Marketing tizimi haqida tushuncha bering.
Marketingni boshqarish, deganda nimani tushunasiz?
Marketing xizmatini tashkil etish funksiyalari nimalar bilan bog‘liq?
Gorizontal marketing tizimi, deganda nimani tushunasiz?
Marketing xizmatining asosiy funksiyalarini ayting.
Marketingda boshqarish jarayonini tushuntiring! Firmaning marketing muhiti nima ?
Marketingning makro muhitiga qaysi omillar kiradi?
Korxonaning mikro muhit omillari qaysilar?
Raqobat sharoitida kompaniyalar faoliyatiga marketingning qanday muhiti ta’sir ko‘rsatadi?
Firmangizning mikromuhitini tasvirlab bering.
Firmangiz makromuhit omillarining o‘zgarishini qanday qabul qildi?
Firmangiz duch kelayotgan raqobatchilar guruhi haqida gapirib bering.
O‘quv yurtingiz yonida yangi oshxona ochishni o‘ylab yurgan tadbirkor duch keladigan raqobatning 4 turi haqida gapirib bering. Nima uchun ular tadbirkorga halaqit berishlari mumkin?
Atrof-muhitning ahvoli jamoatchilikni kundan-kunga xavotirga solmoqda. Aytingchi, plastik qadoqlashdan foydalanuvchi korxona faoliyatiga bu tendensiya qanday ta’sir etadi?
Yarim fabrikatlar ishlab chiqaruvchi Rossiya oziq-ovqat sanoati kompaniyasi yutuqlariga yaqin yillarda makromuhitning qanday tendensiyalari ta’sir etadi?
“Kitoblar olami” do‘koniga tashrif buyuruvchilarning kitob xarid qilgan qismini foizlarda baholash kerak. Bunday vaziyatda axborot yig‘ishning qanday usulidan foydalanish maqsadga muvofiq?