403
Davlatning innovatsion siyosati
– davlatning ishlab chiqarishga
mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarish va shu asosda mamlakat tovarlarini
sotish bozorlarini knga ytirish maqsadida ta‘sir ko‗rsatish shakllari, usullari va
yo‗nalishlari yig‗indisi.
Innovatsion dastur
– resurslar, ijrochilar va ularni amalga oshirish
muddatlari bo‗yicha kelishilgan va tubdan yangi mahsulotlar texnologiyalarni
o‗zlashtirish va tarqatish bo‗yicha masalalarni samarali hal qilinishini ta‘minovchi
innovatsion loyihalar va tadbirlarning majmuasi.
Innovatsion spiral
(lot. spira – burilish, qaytarish qayerdadir)- insoniyatni
tug‗ilishi tongidagi qandaydir boshlang‗ich nuqtadan doimiy ravishda tezlashib
boruvchi o‗ramlarni qiluvchi egri chiziq, ular vaqtda doimiy ravishda tezlashib
boradilar.
Innovatsion muhit
– innovatsiyalarni yaratilishi, amalga oshirilishi va ilgari
surilishini o‗rab turuvchi holat.
Innovatsion soha
– innovatsion mahsulotlar (ishlar, xizmatlar) ni ishlab
chiqaruvchilar va iste‘molchilarni, o‗z ichiga innovatsiyalarni yaratish va
tarqatishni oluvchi faoliyat sohasidir.
Innovatsion kontur
(tashqi ko‗rinishi) – milliy xo‗jaliklarni jahon
iqtisodiyotiga integratsiyalariga ko‗maklashuvchi yangi texnologiyalarni yaratish
va o‗zlashtirish sohasi. Bu texnologiyalarga informatika, sog‗liqni saqlash, atrof-
muhitni muhofaza qilish va boshqalar kiradilar.
Dostları ilə paylaş: