Texnologik inkubator (lot. Inkubare jo‗jalarni ochib chiqarish) korxona
(bo‗lim, laboratoriya)ning ilg‗or texnologiyalarni ishlab chiqish bilan
shug‗ullanuvchi tarkibiy bo‗linmasi.
Tranzitli (lot. transitis- o‗tish) iqtisodiyot o‗tish davri iqtisodiyoti.
Tranizmlar (grek. tropos)- qaytarish, yo‗nalish.
Fonomenologik (grek. phoimenon - bo‗lgan) model- bashoratlash uchun
foydalanish mumkin bo‗lgan kuzatilayotgan hodisalar majmuasini qamrab
oluvchi model. Bunda bu hodisaning asosida yotgan sabablarni izohlash yoki
ularni umumiy qonunlar bilan bog‗lash maqsadi qo‗yilmaydi.
Fetish (ingl. Fetish- sanash, kumir) – xususiy modelni haddan tashqari
namoyon bo‗lishi, u bozorni tez qamrab oladi, cho‗qqiga yetadi va ham tez yo‗q
bo‗ladi.
Firma bloki – tovar belgisi va logotipni, hamda har xil izoh beruvchi
yozuvlar (mamlakat, pochtali manzili, telefon, teleks) va firmaning tijorat va
texnik malakasini aks ettiruvchi firma shiorini kompozitsiyaga birlashtimrilishi .
Firma stili – barcha reklama materiallarini moliyaviy grafik dizayni bazasida
berilishida xarakterni yaratuvchi badiiy usullarining majmuasi.
Fluktuatsiya (lot. fluctuation - tebranish) – tizimning katta sonini uning
o‗rtacha miqdori sonidan tasodifiy chetga chiqishini ta‘riflovchi miqdori.
Fronting – (ingl. Front – ... ga chiqish) – bozorni fronlashtirishning xuddi
o‗zi.
Bozorni frontlashtirish – boshqa xo‗jalik yurituvchi subyekt tomonidan
egallangan bozorni yoki xorijiy bozorni bosib olish bo‗yicha operatsiya.
Qadam – o‗yinning uning barcha ishtirokchilari bo‗ysunadigan partiyaga
tegishli bo‗lgan qoidalari va tadbirlari yig‗indisini bildiruvchi elementi.