253
rivojlana oladigan uzlukli (diskret) jarayonlardan kamoperatsiyali ishlab chiqarish
jarayonlariga o‘tish haqida borayapti.
Ikkinchidan, mehnat predmetlariga mexanik ishlov
berish uzluksiz ishlab
chiqarish jarayonlari: vibratsiyali ishlov berish, kukunli metallurgiya, aniq plastik
deformatsiyalash, eritilgan modellar bo‘yicha aniq quyish, bosim ostida, markazga
intiluvchi, shtampovkalash va h.k.jarayonlarga o‘rnini bo‘shatib bermoqda.
Uchinchidan, yarim mahsulotlarni to‘liq qayta ishlash sxemalariga ega
bo‘lgan yopiq texnologiyalar (chiqinsiz texnologiyalar) ga o‘tish boshlanmoqda.
To‘rtinchidan, texnologiyalarda ekstremal sharoitlar:
haddan tashqari yuqori
va xaddan tashqari past harorat va bosim, chuqur vakuum,
impulsli portlatish
uslublari, yadro nurlanishi va boshqalardan toboro ko‘proq foydalanilmoqda.
Plazmali texnologiyadan yangi materiallarni hosil qilish, ularning tarkibi,
xossalari va h.k. ni o‘zlashtirish uchun, radiatsiyadan esa -kabellarda polimerlarni
modifikatsiyalash hamda elektroizolyatsiyalash uchun foydalanilmoqda.
Beshinchidan,yangi texnologiyalar qoida bo‘yicha
elektr energiyasidan
nafaqat harakatga keltiruvchi kuch sifatida, balki mehnat predmetlariga bevosita
ishlov berish- elektrkimyoviy, elektrofizik (lazerli, elektruchqunli, elektroimpulsli,
elektrokontaktli)
ishlov berishdan, yuqori chastotali tokdan foydalanish bilan
bog‘liqdir.
Yuqori
energiyali
elektron
bog‘lamlardan
materiallarning
termomustahkamligini
oshirish,
eritgichlarsiz
bo‘yash,
lahzalik
polimerizatsiyalash, oqova suvlarni dezinfektsiyalash va h.k. uchun foydalaniladi.
Lazerli texnologiyalardan detallarni payvandlash, kesish, issiqlikka bardoshliligini
oshirish, detallarni mustahkamlash, qoplash, kontaktsiz nazorat va h.k.
uchun
foydalaniladi.
Oltinchidan, eng yangi texnologiyalar uchun harakatlanuvchi mexanik
agregatlarga ega bo‘lgan har xil mashinalardan unifikatsiyalangan apparatlarga,
materiallarni kesishda universal vositachi sifatida elektrdan foydalanishga o‘tish
bilan bog‘liq bo‘lgan yuqori universallik xosdir.
Yettinchidan, yangi texnologiyalar tarmoqlararo tavsifga ega.
Chunonchi,
metallurgiyada
va
mashinasozlikda
plastik
deformatsiyalash,
prokatdan
254
tayyorlangan shesternyalar, o‘qlar, vallar,sharlar, vtulkalar, roliklar, sverlolar,
vintlar va boshqa metizlarni qattiq shtampovkalashdan foydalaniladi.
10.1-jadval
Dostları ilə paylaş: