Toshkent moliya instituti g. Xamdamova, O. Astanakulov, A. Matchanov innovatsion menejment



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə81/200
tarix07.01.2024
ölçüsü1,22 Mb.
#205520
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   200
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta-maxsus ta‟lim vazirligi t-hozir.org

7.2.Investitsiya kiritish qoidalari 
Innovatsion loyihalarga investitsiya kiritishda investor hatto ilk bor va
minimal qo‘yilmalar bilan cheklangan investitsiyalarga qo‘l urar ekan, o‘z ishining
ustasi bo‘lgan investorlarning shaxsiy tajribasiga asoslanishi, ayrim investitsiya
qoidalariga rioya qilishi kerak. Shunda u investitsion vositalarga qo‘ygan
mablag‘larini yo‘qotmasligi, balki o‘z investitsiyalarini ko‘paytirishi mumkin.

7.3-rasm.


Innovatsion loyihaga investitsiyalar
106

106
Казанцев М. Основы инновационного менеджмента. Теория и практика. 2004 - C.373.


Diskontlangan pul 
mablag‟lari 
O‟tkazilgan kapitallar
Ishlab 
chiqarishga 
investitsiya 
4 bosqish
1 bosqish
2 bosqish
3 bosqish
ITIga
investitsiy
alar
Novatsiyalarni
bozorga
chiqarishdagi
investitsiyalar
Pul daromadlari 
So‘m
T



183
Innovatsion investitsiyalar bilan erishilgan natijalarni bir vaqtning o'zida


maqbullashtirilgan holda innovatsiyalarga xos bo'lgan xavf-xatarlarni boshqarish
innovatsiyalar portfelining maqsadi hisoblanadi. Madomiki, ushbu yondashuv
ushbu kompaniya raqobatlashayotgan aniq bozorlarga tatbiqan mazmunga ega
ekan, shuningdek u yoki bu tarmoqda ustunlik qiluvchi texnologiyaga bog'liq ekan,
har bir kompaniyaning innovatsiyalar portfeli albatta bir-biridan farq qiladi.
107
Investorlar uchun ahamiyatli bo‘lgan asosiy investitsiyalash qoidalari:
1.Muddatlarning moliyaviy muddatlar tamoyili (―oltin bank qoidasi‖)
deydiki: mablag‘larni olish va taqsimlash belgilangan muddatlarda sodir bo‘lishi
kerak, o‘zini o‘zi oqlashining uzoq muddatlariga ega kapital kiritmalarni uzoq
muddatli mablag‘lar (uzoq muddatli bank kreditlari va to‘lashning uzoq
muddatlariga ega obligatsiyali qarzlar) hisobiga moliyalashtirish maqsadga
muvofiqdir.
2.Xatarlarning
muvofiqlashtirilganlik
tamoyili
-
ayniqsa
xatarli
investitsiyalarni shaxsiy mablag‘lar (sof foyda va amortizatsion ajratmalar hisobiga
moliyalashtirish maqsadga) muvofiqdir. Ushbu holda korxona o‘zini o‘zi
moliyalashtirish tamoyiliga rioya qiladi va o‘zini qo‘shimcha qarzli majburiyatlar
bilan bog‘lamaydi.
3.Eng yuksak rentabellik qoidasi - sarmoyadorga eng katta daromadlilikka
erishishni ta‘minlovchi kapital kiritmalarni tanlashni tavsiya qiladi.
G‘arbiy iqtisodchi olimlarni hisoblashlariga kompaniyani foydani
ko‘paytirishga intilishi rahbariyatning aksiyadorlar boyligini ko‘paytirish istagiga
tengdir. Bu tasdiqni tushuntirib beramiz. Foydani ko‘paytirishga qarama qarshi
bo‘lgan maqsadlarning ko‘pchiligi haqiqatda ikkinchi darajali bo‘ladilar.
Aksiyadorlar kompaniyaning egasi sifatida boshqa maqsadlarga (masalan, raqobat
kurashidagi yetakchilikka) erishish uchun qanday narxni to‘lashlari kerakligini
bilishlari kerak. Bundan tashqari kompaniya direksiyasi aksiyadorlar oldida
hisobot beradilar. Agar rahbariyat faoliyati kiritilgan sarmoyalarga ularga ma‘qul
107
Managing Innovation Portfolios by Langdon Morris An InnovationLabs White Paper Version 3, February 2010
© InnovationLabs LLC 2010 –P.3.



184
foydani keltirmasi, ular almashtirilishlari mumkin, yoki firma yutib yuborish


obyekti bo‘ladi. Demak, foydani ko‘paytirish asosida investitsion qarorlarini qabul
qilish mezonlaridan kompaniya ishi samaradorligini baholash uchun (agar foydani
keyingi taqsimlanishidan abstraklanilsa) foydalanish mumkin. Bu juda muhimdir,
chunki hozirgi vaqtga qadar kompaniya samaradorligini o‘lchashning samaraliroq
usuli yoki Aksiyadorlar va umuman jamiyatning uzoq muddatli boyligini
ta‘minlovchi boshqa muqobil maqsadlar taklif qilinmagan.
4.Ushbu kapital kiritmadan sof foyda bank depozitiga pul mablag‘larini
joylashtirish miqdoridan oshib ketishi kerak.

5. Investitsiyalarning rentabelligi hamma vaqt inflyatsiyaning o‘rtacha yillik


sur‘atidan yuqori bo‘lishi kerak.
6.Vaqt omili (pullarning vaqtli qiymati)ni hisobga olishga aniq investitsion
loyihaning rentabelligi hamma vaqt muqobil loyihalar daromadliligidan yuqoridir.

7.
Korxona aktivlarining loyiha amalga oshirilgan keyingi rentabelliligi
ko‘payadi va har qanday holda ham bank foizining o‘rtacha stavkasidan oshib
ketadi:

bu yerda R


a
– aktivlarning rentabelliligi, %; SP – kredit bozoridagi bank
foizlarning o‘rtacha stavkasi.
8. Ko‘rib chiqilayotgan loyiha korxonaning tovar bozoridagi xulqining asosiy
strategiyasiga ishlab chiqarishning ratsional navli tuzilmasini shakllantirish,
investitsion xarajatlarni o‘zlarini o‘zlari oqlash muddatlari, ishlab chiqarish va
muammolar xarajatlarini qoplashning moliyaviy manbalarining mavjudligi va
daromadlarni loyihadan foydalanish davri davomida kelib tushishining
barqarorligini ta‘minlash nuqtai nazaridan mos kelishi kerak.
Haqiqiy loyihalarga investitsiyalar kiritish - vaqt bo‘yicha uzoq jarayondir.
Shuning uchun ularni baholashda quyidagilarni hisobga olish zarur:
-loyihalarning xatarligini - xarajatlarning o‘zini o‘zi oqlash muddati qanchalik
uzun bo‘lsa, investitsion xatar shunchalik yuqori;



185
-pullarning vaqtdagi qiymatini, chunki vaqt o‘tishi bilan pullar inflyatsiya


oqibatida o‘z qiymatini yo‘qotadilar;
-loyihaning sarmoyalar kiritishning muqobil variantlariga nisbatan xatarning
kichikroq darajasida daromadni ko‘payishi va kompaniya Aksiyalari kursi
qiymatini o‘sishi nuqtai nazaridagi o‘ziga jalb qila olishligini, chunki bu maqsad
sarmoyador uchun belgilab beruvchidir.
Sarmoyador, ko‘rsatib o‘tilgan qoidalardan amaliyotda foydalanib, o‘zining
strategik maqsadlariga javob beruvchi asoslangan qarorni qabul qilishi mumkin.
Amalda mavjud bo‘lgan hech bir investitsion vosita hatto eng yuqori
ishonchlilikka ega bo‘lgan va vaqtning sinovidan o‘tgan uzoq muddatli
superloyiha bo‘lsa ham foyda olishni to‘liq kafolatlay olmaydi.
Investitsiyalarni istiqbolli rivojlanayotgan kompaniyalarga kiriting. Turli xil
kompaniyalarning, muvaffaqiyatli treyderlar, mashhur fondlar va boshqalarning
o‘tmishdagi a‘lo natijalari kelajakda ham shunday muvaffaqiyatli investitsiyalash
natijalariga erishishini hech kim kafolatlay olmaydi. Bozorlarni va inqirozlarning
yuz berish davrini oldindan bashorat qilib bo‘lmaslik har qanday tizimning ilgarigi
muvaffaqiyatlarini yo‘qqa chiqarishi mumkin.

Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   200




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin