280
Xodimlarni muntazam va loyihaviy faoliyatga motivatsiyalash qarama-
qarshilik xususiyatiga ega. Bir tomondan loyihaviy faoliyat xodimni muntazam
vazifalardan ajratib qo‘yadi. Ikkinchi tomondan muntazam vazifalar bir xilligi
bilan zeriktirib qo‘yadi,loyihaviy faoliyat esa
vakolatlarni rivojlantirish,
kengaytirish, nostandart vazifalarni hal qilish hududlarini ochib beradi.
Xodim bir necha pozitsiyalarni saqlab turishi lozim. U vaziyatni kengroq
ko‘rib chiqish, unda o‘zining funksional roli bilan bog‘liq bo‘lmagan tomonlarni
ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo bunda manfaatlar to‘qnashuvi yuz beradi.
Masalan, tijorat bo‘limining yangi tovarni ilgari surayotgan mutaxassis sifatida u
mahsulotning bozorga chiqish muddatlarini maksimal
darajada qisqartirishdan
manfaatdor bo‘lishi mumkin, lekin ushbu mahsulotni ishlab chiqish bo‘yicha
loyihaviy guruhning a‘zosi sifatida u mahsulotning hali «xom» ligini, unga hali
yana ishlov berish zarurligini tushunishi mumkin. Manfaatlar o‘rtasidagi nizolar
bir vaqtning o‘zida bir nechta loyihada yoki foydali
va foydasiz loyihalarda
qatnashishda kuchayib boradi.
Xodim o‘zi uchun yangi bo‘lgan jamoaga kirib boradi. U qisqa muddat ichida
yangi odamlar bilan tanishishi, tegishli aloqalar o‘rnatishi, o‘zaro bir-birlarini
tushunishga erishishi va ko‘p hollarda yuqori darajada bir-biri bilan bog‘liq
bo‘lgan yangi faoliyat tizimiga kirib o‘rnashishi lozim.
Loyihaviy faoliyatda belgilab qo‘yilgan aniq doiralar xodimning o‘z-o‘zini
baholashiga kuchli ta‘sir o‘tkazuvchi shart-sharoitlarni yaratadi.
Ijtimoiy boshqaruv - bu yahlit tizim sifatida jamiyatning
elementlariga uni
qulay tashkil etilgan amal qilishi va rivojlanishi uchun maqsadga yo'naltirilgan
yoki tabiiy ta"sirning teskari aloqasi tamoyiligi asoslangan. Boshqaruvni tizimning
nafaqat amaliy holatini saqlash va qo'llab-quvvatlash, balki rivojlantirish
maqsadida zarurdir.
Ijtimoiy hamkorlikning asosiy tamoyillari quyidagi rasmda kơrsatilgan.
Tashkilotda gorizontal aloqalarning rivojlanishi va o‘zgarishi ro‘y beradi,
kommunikatsiyaning yangi rasmiy va norasmiy oqimlari vujudga keltiriladi.
281
Xodim (mutaxassis) ning bir nechta guruhlar bilan ikkilik yoki ko‘plikdagi
ayniyligi yuzaga keladi.
Rasm 11.2Ijtimoiy hamkorlik tamoyillari
11.2-rasm.
Dostları ilə paylaş: