O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org
Texnologiyalarni tasniflash. 156
Tasniflash belgilari
Texnologiya turlari 1.Qo‘llanish sohasi
Fan va ta‘lim, informatika, sanoat, xizmat ko‘rsatish
sohasi, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va h.k.
2.Yangilik darajasi
Dunyo bo‘yicha original (pionerlik), ixtirolar
asosida, tashkilot uchun original, nou-xau asosida.
3.Rivojlanish dinamikasi
Ko‘payib boruvchi, rivojlanuvchi, tarkib topgan,
eskirgan
4. Texnologiyaning qo‘llanish
sohasi.
Boshqaruv (asosiy, yordamchi xizmat
ko‘rsatuvchilar), ishlab chiqarish (o‘shalar kabi).
5.Bajaradigan vazifasining
maqsadi.
Yaratuvchilik, vayronkorlik, ikkilik vazifa.
6.Resurslarga munosabati
Fan sig‘imli, kapital sig‘imli, energiya sig‘imli,
chiqitsiz, energiya-tejamkor, resurstejamkor.
7.Avtomatlashtirilganlik darajasi
Qo‘l mehnati, mexanizatsiyalashtirilgan,
avtomatlashtirilgan, avtomatik, odamlar ishtirokisiz.
8.Raqobatbardoshlik
Raqobatbardosh (aniq mamlakatlarda) va
noraqobatbardosh.
Fan-texnika inqilobining eng ommalashgan sanoat texnologiyasi-planar
texnologiyadir. Uning yordamida integral sxemalar tarkibidagi mantiqiy va xotira
qurilmalari- optik, magnitli, akustik, qattiq jismli qurilmalar uchun ko‘plab
tranzistorlar va datchiklar ishlab chiqariladi. Fizik – kimyoviy jarayonlar
(fotolitografiya, plyonkalarni hosil qilish va h.k.) mexanik usulda ishlov berishning
o‘rnini bosmoqda. Bu bir tekislikda minglab va o‘n minglab shunga o‘xshash
priborlarni shakllantirish, EHM yordamida loyihalashtirish, keyin esa eng
murakkab tuzilishga ega bo‘lgan mikroprotsessorlar va boshqa mahsulotlarni
yaratish imkonini beradi. Yangi texnologiyalar uskuna va mahsulotlarga nisbatan
sekinroq eskiradi va uzoq muddat progressiv bo‘lib qolaveradi. Shuning uchun
ularga qilingan investitsiyalar tezroq qoplanadi.Texnologiyalarning tasnifi 10.1-
jadvalda keltirilgan.
156
Yo‘ldoshev N.Q. va boshqalar. ―Innovatsion menejment‖. Darslik. T:.TDIU, 2012.
255
Innovatsiyalarni kodlashtirishga o‘xshash holda texnologiyalarni ham
kodlashtirish mumkin, bu ularning hisobini yuritish, qidirish,identifikatsiyalash va
patentlash jarayonlarini avtomatlashtirish imkonini beradi.