274
lavozimni egallab turganligi va unga boshqaruv qarorlarini qabul qilish vakolatlari
berilganligini bildiradi. Quyidagilarni menejerlar deb atash mumkin:
-ijrochilar ijodiy guruhlarining rahbarlari;
-IK laboratoriyalari, bo‘lim va funksional xizmatlarning boshliqlari;
-ishlab chiqarish bo‘linmalarining rahbarlari;
-har xil bo‘linmalar va tashqi sheriklarning faoliyatini muvofiqlashtiruvchi
ma‘murlar;
-IKning, butun firmaning rahbarlari.
Boshqaruv obyekti asosida innovatsion jarayonlarning o‘ziga xosliklari ushbu
sohadagi menejerlar mehnatining alohida xususiyatlarini va ularga qo‘yiladigan
talablarni belgilab beradi.
Menejerning mehnati yuksak ijodiy tavsif kasb etadi,
har tomonlama
bilimlarni talab qiladi, shaxslarning analitik faoliyatga moyilligini, muayyan
vaqtda aniq muammolarda fikrlarni jamlay olish mahoratini ko‘zda tutadi. Menejer
mehnatining asosiy predmeti ilmiy-texnikaviy va boshqaruv
axborotlaridan iborat
bo‘lgani tufayli uning samarali ishlashining majburiy sharti innovatsiyalarni
boshqarishdagi zamonaviy axborot texnologiyalarini bilish va ulardan foydalanish
mahorati hisoblanadi.
IK menejerining kasbiy bilimdonligiga qo‘yiladigan talablarning uch xil
toifasini ajratib ko‘rsatish mumkin:
-boshqaruvning nazariy sohasidagi bilimlar va amaliyot borasidagi
ko‘nikmalar;
-kommunikabellik va odamlar
bilan ishlash mahorati;
-IK ixtisoslashtirilgan sohadagi bilimdonlik.
Birinchi toifaga tegishli talablar menejerda boshqaruv nazariyasi sohasida
maxsus tayyorgarlikning, zamonaviy makro va mikroiqtisodiyot asoslarini va
boshqaruv qarorlarini qabul qilishning
umumiy nazariyasini bilish, qarorlarni
optimallashtirish uchun iqtisodiy-matematik uslublarni qo‘llay olish, PEHM da
lokal va tarmoqli variantlarda ishlash ko‘nikmalarining mavjud bo‘lishini taqozo
etadi. Menejment sohasidagi zarur nazariy bilimlar maxsus kasbiy ta‘lim tizimida
275
egallanadi. Menejmentning zamonaviy nazariya va amaliyotining rivojlanishi
dinamik tavsifini inobatga olgan holda innovatsiyalar bo‘yicha menejerning shart
bo‘lgan fazilati doimiy ravishda o‘qishga va malakasini oshirishga moyilligi
bo‘lishi kerak.
Ikkinchi toifa. Kommunikabellik va odamlar bilan ishlash borasidagi talablar
menejerning IKdagi kommunikatsiyalar tizimida bog‘lovchilik vazifasidan kelib
chiqadi. Har qanday boshqaruv vaziyatini tahlil qilish
uchun menejerga qoida
bo‘yicha yuqorida turuvchi rahbarlar, IK bo‘linmalaridagi hamkasblar, ishchi
jamoa (guruhlar, bo‘linmalar yoki IK) hamda alohida bo‘ysunuvchi xodimlar kabi
tizim subyektlari o‘rtasidagi kommunikatsiyalar talab qilinadi. Menejer boshqaruv
vaziyatidagi har bir subyektni xolisona bilishi, innovatsion faoliyatning maqsadiga
erishish uchun unga adekvat (uning ish uslubi va motivlariga mos holda) reaksiya
qilishi (munosabat bildirishi) hamda optimal ta‘sir o‘tkazishi lozim.
Kommunikabellik ko‘proq odamning individual xususiyatlariga bog‘liq bo‘ladi,
shuning uchun menejerning IK da xodimlarni
boshqaruv tizimida kasbiy
yaroqlilikka va malaka darajasiga test sinovlaridan o‘tkazish tizimlarida ko‘proq
foydalaniladi.
Uchinchi toifa. IK ning ixtisoslashuv sohasida menejerning bilimdonligi bilan
bog‘liq talablar innovatsion jarayonlar texnologiyasi, amalga oshirilayotgan
innovatsiyalarning nazariy va amaliy jihatlari, uning fizik jarayonlarining o‘ziga
xos xususiyatlariga tegishli masalalar borasida
maxsus bilimlarning mavjud
bo‘lishini ko‘zda tutadi. Kasbiy bilimlarni to‘ldirib borish rahbar xodimlarni qayta
tayyorlash va malakasini oshirish tizimlarida amalga oshiriladi.
Ijtimoiy boshqaruvning texnik-tashkiliy tomoni muvaffaqiyat mezonlarini
ishlab chiqish, operativ boshqaruvning zarur texnologiya va tadbirlarini tanlashdan
iborat. Loyihaviy ―jamoa‖ni shakllantirish tadbirlari va ijtimoiy boshqaruvga
yangilik kiritish muvaffaqiyatining muhim sharti hisoblanadi.