273
Xodimlarni boshqarishning an'anaviy xizmatlari ơz xususiyatlari va ajralib
turuvchi qirralariga ga innovatsion tashkilotlarda ishlashga mơljallangan. Bu holat
butun xodimlar boshqaruvi tizimini qayta tashkil tishni talab qiladi, aytish joizki,
innovatsion tashkilotda xodimlarni boshqarish innovatsion yondashuvlarni talab
etadi. Binobarin, aynan innovatsion korxonalarda tezkorlikda ơzgaruvchi
innovatsion tizimda ishlash uslubidan yaxshi xabardor bơlgan, nizolar va
stresslarni boshqarish maslasini hal eta oluchi, mehnat motivasiyasi boshqarish,
ishchining moslashuvini boshqarish, guruhiy va shaxslar aro tartiblashtirish qobili
tiga ega mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda.
Yuqorida aytilganlarga yakun yasagan holda quyidagi xulosaga kelish
mumkin.Innovatsion korxona – bu shunday tashkilotki, uning asosida
boshqaruvning matritsali tashkiliy tuzilmasi yotadi, uning faoliyati raqobatbardosh
tovar va xizmatlarga bo‘lgan iste‘molchilik talabini qondira oladigan yangi
mahsulotni yaratish maqsadida ommaviy ishlab chiqarishda innovatsion ilmiy va
intellektual salohiyatdan foydalanish orqali nou-xaularni ishlab chiqish va joriy
etishga yo‘naltirilgan.
Shunday qilib, innovatsion tashkilotda xodimlarni boshqarish qator
farqlanuvchi xususiyatlarga ega. Ularga rahbarlikning alohida tipini va kadrlarni
tanlash tizimini, kasbiy va ijodiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan yuksak malakali
xodimlarga yo‘naltirilganlik, an‘anaviy tashkilotlarda kam uchraydigan o‘ziga xos
toifali ishlovchilar, norasmiy guruhlar va xodimlarni motivatsiyalash alohida
ahamiyat kasb etadigan innovatsion korporativ madaniyat, alohida olingan
xodimning sifatlariga qo‘yiladigan yuksak talablarni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: