savdo tovarlar assortimenti shakllanishida qatnashadi, xaridorlarga tovar sifat ko‘rsatkichlari haqida axborot beradi, tovarlarni saqlash, qo‘shimcha ishlash, baholarni belgilash va boshqa funksiyalarni bajaradi.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin