294
chiqaruvchi va iste‘molchi o‘rtasidagi doimiy aks aloqaga asoslangan. Tadbirkor
iste‘molchini uning atrofidagi xilma-xil muhit, xatti-harakatlari,
istaklari, anglab
yetilmagan salohiyatli ehtiyojlari bilan birgalikda ko‘ra olishi kerak.
Nafaqat mahsulotning turli tuman navlarini ishlab chiqarish, balki bir vaqtda
harakatlarni yangilarini o‘rnini almashtiruvchi va siqib chiqaruvchi
modifikatsiyalarni tezroq ilgari surish mAqsadida o‘z mahsulotini muddatidan
oldin mahalliy eskirishi taktikasini yaratishga jamlanishi kerak.
Yangilikka talabga munosabatga ega makroiqtisodiy omillar, shu jumladan
aholi, uni o‘sish sur‘atlari, aholi jon boshiga daromad va iste‘mol, iste‘mol
narxlarining indeksi, ―iste‘mol savatchasi‖, inflyatsiya sur‘atlari umumiqtisodiy
tahlilga imkon beradilar. Bundan tashqari bunga
yuridik va institutsional
sharoitlarni o‘rganish, hamda bunday mahsulotning import iva eksporti,
kvotalashtirish, standartlar bo‘yicha cheklashlar, majburiyatlar, soliqlar va
subsidiyalar bilan bog‘liq qonunchilik amaliyoti ham kiradi. Bunga bunday
mahsulotni milliy ishlab chiqarishning mavjud darajasi, importning mavjudligi va
imkoniyati, eksportning mavjud darajasi importning o‘rnini
bosuvchi mahsulotni
ishlab chiqarish va to‘ldiruvchi yangiliklar haqidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish
zarur.
Iqtisodiy holatning tahlili, hammadan avval, umumholatli tendensiyalar va
holatni tashkil qiluvchi omillar (HTO) ni tadqiqot qilish bilan bog‘langan.
Iqtisodiy holat bu qayta ishlab chiqarishning omillari va sharoitlarning bozorda
namoyon bo‘lishi va ularning tashqi va ichki muhit bilan o‘zaro
aloqasining
shaklidir. Shundan kelib chiqqan holda, HTO holatini o‘zgarishi dinamikasi, uning
yo‘nalishi va rivojlanishi sur‘atlarini belgilab beruvchi, harakatga keltiruvchi
kuchdir. Bu omillarga ham makrota‘sirni bu ham ta‘sirning aniq sohasini kiritish
mumkin, masalan, muhim makroomillarga davriy iqtisodiy jarayonlar,
xususiylashtirish, soliqlar, byudjet, sotsial ta‘minot, amortizatsion ajratmalar
tizimi, texnika va texnologiyalar sohasidagi davlat siyosati elementlari kiradi.
Ularni bozor jarayonining har xil tomonlariga tegishli bo‘lganlar (talab, taklif,
narx omillari) ga, kelib chiqishi bo‘yicha (iqtisodiy, siyosiy, sotsial,
ilmiy-texnik
295
va h.k.), ta‘sir qilish yo‘naltirilganligining boshqarilishi, oldindan aytilgan
bo‘lishligi bo‘yicha bo‘ladilar.
Holatni tashkil qiluvchi omillar uzoq vaqtli (o‘n yilgacha) o‘rta muddatli
(uch- besh yil) va qisqa muddatli, hamda davriy, davriy bo‘lmagan,
mavsumiy
bo‘lishlari mumkin. Ayniqsa, tovar bozorining holatini ajaratish kerak.
Holatni tadqiqotlar asosida bozorni tadqiqot qilishning tizimi qo‘riladi, uning
asosiy bloklari 12.3-rasmda chizmali ravishda ko‘rsatilgan. Bozorni tadqiqot
qilish bozorning mavjud sig‘imini, uning firmali tuzilmasini, segmentlarga
bo‘linishini, foyda me‘yori dinamikasi va yangilikka o‘xshash mahsulotlarni
sotilishi hajmini faol baholashga asomlangan.
Marketing strategiyasi uchinchi bosqichining asosiy jihati yangilikka
iste‘molchining javobini batafsil o‘rganishga asoslangan
yangi tovarga talabni
tadqiqot qilish va bashoratlashdlan iboratdir.
Innovatsion marketingning qoidalariga muvofiq yangi tovarni qabul qilish
quyidagi bosqichlardan tashkil topadi:
12.3.-rasm.
Dostları ilə paylaş: