Ilmiy (ilmiy-texnik) yo„nalish – fanning qandaydir sohasi rivojlanishining
muhim masalalarini hal qilishga qaratilgan yirik mustaqil ilmiy ish.
Foydali modelning yangiligi – foydali modelning patent qobiliyati
shartlaridan biri. Foydali model agar jidiy alomatlarning yig‗indisi texnika
darajasidan noma‘lum bo‗lsa yangi bo‗ladi.
To„g„ri chiziqli bo„lmagan dinamika – sinergetikaning xuddi o‗zi.
Novatsiya – (lot. novation –o‗zgarish, yangilanish) oldin bo‗lmagan qandaydir
yangilik. Fuqarolik huquqi bo‗yicha novatsiya tomonlarning ular tomonidan
tuzilgan katta majburiyatni boshqa majdburiyat bilan almashtirilishi haqidagi
bitimini bildiradi.
Yangilik kiritish – innovatsiyaning xuddi o‗zi.
Muloqot – ma‘noli mazmunga ega xabarni bir shaxsdan boshqasiga
uzatilishi jarayoni.
Ontologik yondashish (grek. onlontos - quruq) – ilmiy-texnik va moliyaviy
rivojlanish jarayonlari o‗zini o‗zi rivojlantiruvchi, ya‘ni ichidan boshqariluvchi
sifatida izohlanadigan nuqtai nazar.
Kashfiyot – oldin noma‘lum bo‗lgan ma‘lumotlarni olish yoki oldin
noma‘lum bo‗lgan tabiiy hodisalarni kuzatish jarayoni.
Pablik releyshnz (ing. public rlations ) – ommaviy axborotning barcha
vositalari (matbuot, radio, televideniye, Internet va boshqalar)ni keng jalb qilishga
ega reklama ishi shaklidan iborat mahsulot yoki innovatsiya sotuvchisi haqidagi
ijobiy jamoa fikrini shakllantirish bo‗yicha faoliyat.
Paradigma (grek. paradigma – misol, namuna) – farazlar, konsepsiyalar,
gipotezalar, modellar, nazariyalarning soddalashtirilgan majmuasi.
Partiya – o‗yinni aniq amalga oshirilishini bildiruvchi o‗yinning elementi,
belgilangan natijaga olib keluvchi qoidalarni amaliy qo‗llanishi.