404
Innovatsion
xatar
– sarmoyalarni yangi mahsulotlar va yangi
texnologiyalarni amlga oshirishga juda katta (odatda kapital kiritmalarga nisbatan
1000 %dan ko‗proq) foyda olish niyatida va bu operatsiyalar, mahsulotlar,
texnologiyalarni amalga oshirishning juda qisqa (1 oydan ko‗p bo‗lmagan)
muddatga ixtiyoriy kiritish bilan bog‗liq xatar.
Innovatsiya
(ing. Innovation – yangilik kiritish, aynan ―innovatsiyaga
investitsiyaga kiritish‖ni bildiradi) – bozorda sotilayotgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda foydalaniladigan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon ko‗rinishida amalga oshirilgan innovatsion
faoliyatning yakuniy natijasi.
Insayt
– ba‘zi bir muammoni hal qilinishini anglash, subyektiv ravishda
insaytni tasodifiy anglab yetish, erishish sifatida boshdan kechiradilar.
Intuitsiya
(lot. Intuyery – diqqat, e‘tibor bilan qarash) – bevosita, xuddi
tasodifiydan mantiqiy o‗ylab ko‗rmasdan muammoning to‗g‗ri yechimini topish
qobiliyati.
Axborot mahsuloti
– saqlash, qayta ishlash va uzatish obyekti bo‗lgan
ma‘lumotlarning materiallashtirilgan shakli.
Interatsiya
– (lot. Interatio - takrorlash)- o‗xshashlar, seriyasida qandaydir
matematik operatsiyalarni qo‗llanishi oluvchi natija.
Kvazimodel
– (lot. quasi- go‗yo, shekilli) – metaforalar yoki o‗xshashlari
yordamida olingan bashoratlarga qaraganda aniqroq, ammo modellar asosidagi
bashoratlarga qaraganda kamroq aniq bo‗lgan bashoratlarni olishga imkon
beruvchi bir qator qonuniyatlar.
Dostları ilə paylaş: