Toshkent moliya instituti f. T. Bazarova


Sanoatda ishlatiladigan tovarlar



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə92/192
tarix22.10.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#159868
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t-fayllar.org

Sanoatda ishlatiladigan tovarlar.
Ular ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishi va yangi qiymat yaratish darajasiga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:

  • materiallar va detallar;


  • kapital shaklidagi mulk (inshootlar, yordamchi dastgohlar);


  • yordamchi materiallar va xizmatlar. Ular tayyor mahsulotning asosini tashkil etmaydi, uning sifati, ko‘rinishi, xususiyatlarini oshiradi, mahsulotni tayyorlashga xizmat qiladi. Xarajat sifatida mahsulot tannarxiga qo‘shiladi. Masalan, yozuv qog‘ozi, moylovchi yog‘lar, toshko‘mir – yoqilg‘i sifatida, qalamlar, ip, podkladka materiallari va h.k.


Tayyor mahsulot asosini xomashyo va yarim fabrikatlar, detallar tashkil etadi. Mahsulot ishlab chiqarish rejasi (programmasi) korxonani rivojlantirish rejasining yoki biznes rejaning eng muhim qismi hisoblanadi. Rejaning bu qismida ishlab chiqarishga mo‘ljallangan mahsulot hajmi uning turlari, navi va sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha korxona majburiyatlari ko‘rsatiladi.


Mahsulot ishlab chiqarish rejasida natural ko‘rsatkichlar muhim o‘rin tutadi. Masalan, tonna, metr, kilobayt, soat, kubmetr kabi ko‘rsatkichlar. Ular yordamida har bir mahsulot turi bo‘yicha kimga qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarish mumkinligini, mahsulot birligi uchun ketadigan ish vaqti yoki energiya xarajatlari, mehnat sarf-xarajatlari (xomashyo, materiallar, yoqilg‘i) miqdorining me’yorini bilish mumkin bo‘ladi. Bundan tashqari natural ko‘rsatkichlar yordamida korxonada xomashyo materiallarga ishchi-xizmatchilarga bo‘lgan talabni, mehnat haqi to‘lovlari miqdori, har birining mahsulot uchun mehnat haqi (bahosini) to‘lovini aniqlash, ishlab chiqarishdagi barcha bo‘g‘inlar (uchastkalar) o‘rtasida mutanosiblikni ta’minlash, ishlab chiqarishni tashkil etish shakllarini – (konsentratsiyalashtirish, ixtisoslashtirish, kooperativlashtirish, kombinatlashtirish) tanlash, xomashyo resurslari bilan ta’minlash, ularning zaxiralarini miqdorini aniqlash imkoniyati yaratiladi. Natural ko‘rsatkichlar korxona va tarmoqlarning o‘ziga xos tomonlarini, xususiyatlarini ham ifoda etadi. Ishlab chiqarishni rag‘batlantirishga yordam beradi. Bularning hammasi ishlab chiqarishni rejalashtirish jarayonida albatta hisobga olinishi zarur. Aks holda ishlab chiqarish jarayonida yil davomida uzilishlar, turib qolishlar, natijada ish vaqti, dastgohlar unumdorligi, quvvatidan va boshqa resurslardan foydalanish samarasiz bo‘lib chiqadi, unumsiz xarajatlar paydo bo‘ladi. Shuning uchun mahsulot miqdorini uning xususiyatlari va sifatini to‘g‘ri va to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar to‘g‘ri tanlab olinishi lozim. Masalan, gazlamalarni pogon va metrlarda, gilamlarni – kv.m. va dona hisobida, g‘ishtni – donada ishlab chiqarish rejalashtiriladi.
Mashinasozlikda dastgohlar, mashinalar, uskunalarning iste’molga yaroqli xususiyatlarini to‘laroq ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar ishlatiladi. Masalan, yigiruv mashinalari dona hisobidan tashqari ming yigiruv veretenda o‘lchanadi, o‘zgaruvchan tok generatorlari dona va ming kilovatt, elektrovozlar – dona va ming ot kuchi, akkumulyatorlar – dona va mln. amper soat, skreperlar – nafar va cho‘michining hajmi ming kub m. hisobida o‘lchanadi.
Qora va rangli metallurgiyada mahsulot sifatiga bozor tomonidan yuqori darajada talablar qo‘yilmoqda. Masalan, metall tarkibi sifatini yaxshilash, prokat va trubalarning tarkibida Yüklə 1,89 Mb.
Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin