Savdo (o‘tkazish) bozori tahlili. Bu bo‘lim birinchi navbatda ishlab chiqilishi kerak, chunki boshqa bo‘limlar, masalan, “Ishlab chiqarish faoliyati”, “Moliya”, “Bozor” bo‘limida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga asoslanadi.
Savdoning bo‘lg‘usi bozori tahlili – biznes-reja tayyorlashning eng muhim bosqichlaridan, bunday ishdan mablag‘ni ham, kuchni ham ayamaslik kerak. Tajribalar ko‘rsatadiki, vaqti kelib, barbod bo‘lgan ko‘pchilik tijorat loyihalarining sababi bozorni sust o‘rganish va uning sig‘imini yaxshi baholay olmaslik bilan bog‘liq bo‘lgan.
Bozorning jozibadorligi (jalb etuvchanligi)ni baholashda quyidagilarni ko‘rsatish muhim:
korxona tovar (xizmat)lari realizatsiyasi amalga oshiriladigan hududni;
bozorning natural va qiymat ko‘rinishida ifodalangan sig‘imini;
bu bozorning o‘sishga yoki turg‘unlikka moyilligini;
bozorning asosiy segmentlari o‘lchamlarini;
bozorning diversifikatsiyalanganligi;
bozorning narxlarga, xizmat ko‘rsatish darajasiga, tashqi omillar o‘zgarishiga ta’sirchanligi;
davriylikka moyillikni;
mavsumiylikka moyillikni;
yetkazib beruvchilarning tuziladigan bitimlar xarakteriga ta’sir etishi.
Firmangizning strategik holati tahlili quyidagi tariflarni ko‘zda tutadi:
raqobatchilarni;
raqobatchilar egallab olgan bozorning ulushini;
bozorning taxmin qilinadigan ulushini;
bozorning asosiy segmentlarini qamrab olinishini;
ta’minotchilar bilan munosabatlar xarakterini;
rejalashtirilayotgan mahsulotning sotilishi bashoratini.
Dasturning bu bo‘limini tuzishda tadbirkor o‘ta obyektiv bo‘lishi, bozorning holati haqidagi xulosalarini o‘tkazilgan marketing tadqiqotlari natijasida olingan ishonchli ma’lumotlarga asoslanishi kerak. Mutaxassislar marketing dasturi (biznes-reja) tuzuvchilarda savdo (o‘tkazish) bozori imkoniyatlariga, sotish bashoralariga nisbatan ortiqcha optimizmni ta’kidlaydilar. Potensial investorlar savdo bozorini baholashlarini so‘ralganda, ko‘pincha, ularga “savdo bozori cheklanmagan”, – deya standart javob berishadi.
“Taklif qilinayotgan tovarning qadri nihoyatda baland, uni korxona ishlab chiqarishi bilan iste’molchilar xarid qiladi”, – degan ishonch chuqur ildiz otgan. Ishlab chiqaruvchi uchun esa yoqimli tashvish – foydani sanab olishgina qoladi”.
Bunday o‘ziga ishonch – bizning yaqin o‘tmishimizdagi, hamma narsa o‘ta taqchil bo‘lgan paytdagi qayg‘uli sarqit. Shundan beri ko‘p narsa o‘zgardi va savdo imkoniyatlari sezilarli yomonlashdi. Iste’mol va resurslar bozori tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, iqtisod qayta ishlab chiqarishning talabning jiddiy pasayishi bilan xarakterli klassik inqiroz chizig‘iga kirib qoldi, demak, tarmoq bozorlari miqdori ham toraydi.
Tadbirkorlar tomonidan bozorni ustuvor baholanishining yana bir sababi bor: bu ularning narsalar holatini o‘ta bezab ko‘rsatishga, biznesning ehtimoliy istiqboli yo‘lidagi hiylasi. Biroq bu zararli, ishonchni yo‘qotishiga xizmat qiladigan holat.
Dostları ilə paylaş: |