Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment


Investitsion loyihaning biznes rejasi



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə85/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

7.5.Investitsion loyihaning biznes rejasi 
Investitsion siyosat doirasida har xil tadbirlarning tarkibi va amalga oshirish
muddatlarini belgilash va ularni moliyaviy resurslar bilan ta‘minlash uchun
korxonalar investitsion loyihalarning biznes rejalarini ishlab chiqadilar, ular
ekspertiza o‘tkazilgandan keyin ularning direksiyalari tomonidan tasdiqlanadilar va
―amaliy faoliyat‖ uchun dastur amal bo‘lib xizmat qiladilar.
Biznes-reja yangi biznes qanday tashkil etilishi, marketing, menejmentni,
joriy etish qanday amalga oshirilishini, risk va tahdidlar qanday bo'lishi,
moliyalashtirish va qo'shimcha resurslarni qay tarzda olishni ko'rsatish uchun hal
qiluvchi qarorga ega. yangi mahsulotni amalga oshirish, turli stsenariylarni
topishga urinish qiyofasini yaratish juda muhim. Biznes-rejani tuzishda mahsulot
ishlab chiqarish, marketing va maqsadli guruhlari muhim jihat hisoblanadi.
Bozorga yangi mahsulot bilan chiqishga tayyorlanishda risk va tahdidlar qanday,
degan savolga javob berish zarur?
114
Biznes – reja sanoati rivojlangan mamlakatlar uchun standartli hujjatdan
iborat, unda haqiqiy investitsion loyihaning konsepsiyasi asoslangan va uning
asosiy parametrlari keltirilgan. Bu hujjat qayd etilgan ko‘rinishidagi axborotlarga
114
Innovation management [Elektronski vir] / authors Borut Likar ... [et al.] ; editor Borut Likar, co-editors Peter
Fatur, Urška Mrgole ; translation Arslingue K. Žontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana : Korona plus -
Institute for Innovation and Technology, 2013 –P. 132.



192
ega va uni foydalanuvchilarga vaqtda va masofada topshirish uchun maxsus


mo‘ljallangan o‘ziga xos dasturiy mahsulotdan iboratdir.
Biznes - reja investitsion loyihaning barcha manfaatdor ishtirokchilari:
bo‘lajak sarmoyadorlar va kreditorlar, ekspertlar, mahalliy ma‘muriyatga va h.k
ishga doir axborotlarni yetkazib berish uchun mo‘ljallangan. Biznes - rejani hujjat
sifatida tushunish ham unda mavjud bo‘lgan axborotlarning aniqligi bilan bog‘liq,
bu ma‘sul shaxslarning tegishli yozuvi bilan tasdiqlanadi. Hammadan avval biznes
- rejadan yangi mahsulotni yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish yoki texnik
qayta jihozlash yoki amaldagi ishlab chiqarishni qayta qurish asosida uni ishlab
chiqarishni ko‘paytirish vositasida ishlab chiqarishni amalga oshirish uchun
moliyalashtirishning tashqi manbalarini safarbar qilish bilan bog‘liq uzoq muddatli
investitsion qarorlarni asoslash uchun foydalaniladi.
Asosiysi bu yerda shundan iboratki, biznes - rejada barcha hollarda
investitsiyalarning haqiqiy aktivlar – binolar, inshootlar, mashinalar va
uskunalardagi asoslanishi beriladi. Uni ishlab chiqishda majmuaviylik va tizimlik
tamoyilariga amal qilinadi. Majmuaviylik biznes - rejada mavjud bo‘lgan
axborotlar (iqtisodiy, texnik, marketing, haqiqiy, moliyaviy va boshqalar)ning
to‘liqligini bildiradi. Tizimlilik belgilangan sxema (loyihani bayon qilinishining
ichki mantiqi va uni bo‘lajak sarmoyador tomonidan amalga oshirilishining
samaradorligini isbotlanishiga muvofiq qurilgan tizim) bo‘yicha bayon qilishni
ko‘zda tutadi. ―Biznes‖ so‘zi investitsion loyihani amalga oshiruvchi korxona
ishlab chiqrish - tijorat faoliyatining bozor muhitini hisobga olishni aks ettiradi.
Hozirgi zamon amaliyoti shundan darak beradiki, korxona haqiqiy
investitsiyalar kiritishni amalga oshirishi uchun quyidagi asosiy parametrlar haqida
aniq tasavvurga ega bo‘lishi kerak:
-o‘zining ishlab chiqarish va tijorat faoliyatining ko‘lami;
-o‘z loyihasining xomashyoli, texnik va xodimlar bilan ta‘minlanishi;
-kerakli kapital kiritmalarning hajmlari va ularni qaytarilishi muddatlari;
-loyihani amalga oshirish uchun jalb qilinadigan moliyaviy resurslar;
-ushbu loyiha bilan bog‘liq xatarlar va ulardan himoyalanish usullari.



193
Sanab o‘tilgan ko‘rsatkichlar bilan bir qatorda biznes - rejani ishlab chiqish


uchun loyihaning iqtisodiy muhiti haqidagi ma‘lumotlar katta ahamiyatga ega. Bu
ma‘lumotlar tarkibiga odatda quyidagilar kiritiladi:
-inflyatsiya umumiy indeksini bashoratli baholash va butun loyihani amalga
oshirish davridagi alohida mahsulotlar (xizmatlar) va resurslarga narxlarni mutloq
va nisbiy (inflyatsiyaning umumiy indeksiga nisbatan) o‘zgarishining bashorati;
-valyutaning almashtirish kursi va butun loyihani amalga oshirish davridagi
xorijiy valyutaning ichki inlyatsiyasi indeksini o‘zgarishining bashorati;
-soliqqa tortish tizimi haqidagi ma‘lumotlar.
Investitsion loyihalashtirishda korxonalar moliyaviy holatini baholashga
ehtiyoj quyidagi vaqtda vujudga keladi:
-loyihaviy materiallarda loyiha ishtirokchisining barqaror moliyaviy holati,
uning o‘ziga qabul qilgan moliyaviy majburiyatlarini bajarishga qodirligi;
-amaldagi korxonada amalga oshiriladigan loyihaning samaradorligini
baholash. Ushbu holda tahlil, loyihani amalga oshirilishi korxona moliyaviy
holatini yomonlashtirmaslikkka ishonch hosil qilish uchun, umuman korxona
bo‘yicha o‘tkaziladi.
Bunday baholash o‘tgan davr uchun buxgalteriya hisoboti ma‘lumotlari
bo‘yicha standartli moliyaviy koeffitsiyentlar - likvidlik, to‘lov qobiliyati,
aktivlarni aylanuvchanligi va aktivlar, shaxsiy sarmoyalar va stoish hajmlarining
rentabelligi yordamida amalga oshiriladi. Bunday tahlilning metodikasi maxsus
moliyaviy adabiyotlarda bayon qilingan.
Korxona moliya – iqtisodiy holatini tahlil qilish natijalari bo‘yicha boshqa
sarmoyadorlar (kredit beruvchi banklar, lizingga beruvchilar, davlat boshqaruvchi
idoralari va h.k) loyihada ishtirok etish yoki loyiha tashabbuskorini moliyaviy
qo‘llab quvvatlash haqida qaror qabul qiladilar.
Korxonaning moliyaviy holatini baholashda yana uning kreditli tarixi ham
hisobga olinadi. Agar loyiha Aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yangi yuridik
shaxsini tashkil qilishni ko‘zda tutsa, unda uning Aksiyadorlari va mo‘ljallangan
aksiyadorlik sarmoyasining miqdori haqidagi dastlabki axborotlar zarur.



194
Biznes - rejani ishlab chiqish va bayon qilinishiga yondashishlar investitsion


loyihalarning xarakteridan kelib chiqqan holda tabaqalashtiriladi. Kapital
kiritmalarning katta hajmini talab qiluvchi loyihalar, hamda tubdan yangi
mahsulotlarni ishlab chiqarish va bozorga chiqarish bilan bog‘liq loyihalar uchun
uni mukammal rejasi tuziladi.
Kichikroq loyihalar uchun bu hujjatning qisqacha variantini (10-15 bet) ishlab
chiqish yetarlidir.
Ishga doir amaliyotda ushbu hujjatga belgilangan talablar vujudga kelgan,
ularga rioya qilish uni qo‘llashga ko‘rgazmasi qulay qiladi. Bunday talablarga
quyidagilarni kiritish mumkin:
-yo‘naltirilganlik, chunki biznes – reja investitsion loyihani amalga
oshirishning yakuniy maqsadini aks Ettirishi kerak;
-ko‘p vazifaviy belgilanish, chunki uning axborotlaridan manfaatdor
shaxslarning har xil kategoriyalari foydalanishlari mumkin;
-axborot materiali (matn, hisob - kitoblar, rasmlar va jadvallar) ni bayon
qilishning qisqaligi va mantiqiyligi;
-ushbu hujjatda keltirilgan axborotlarning ishonchliligi, chunki uning barcha
qoidalari va xulosalari loyiha tashabbuskorining shaxsiy tadqiqotlari va tashqi
axborotli manbalarga asoslanishi kerak;
-materialni bayon qilinishining qat‘iy izchilligi, u umumiy qabul qilingan
bo‘ladi va quyida alohida bo‘limlar shaklida berilgan, ulardan har biri investitsion
loyihaning har xil jihatlarini ta‘riflaydilar.
Investitsion loyihaning biznes-rejasi quyidagi taxminiy tuzilmaga ega bo‘lishi
kerak;
-titul varag‘i;
-kirish qismi (rezyume);
-korxona kirgan soha holatining obzori;
-ishlab chiqarish rejasi (mahsulot, xizmatlar va boshqalar);
-bozorning tahlili va marketing rejasi;
-tashkiliy reja;



195
-xatarni baholash va investitsiyalarni sug‘urtalash;


-moliyaviy reja;
-moliyalashtirishning strategiyasi;
-loyihani amalga oshirishini borishida amalga oshirilgan xarajatlarning
iqtisodiy samaradorligini baholanishi;
-ilova.
Moliyaviy reja biznes - rejaning asosiy bo‘limlaridan biri bo‘ladi. Uni ishlab
chiqishga ayniqsa sinchiklab yondashish kerak, chunki u sarmoyadorni
qiziqtirayotgan asosiy savolga: investitsiya qilinayotgan sarmoyani qaytarish
qachon va qanday shakllarda amalga oshiriladi? - javob qaytarishga yordam beradi.

7.5-rasm.



Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin