Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə173/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Direkt-marketing — yaqin istiqbolda reklama faoliyatining barcha boshqa turlarini surib chiqarishi va marketing kommunikatsiyalari sohasida yetakchiga aylanishi bashorat qilinayotgan konsepsiya. Jahon bozorida direkt-marketing ommaviy axborot vositalaridagi reklamaga qaraganda o‘n baravar samaraliroq, reklama agentliklari u bilan taqqoslaganda ikki baravar foydaliroq rivojlanadi.
Direkt-marketing mohiyati reklama agentliklari vositachiligida uzoq muddatli o‘zaro foydali aloqalarni, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va shaxsan tanish iste’molchilar o‘rtasida rivojlanib boruvchi hamkorlikni o‘rnatishdan iborat bo‘ladi.


Distribyutor — yirik ishlab chiqarish korxonalaridan ulgurji savdo asosida olinadigan mahsulotlarni sotishni amalga oshiruvchi firma. Distribyutor odatda, o‘z omborlariga ega bo‘lib, ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli shartnomaviy munosabatlarga kirishadi va bozorda ishlab chiqaruvchi korxonalar manfaatlarini ifodalaydi.

Differensial narx tayinlash (ingl. differential pricing) — narx belgilash uslubi bo‘lib, unga ko‘ra bitta va aynan shu mahsulot iste’molchilar turli guruhlariga har xil narxlarda sotiladi.

Duopoliya (ingl. duopology) — 1) faqatgina ikkita sotuvchi mavjud bo‘lgan bozor. 2) birja savdolarida ko‘p sonli xaridorlarga bir xildagi tovarni taklif etayotgan ikki sotuvchi hukmronlik qiladigan vaziyat. Ular o‘zaro bir-biri bilan raqobatlashishi yoki takliflar hajmi, sotuvlar muddati va narxlarga nisbatan sinxron — uyg‘un tarzda ish ko‘rishi ham mumkin; 3) o‘zaro shartlashib kelishish asosida yuqori sotuv narxlarini saqlab turuvchi va bir-biri bilan o‘zaro narxdan tashqari raqobat olib boruvchi ikki sotuvchining oligopoliyasi; mahsulotga xarajatlar taxminan teng bo‘lgan sharoitda yuqori narxni hamjihatlik bilan saqlab turish foydaliroq.

Elektron marketing (ingl. electronic marketing; e-marketing) — iste’-
mol bozorini aniqlash va belgilash elektron vositalaridan foydalaniladigan hosilaviy marketing.


Firma - bu korxonadan farqli o‘laroq, ishlab chiqarish sohalarida turli – tuman tadbirkorlik faoliyatini bildiradi. Masalan, sanoat korxonasi, davolash muassasasi, qurilish tresti va vositachilik uchun savdo, sayyohlik va boshqa tashkilotlarga nisbatan qo‘llash mumkin.


Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin