Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti tovar-pul munosabatlariga asoslangan.
Tovar muomilasini taminlash pul miqdoriga ko’p jihatdan boђliq.
Pul muomilasi qonuni - muomila uchun zarur bo’lgan pul miqdorini belgilaydigan, tovar-pul munosabatlarini o’zida aks ettiradigan qonundir. Bu qonunga ko’ra muomila davrida muomilaga zarur bo’lgan pul miqdori barcha tovarlar so’mmasiga to’ђri proporsional pul aylanishi tezligiga teskari proporsional o’zgaradi.
Xozirgi sharoitda muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdoriga quyidagi omillar ta’sir etadi.
1. Sotiladigan tovarlar miqdori (ko’p bo’lsa ko’p va aksincha)
2. Tovarlarni baho darajasi (yuqori bo’lsa ko’p va aksincha)
3. Kreditni rivojlanish darjasi (rivojlangan bo’lsa naqd pul kam talab etiladi.)
PMVTVSUAT – pulning muomila va tulov vositasi sifatida o’rtacha aylanish tezligi.
Muomila uchun zurur bo’lgan pul miqdorini aniqlashda kassa aylanmasi xomcho’ti hamda aholi daromadlari va xarajatlari balansidan ham keng foydalaniladi.
Kassa aylanmasi xomcho’ti 1991 yildan boshlab mamlakatda kreditni rivojlantirish va kassa rejalari o’rniga tuzila boshlandi. Uni to’zishdan maqsad naqd pulga bo’lgan extiyojni butun respublika va bank muassalari buyicha aniqlash hamda pul muomilasini barqarorlash tadbirlarini ishlab chiqishni amalga oshirishdan iborat.